65
bo‘yicha “Xanukka”, rimliklar hisobida esa “Saturnali”, Rim imperiyasida Mitra
xudosining tug‘ilgan kuni nishonlanadi. Xristianlikkacha bo‘lgan normalar
Xaloskorning g‘orda
tavallud topishi, uning bolaligi, o‘zga narsalar bilan
munosabati, Sulaymon (Salomon) haqidagi, Vifleem yulduzlari haqidagi apokriflar
hikoyalarida va xalq og‘zaki ijodida namoyon bo‘ladi. Qadimgi davrga oid qabr
toshlaridan birida shunga tegishli surat saqlanib qolgan.
Pravoslav yo‘nalishida Rojdestvo Pasxadan keyingi o‘rinda turuvchi muhim
bayram hisoblanadi, katolik yo‘nalishida esa yillik eng asosiy bayram sifatida
nishonlanadi. Pravoslavlikda Rojdestvo bayrami qirq kunlik Postdan avval
o‘tkaziladi. Maxsus va qat’iy tartib asosida, bu marosim osmonda birinchi yulduz
paydo bo‘lguncha bajariladi. Bu qoida “sochelnik” deb nomlanadi. V asrda Anatoliy
Konstantinopolskiy, VII asrda Andrey Ierusalimskiy, VIII asrda Ioann Damaskiylar
tarafidan bu bayramda ijro etiladigan Rojdestvo kuyi ham yaratilgan.
Agar Rojdestvo shanba yoki yakshanba kuniga to‘g‘ri
kelsa Ioann Zlotoust
yoki Buyuk Vasiliy liturgiyalari bajariladi. Rojdestvodan cho‘qintirishga qadar
bo‘lgan vaqt rus xalqi an’analariga ko‘ra “svyatka” deb ataladi. Ular bu vaqtda
yovuz kuchlar kezib yuradi deb hisoblaydilar.
Oddiy xalq e’tiqodiga ko‘ra, agar Rojdestvo kuni qor yog‘sa, yoki kun issiq
bo‘lsa, qirov bo‘lsa don mo‘l bo‘ladi. Osmon yulduzli bo‘lsa no‘xot mo‘l bo‘ladi.
Bo‘ron asal mo‘l bo‘lishini anglatadi. Rojdestvo agar 31 kunlik oylarga to‘g‘ri kelsa,
hosildorlik yaxshi bo‘lmaydi, deb hisoblanadi. Bundan tashqari Rojdestvo kuni
bichish-tikish ishlarini bajarish mumkin emas. Bu ish bajarilsa bolalar ko‘zi ojiz
tug‘ilishi mumkin, degan e’tiqod mavjud. Bukri bolalar tug‘ilmasligi uchun shu kuni
to‘quvchilik qilinmaydi. Ertalabki nonushtada suv ichilmaydi. Rojdestvo kuni nikoh
tuzilmaydi.
Xristian ta’limotiga ko‘ra, rojdestvo kuni uch mahal (quyosh chiqayotganda,
ertalab va kunduzi) ibodat qilinadi. Rojdestvo belgisi yashirin bo‘lib e’tiqodli
insonning qalbida bo‘ladi. XII asrdan boshlab katolik ibodatxonalarida Isoning
chaqaloq qiyofasidagi bolalar ibodati namoyish qilina boshlagan. Uning tug‘ilgan
kuni (ya’ni Rojdestvoda) insonlar uchun qutqaruvchi va abadiy hayot eshiklari
ochiladi, deb e’tiqod qilinadi.
Katoliklarda rojdestvo posti “advent” deb ataladi. U avliyo Andrey kunidan
keyingi birinchi yakshanbada – 30 noyabrda boshlanadi. Bayram yarim tundagi,
ertalabki va kunduzgi uch ibodat bilan nishonlanadi va Iso Masihning Ota-Xudoning
ko‘ksidan,
Bibi Maryamning qornidan, dindorning ko‘nglida ramziy ma’noda
tug‘ilishini anglatadi. O‘sha kuni ta’zim qilish uchun ehromlarda go‘dak Isoning
haykalchasi qo‘yilgan belanchaklar o‘rnatiladi.
Rojdestvo oilaviy bayram bo‘lib, bu kunda faqat maxsus taomlargina
dasturxonga tortiladi. Bular baliq, meva, sabzavotlar va shirinliklar. Osmonda
birinchi o‘nta yulduz paydo bo‘lganda ibodatxonalarda marosimlarni bajarishga
kirishadilar. Katoliklar uchun bajarishi shart bo‘lgan amallar: rojdestvoning birinchi
kuni dasturxonga go‘shtli mahsulotlar, cho‘chqa, kurka, baliq go‘shti tortiladi.
Dasturxon bu kunda qanchalik mo‘l bo‘lsa, kelgusi hayot shunchalik farovon
bo‘ladi, deb biladilar. Shuningdek, ushbu kunda hamma joyda sovg‘alar ulashiladi.
66
Cherkov tomonidan Isoning tug‘ilishini bayram qilish IV asrdan boshlangan.
Cherkov ta’limotiga ko‘ra, bu bayramni Xudo tomonidan Iso sharafiga bag‘ishlab
bayram qilish tavsiya etilgan.
Italiyada rojdestvo
kuni uylaridan eski kiyimlarni, narsalarni, buyumlarni
ko‘chaga irg‘itib yuboradilar, shu bayramda hattoki urushlar to‘xtatilgan. Ayrim
arazlashib yurgan kishilar yarashganlar, bemorlar holidan xabar olib, ularga
sovg‘alar berganlar. Iso insoniyatni gunohidan ozod qilish uchun o‘z
jonini fido
qilish, Er yuzida adolat o‘rnatish uchun tug‘ilgan deb tasavvur qilinadi va uning
tug‘ilgan kuni bayram qilinadi.
Pasxa. Yahudiylik va xristianlik dinlarida bir xil nomlanuvchi Pasxa –
xristianlarda, ayniqsa, katta tantana bilan o‘tadigan bayramdir. Pasxa (qad.
yahudiycha “Peysax” – o‘tmoq) – yahudiylar va xristianlarning bahor bayrami.
Qadimda ko‘chmanchi somiy qabilalari Pasxani chorva mollarining bahorgi
bolalash vaqtida bayram qilganlar. Bu qabilalarning o‘troqlashishi va dehqonchilik
bilan shug‘ullanishi natijasida Pasxa yig‘im-terim bayramiga aylangan.
Pasxa yahudiylarning yillik bayramlari ichida eng e’tiborlisidir. Bu bayram
xristianlarning Pasxasidan farqli o‘laroq, yahudiylarning Misrdagi Fir’avn
qulligidan ozodlikka chiqqanlari (taxminan mil. av. 8-asr) munosabati bilan
nishonlanadi. Yahudiylar Pasxasida keyinchalik messiyani kutish g‘oyasi ham o‘z
ifodasini topadi.
Tadqiqotchi A.Ranovich o‘zining “Qadimiy yahudiy dini tarixi qissalari”
(“Ocherki istorii drevneevreyskoy religii”) nomli kitobida bu bayramning kelib
chiqishi, uning nishonlanish sabablari haqida alohida to‘xtalib o‘tgan. Uning
fikricha, dastlab bu bayram chorvador-dehqonlar tomonidan,
keyinchalik esa
Bibliyaga ko‘ra, misrliklar qo‘lidagi qullikdan ozod bo‘lish sharafiga nishonlangan.
Mazkur bayram Rus Pravoslav cherkovida yana “Voskreshenie Iisusa Xrista”
deb ham nomlanadi. Katoliklar (G‘arbiy xristianlik)da pasxa 22 mart – 25 aprel
oralig‘ida, pravoslavlar (Sharqiy xristianlik)da 4 aprel – 8 may oralig‘ida
nishonlanadi. Bu bayramni nishonlanishining ham o‘z sababi bor. Yahudiylar
Pasxani Misrdagi qullikdan ozod bo‘lganliklari sharafiga bayram qilsalar, xristianlar
Iso Masihning qayta tirilganini nishonlaydilar.
Xristianlik ta’limotiga ko‘ra, bu Iso Masih o‘limining uchinchi kuni sodir
bo‘lgan. Ma’lumki, shanba yahudiylar uchun muqaddas kun hisoblanadi. Shanba
kuni hech qanday ish qilmaydilar, hatto, o‘lik ham ko‘milmaydi. Xristianlik
ta’limotiga ko‘ra, Iso Masih juma kuni kechqurun vafot etgan. Uni yakshanba kuni
dafn etmoqchi bo‘lishadi. Bir qancha ayollar Iso Masihning qabri oldiga ibodat
qilish uchun keladilar. Ular orasida Mariya Magdalena ismli ayol ham bor edi. U
tosh ustida ko‘rinishi
chaqmoqdek yorqin, kiyimi qordek oq farishtani ko‘radi.
Farishta ayollarga Iso Masihni qayta tirilgani haqida xabar beradi. Natijada bu xabar
tez orada hamma joyga tarqaydi. Mariya Magdalena Rim imperatori huzuriga
borganida unga qizil rangga bo‘yalgan tuxumni ko‘rsatadi va “Iso qayta tirildi”,
deydi. Shuning uchun xristianlar tuxumni barcha tug‘ilishlarning avvali, deb
67
hisoblaydilar. Shundan beri “Pasxa” bayramida tuxumni bo‘yab, bir-biriga taqdim
qilish odat tusiga kirgan.
Bu bayramning asosiy g‘oyasi shundaki, Iso Masih o‘limga rozi bo‘lish bilan
o‘z qavmini gunohlardan saqlab qolgan, deb e’tiqod qiladilar. Bu bayram etti kun
davom etadi. Yahudiy va xristianlarda Pasxa bayramini nishonlash vaqti bir haftaga
farq qiladi. Yahudiylar uni xristianlardan avval nishonlaydilar. Bu xristianlarning
xohishiga ko‘ra, Mazkur sana milodiy 325 yili Nikeya shahrida bo‘lib o‘tgan
birinchi butun olam saborida belgilangan.
Xristianlikda asosiy ibodatlar majmuasi
liturgiya deb nomlanadi. Liturgiya
(yunon. – ibodat) – pravoslavlikda ertalabki yoki tushki ibodat (obednya),
katoliklarda liturgiya messa deb ham ataladi. Unda non va vino totish marosimi
o‘tkaziladi. Liturgiya uch qismdan iborat. Birinchi qism –
proskomidiya deb ataladi.
Unda cherkov xizmatchisi non va vino totish marosimi uchun dindorlarga non va
vino tayyorlaydi. Ikkinchi qism – oshkor e’lon qilish (
oglashenie) deb nomlanadi.
Bunda cho‘qintirish oldidan xristian ta’limoti tanishtiriladi va xohlagan kishilar
ishtirok etishi mumkin. Uchinchi qism –
e’tiqodlilar liturgiyasi deb ataladi va u faqat
cho‘qintirilganlarga taalluqlidir. Liturgiya vaqtida turli marosimlar bajariladi
xudoga iltijolar qilinadi, diniy qo‘shiqlar kuylanadi, va’zlar aytiladi va h.k. Cherkov
liturgiyani “sir-asrorlar siri” deb atab uni faqat Iso Masihning o‘zi
sirli kechada
belgilagan, deb hisoblaydi.