72
-
nikoh marosimi cherkovda, ruhoniy tomonidan amalga oshiriladi. Er-xotin
faqatgina xiyonat sababli ajrashishlari mumkin. Nikohni
faqat cherkov bekor qila
oladi;
- xristianlikning boshqa konfessiyalaridan farqli ravishda “qora” va “oq”
ruhoniylar farqlanadi. Jumladan, “qora” ruhoniylarda “stelibat”, ya’ni uylanmaslik
amaliyoti mavjud;
- tavba marosimida katoliklikdan farqli ravishda tavba qiluvchi va ruhoniy
yuzma-yuz o‘tiradilar.
Qolgan marosimlarda sezilarli farq kuzatilmaydi.
Pravoslavlikda ibodat asosan mahalliy tilda olib boriladi. Rojdestvo, Pasxa kabi
umumxristian bayramlari pravoslavlikning ham asosiy marosimlari hisoblanadi.
Cherkovlar bo‘linganidan so‘ng katoliklar tomonidan qabul qilingan aqidalarni
pravoslavlar xato, “Muqaddas yozuv” va “Muqaddas rivoyatlar”ga zid, deb
hisoblaydilar.
Shuningdek, cherkovlar bo‘linishidan so‘ng katoliklar tomonidan
qabul qilingan bayramlarni ham pravoslavlar nishonlamaydilar.
Pravoslavlar asosan quyidagi bayramlarni nishonlaydilar:
1. Iso tug‘ilgan kun (Rojdestvo Xristovo – dunyo pravoslavlarida 25 dekabr, Rus
pravoslav cherkovida 7 yanvar);
2. Isoning xatna qilinishi (Obrezanie Gospodne – 14 yanvar);
3. Isoning cho‘qintirilishi (Kreщenie Gospodne. Bogoyavlenie – 19 yanvar);
4. “Qadimgi Ahd” va “Yangi Ahd”lar birlashgan kun (Sretenie Gospodne – 15
fevral);
5. Ilohiy xushxabar (Blagoveщenie Presvyatoy Bogorodistы – 7 aprel);
6. Isoning Quddusga kirishi (Vxod Gospoden v Ierusalim – 24 aprel);
7. Pasxa (Pasxa Gospodnya. Svetloe Xristovo Voskresene – 1 may);
8. Isoning osmonga ko‘tarilib ketishi (Voznesenie Gospodne – 9 iyun);
9. Muqaddas uchlik yoki Pyatidesyatnista bayrami (Den
Svyatoy Troistы ili
Pyatidesyatnista - 19 iyun);
10. Yahyo payg‘ambarning tug‘ilgan kuni (Rojdestvo Ioanna Predtechi – 7
iyul);
11. Havoriylar Petr va Pavellar kuni (Den svyatыx pervoverxovnыx apostolov
Petra i Pavla – 12 iyul);
12. Iso Masihning Ermon tog‘ida nurlanishi bayrami (Preobrajenie Gospodne –
19 avgusta);
13. Bibi Maryamning vafoti (Uspenie Presvyatoy Bogorodistы – 28 avgust);
14. Yahyo payg‘ambar qatl etilgan kun (Useknovenie glavы Ioanna Predtechi –
11 sentyabr);
15. Bibi Maryamning tug‘ilgan kuni (Rojdestvo Presvyatoy Bogorodistы – 21
sentyabr);
16. Iso mixlangan xochni tiklash bayrami (Vozdvijenie Kresta Gospodnya – 27
sentyabr);
17. Bibi Maryamning 910 yilda Konstantinopol shahri qamali paytida
mo‘’jizaviy paydo bo‘lishi bayrami (Pokrov Presvyatoy Bogorodistы – 14 oktyabr);
73
18. Bibi Maryamning ota-onasi tomonidan ibodatxonada
xizmat qilish uchun
topshirilishi bayrami (Vvedenie vo xram Presvyatoy Bogorodistы – 4 dekabr).