• Presviterianlar
  • Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/132
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #139490
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   132
    Bog'liq
    Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

    Lyuteranlik – ilk protestantlik yo‘nalishi. Yuqorida qayd etilganidek rohib 
    Martin Lyuter (1483-1546) tomonidan asos solingan.
    “Bibliya” bilan bir qatorda M.Lyuter qarashlarini o‘zida mujassam etgan 
    “Kelishuv kitobi” ham lyuteranlik diniy ta’limotining manbai sanaladi.
    Lyuteranlikda protestantlikning boshqa yo‘nalishlari kabi ibodat marosimlari 
    soddalashtirilgani bilan ham ajralib turadi. Shu bilan birga, xristianlikning etti sirli 
    marosimlaridan cho‘qintirish hamda “non va vino totish” tan olingan holda 
    qolganlariga oddiy marosimlar sifatida qaraladi. 
    Germaniyadan keyin lyuteranlik Evropaning Avstriya, Vengriya, Franstiya 
    kabi bir qator davlatlari hamda Shimoliy Amerikada tarqaldi. 
    Bosh sinod – lyuteranlikning oliy huquqiy organi episkop tomonidan nazorat 
    qilinadigan Konsistoriya (cherkov ishlari bo‘yicha tashkilot) asosiy ijroiya 
    hokimiyati hisoblanadi. 
    Kalvinizm. Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalvin (1509-1564) 
    edi. Uning 1536 yilda nashr etilgan “Xristian dinidagi ko‘rsatmalar” degan bosh 
    asari, protestanizm ta’limot sifatida shakllanganidan keyin yangi bir diniy yo‘nalish 
    - kalvinizmning asosi bo‘lib qoldi. 
    Dastlabki islohot arboblaridan farqli o‘laroq, Kalvin uchun asosiy manba Injil 
    emas, balki Tavrot bo‘lib qoladi. Kalvin absolyut taqdir haqidagi ta’limotni ishlab 
    chiqdi. “Iso ham bizning gunohlarimiz uchun azobu uqubatlarga giriftor qilingan”, 
    der edi u. 
    Protestant cherkovining kalvinistik yo‘nalishdagi davomchilari (kalvinistlar 
    yoki reformatorlar) Shotlandiya, Gollandiya, Shimoliy Germaniya, Franstiya, 
    Angliyada keng nufuzga va ta’sirga ega edilar. 
    Presviterianlar kalvinistik cherkovdan kelib chiqqan bo‘lib, mo‘’tadil 
    puritanlardir. 1592 yili Shotlandiya parlamenti bu ta’limotni asosiy mafkura deb 
    hisoblash haqida qaror qabul qilgan. Bu jamoa boshida jamoa a’zolari tomonidan 
    saylangan presviter turadi.
    Presviterianlar diniy ta’limotining asosiy aqidalari “Vestminster” kitobida 
    bayon qilingan. Bu aqidalar ortodoksal kalvinizm ruhida bo‘lib, olamdagi barcha 
    odamlarning gunohkorligi va qismatning mutlaqligiga ishonchdan iborat.
    Presviter jamoasi qavmlar saylagan presviterlar va pastorlardan iborat 
    konsistoriya tomonidan boshqariladi. Presveterianlarning oliy organi – bosh 
    assambleya. Bosh assambleya presviteriyanlar vakil qilib yuborgan presviter va 
    pastorlardan iborat. Presveterianlarning ko‘pchiligi o‘zlarining xalqaro tashkiloti – 
    “Presveterianlarning tashkiliy tuzilishiga amal qiluvchi jahon reformastiya 
    cherkovlari alyansi”ga a’zodir. Mazkur alyans 1875 yilda tashkil etilgan.
    Hozirgi paytda Shotlandiya, Angliya, Irlandiya, AQSh, Kanada, Avstraliya va 
    boshqa mamlakatlarda presveterianlar mavjud. 

    Download 1,47 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   132




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish