• Pyatidesyatniklar
  • Ettinchi kun adventistlari




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/132
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #139490
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   132
    Bog'liq
    Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

    Ettinchi kun adventistlari adventistlik zamirida paydo bo‘lgan eng yirik 
    yo‘nalish hisoblanadi. 1844 yilda AQShda yuzaga kelgan ushbu yo‘nalishning 
    asoschisi Elena Uayt (1827-1915) hisoblanadi. 
    “Ettinchi kun adventistlari” yo‘nalishi tarafdorlarining soni taxminan 16 
    million kishini tashkil etadi. Uning 206 davlatda 46 mingdan ortiq cherkov 
    (jamoa)lari bor. Umumjahon Ettinchi kun adventistlari cherkovining Markazi – 
    Bosh Konferenstiyasi AQShning Vashington shahrida joylashgan.
    “Ettinchi kun adventistlari” ta’limotiga ko‘ra, Xudo o‘z irodasini xalqqa 
    etkazish uchun go‘yoki, Elena Uaytni tanlagan va unga 2000 ga yaqin “ko‘rinishlar” 
    (videnie) bo‘lgan. Uning bu “ko‘rinishlar” asosida yozgan kitob va xatlari “Bibliya” 
    bilan bir qatorda “Ettinchi kun adventistlari” diniy ta’limotining asosiy manbai 
    hisoblanadi.
    Iso Masihning yaqin orada qaytishiga ishonish “Ettinchi kun adventistlari”ning 
    asosiy aqidasi hisoblanadi.
    Ettinchi kun adventistligida: 
    - “Bibliya” buyruqlariga bo‘ysunish qat’iy talab qilinadi;
    - boshqa xristianlardan farqli ravishda, yakshanba kuni emas, haftaning ettinchi 
    kuni – shanba ulug‘lanadi. Shuning uchun ham, ularni “Ettinchi kun adventistlari” 
    deb ataydilar. Shanba kuni ishlash, hatto, ovqat tayyorlash ham mumkin emas. 
    Butun kun ibodatga bag‘ishlanadi. Ular Isoning tirilishi va “oxirzamonni” kutib 
    yashaydilar.
    Ayni paytda, Ettinchi kun adventistligida: 
    - ruhning abadiyligi, jannat va do‘zax tushunchalari inkor qilinadi; 
    - cho‘qintirish butun tanani suvga botirish orqali o‘tkaziladi; 
    - “nopok hayvonlar” go‘shti, xususan, cho‘chqa go‘shtini eyish, kofe, choy, 
    vino ichish, tamaki chekish taqiqlanadi; 
    - turli xil ko‘ngil ochar tadbirlar, badiiy kitob o‘qish esa qoralanadi.
    Pyatidesyatniklar yoki “To‘liq injil xristianlari” protestantlikdagi eng yirik 
    yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Hozirda pyatidesyatniklarning soni dunyo bo‘yicha 
    taxminan 120 millionni tashkil etadi.
    Pyatidesyatniklik tarixi rasman 1901 yilning 1 yanvariga borib taqaladi. Aynan 
    shu kuni AQShning Kanzas shtati Topeke shahrida Charlz Parxem ismli ruhoniy 
    boshqarayotgan “Bibliya” maktabining talabalardan biri Agnessa Ozman “uchinchi 
    rahmat”ga erishib (ya’ni, Muqaddas Ruh bilan cho‘qintirilib), xitoy tilida gapira 
    boshlaydi. Uning ketidan “xudo bilan notanish tilda gaplashish” “epidemiya”si 
    butun maktabni qamrab oladi. Shundan so‘ng, Ch.Parxem o‘z o‘quvchilari bilan 
    janubiy shtatlarda pyatidesyatniklikni targ‘ib qila boshlagan.
    Xudo bilan notanish tilda gaplashishni boshidan o‘tkazgan ko‘pchilik 
    keyinchalik o‘zlarining pyatidesyatniklik cherkoviga asos soldilar. Bunday 


    77 
    cherkovlar Skandinaviya, Angliya, Hindiston, Chili, Germaniya kabi davlatlarda 
    ham paydo bo‘ldi. 
    Pyatidesyatniklik diniy hayotda “Muqaddas Ruh in’omlari” degan tushunchaga 
    tayanadi. Ta’limotga ko‘ra, bu in’omlar faqatgina Muqaddas Ruh bilan cho‘qintirish 
    orqali Iso Masihning asl izdoshlariga, unga xizmat qilish vositasi sifatida beriladi. 
    Muqaddas Ruh bilan cho‘qintirilganlikning tashqi belgisi deb pyatidesyatniklar 
    “glossaliya”, ya’ni “xudo bilan notanish tilda gaplashish”ni tushunadilar. 
    Ularning bir-biridan asosiy farqi xudoning rahmatlari soni va suv bilan 
    cho‘qintirishning uslublaridadir. Xususan, ba’zi pyatidesyatniklar 3 ta rahmatga – 
    dinga kirgizish, nurlantirish ya’ni, xristian ta’limoti bilan chuqurroq tanishtirish va 
    Muqaddas Ruh bilan cho‘qintirishga ishonishsa, ayrimlari faqat 2 ta rahmat – dinga 
    kirgizish va Muqaddas Ruh bilan cho‘qintirishni tan oladilar. Shuning uchun ham, 
    ularni “Ikki rahmat cherkovlari” deb atashadi.
    Pyatidesyatniklikning diniy ta’limot manbai “Bibliya”dir. Unga ko‘ra, 
    Muqaddas Ruh doimo cherkovda namoyon bo‘lib turadi. Pyatidesyatniklikda 
    Isoning ikkinchi marta qaytishi, oxirzamon va mingyillik hukmronligi 
    o‘rnatilishining yaqinligi targ‘ib qilinadi. Shuningdek, Xudoning “O‘ldirma” degan 
    buyrug‘iga amal qilinishi sababli urush va harbiy xizmat qat’iyan rad etiladi.

    Download 1,47 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   132




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish