Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

Adventistlar (lot. kelish, voqe bo‘lish) protestantlikdagi yo‘nalishlardan biri 
bo‘lib, unga XIX asrning birinchi yarmida AQShda Uilyam Miller (1772-1849) asos 
solgan.
“Bibliya”ni o‘rganib, “oxirzamon”ning yaqinlashayotgani hamda Iso 
Masihning ming yillik hukmronlik davri boshlanishi haqidagi fikrga kelgan U.Miller 
1831 yilda Isoning 1843 yilda qaytishi haqida katta va’z qildi. Bu va’z hatto 
Evropada ham aks-sado berdi. 1843 yil kirib kelganida esa U.Miller o‘z xulosasini 
biroz o‘zgartirib Isoning qaytish muddatini 1844 yilga ko‘chirdi. Masih tushishi 
kerak bo‘lgan oy va kunni, hatto joyini – Nyu-York shtatidagi tog‘ni ham aniq 
ko‘rsatdi. Belgilangan kunda Miller izdoshlari oq kiyimlarga o‘ranib “qiyomat 
tog‘i”da joylashdilar. Uzoq kutishdan so‘ng “payg‘ambar” izdoshlarining soni 
kamaya boshladi, lekin ko‘plar unga sodiq qoldilar. Isoning 1843 yili kelmaganining 
sababi esa o‘sha yili Iso erga emas, balki “osmondagi poklanish joyi” (chistiliщe) ni 
tozalash uchun kelgan, deb talqin qilindi.
1845 
yilda 
U.Miller 
va 
uning 
izdoshlari 
baptistlar 
safidan 
chetlashtirilganlaridan so‘ng o‘zlarining “adventistlar” deb atalgan tashkilotini 
tuzdilar. 
Adventistlar ta’limoti Iso Masihning ikkinchi marotaba qaytishi g‘oyasiga 
asoslanadi. Unga ko‘ra ikkinchi qaytish davrida faqatgina taqvodorlar (birinchi 
tirilish) tiriladilar va Xudo bilan osmonda 1000 yil bo‘ladilar. Bu davr mobaynida 
erda insonlar bo‘lmaydi, ular tomonidan yaratilgan jamiki narsa vayron bo‘lib, yo‘q 
bo‘lib ketadi. Shayton kishanlanadi va uning jazosi vayronaga aylangan erda 
bo‘ladi. 1000 yildan so‘ng Iso uchinchi bor erga qaytadi, shunda jin, alvasti va shu 
kabilar tiriladilar (ikkinchi tirilish). Shayton esa xalqlarni yo‘ldan ozdirib, ularni 


76 
Isoga qarshi oxirgi jangga to‘plash uchun vaqtincha ozodlikka chiqadi. Lekin osmon 
olovi ularni kulga aylantiradi. Shayton va insu-jinslar abadiy yo‘q qilinadilar - bu 
ular uchun ikkinchi o‘limdir. Olov bilan tozalangan Er yangilanadi va uni 
taqvodorlar egallaydilar. Quddus qayta tiklanadi va odamlar abadiy rohatda baxtli 
hayot kechiradilar. 

Download 1,47 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish