|
Protestantlik (Protestantizm)ning yuzaga kelishi va sektalari ProtestantlikBog'liq Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdfProtestantlik (Protestantizm)ning yuzaga kelishi va sektalari Protestantlik
(Protestantizm) (lot. norozi bo‘lish, kelishmaslik) – XVI asrda katoliklik
yo‘nalishidan ajralib chiqqan xristianlikdagi uch asosiy yo‘nalishlardan biri
hisoblanadi. U XVI asrda Evropada katoliklarga qarshi qaratilgan Reformastiya
harakati bilan bog‘liq ko‘plab mustaqil cherkovlar va sektalarni o‘z ichiga oladi.
Protestantlik AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Kanada,
Shveystariya, Skandinaviya mamlakatlari, Latviya, Estoniyada keng tarqalgan.
Bugungi kunda protestantlar soni taxminan 647 millionni tashkil etadi.
Katolik cherkovi tomonidan XV-XVI asrlarda indulgenstiya savdolarining avj
oldirilishi oqibatida cherkovning xalq orasida obro‘si tushib bordi. Shunday bir
vaziyatda, 1517 yil 31 oktyabrda Vittenberglik ruhoniy Martin Lyuter shahar sobori
darvozasiga indulgenstiyalar savdosini tanqid qilgan 95 moddadan iborat tezislarini
osib qo‘yadi.
Lyuter xristianlik aqidalari hammaga to‘liq tushunarli bo‘lishi uchun
Bibliyaning zamonaviy tillarga tarjima qilinishi, cherkovdagi diniy xizmatlar ona
tilida olib borilishi tarafdori edi. Ba’zi knyazlar va shahar vakillari lyuteranlikning
tarqalishini cheklashga qaratilgan ayrim harakatlarga qarshi ekanliklarini bildirib
“Protestastiya”ga imzo chekdilar. Protestantlik degan nom mana shundan kelib
chiqqan.
Protestantlik xudoning mavjudligi, uning uch qiyofada namoyon bo‘lishi,
ruhning abadiyligi, jannat va do‘zax, vahiy va ilohiy taqdir to‘g‘risidagi
umumxristian aqidalarini tan oladi.
Shu bilan birga, protestantlik:
- cherkov va ruhoniylarning e’tiqod qiluvchilar bilan xudo orasidagi vositachi
ekanini inkor etadi;
- cherkov ierarxiyasi, ruhoniylar va oddiy kishilar orasidagi tabaqalanishni rad
qiladi;
- monaxlik, avliyolar, xoch va ikonalarga sig‘inishni noto‘g‘ri deb hisoblaydi;
- ko‘p mablag‘ talab qiladigan tadbirlarni asossiz deb biladi;
- stelibat (ruhoniylarning uylanmasligi)ni inkor etadi.
Protestant yo‘nalishlari bir-biridan u yoki bu jihatlariga ko‘ra farqlansada
M.Lyuter tomonidan katolik cherkovi ta’limotiga qarshi keskin tarzda bayon etilgan:
- o‘z e’tiqodi bilan najot topish;
- e’tiqod qiluvchilarning barchasi ruhoniy bo‘lishi, ya’ni har bir cho‘qintirilgan
inson cherkov yordamisiz o‘zi xudo bilan muloqotda bo‘lishi, toat-ibodat qilishi,
va’z o‘qishi mumkinligi;
- “Bibliya”ning oliy nufuzi, uni o‘qish, o‘rganish va tafsir qilish e’tiqod
qiluvchining birinchi majburiyati ekani haqidagi 3 tamoyil ularning barchasi
tomonidan birday tan olinadi va ular protestantlikning asosiy qoidalari hisoblanadi.
Protestantlikning ilk shakllari: lyuteranlik, stvinglichilik, kalvinizm, unitarizm
va sostinchilik, anabaptizm, mennonitlik va anglikanlik edi. Hozirgi vaqtda
protestantlik dunyoning barcha qit’alarida keng tarqalgan. Uning jahon markazi
74
AQShda, bu erda baptist, adventist, Iegova shohidlari va boshqalarning qarorgohlari
joylashgan.
|
| |