Islom dinining vujudga kelishi




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

 
2. Islom dinining vujudga kelishi 
Islom jahon dinlari ichida eng yoshi hisoblanadi. «Islom» – (arabcha - 
«bo‘ysunish», «itoat etish») – Allohga til bilan imon keltirib, dil bilan tasdiqlash, 
uning ko‘rsatmalariga bo‘ysunish, o‘zini Allohning diniga bag‘ishlashni anglatadi. 
Muhammad payg‘ambar hayoti. Muhammad ibn Abdulloh ibn Abd al-
Muttalib Arabiston tarixida «fil voqeasi» nomi bilan mashhur jangdan 50 kun keyin 
tavallud topgani haqida ilk islom manbalarida xabar beriladi. Misrlik astronom 
Mahmud poshoning ta’kidlashicha, Payg‘ambarning tavallud sanasi milodiy 571 yil 
21 aprelga to‘g‘ri keladi. Otalari Abdulloh o‘z o‘g‘li Muhammad tug‘ilmasidan 
oldin savdo ishi bilan Shomdan qaytayotib Yasribda (hozirgi Madina shahrida) vafot 
etgan. Onalarining ismi Omina bint Vahb bo‘lib, Banu Zuhra urug‘idan edi. 
Manbalarda Payg‘ambarning tavallud kunlarida turli mo‘jizalar ro‘y bergani 
haqida xabar beriladi. Ushbu hodisalar haqida ko‘plab tarixchilar o‘z asarlarida 
rivoyatlar qoldirganlar. U kishining onalari homilador bo‘lganida tushida «Sen 
butun insonlarning ulug‘iga homlador bo‘lding, u dunyoga kelgach, ismini 
Muhammad qo‘ygin» degan ovoz eshitdi. Shunga ko‘ra tug‘ilgan paytlarida 
bobolari «Muhammad», ya’ni «g‘oyat maqtovli» degan ismni qo‘ydilar. Islom 
ta’limotiga ko‘ra, Muhammad payg‘ambar nomlari zikr etilganda «sallallohu alayhi 
vasallam» (qisqacha: s.a.v.: «unga Allohning rahmat va salomi bo‘lsin») yoki 
«alayhis-salom» (qisqacha: a.s.: «unga salom bo‘lsin») iborasi hurmat yuzasidan 
aytiladi..


83 
Arablarda bola sog‘lom va ziyrak bo‘lib o‘sishi uchun sahroyi ayollardan sut-
ona topib emizish odati bor edi. Ana shu odatga ko‘ra, Muhammad (a.s.)ga Bakriy 
qabilasidan bo‘lgan Halima ismli ayol sut-ona bo‘ldi. Rasulullohni to‘rt yildan ortiq 
vaqt ichida emizgan Halimaning oilasiga baraka yog‘ilib turgan edi. «Sharh as-sadr» 
(«Ko‘rak yorilishi») voqeasi ana shu davrda yuz berdi (Qur’on: 94-sura). Bu voqea 
«Shaqq as-sadr» deb ham nomlanadi. 
Rivoyat qilinishicha, Muhammad Halimaning qo‘ylarini yaylovda boqib 
yurgan vaqtda ikki oppoq kiyimli kishi kelib, uning ko‘kragini yoradilar va qorin 
ichidan bir narsani olib tashlab, kesilgan joyni tikib qo‘yadilar. Buni ko‘rgan akalari 
o‘z onalariga bu xabarni yetkazganlarida bibi Halima voqea sodir bo‘lgan joyga 
zudlik bilan yetib keladi. Bu vaqtda o‘spirin ko‘p qon yo‘qotganidan rangi oqargan 
holda turar edi. So‘raganlarga u bo‘lgan voqeani o‘z og‘zi bilan gapirib beradi. 
Shundan so‘ng birovning farzandiga biror shikast yetib qolishidan qo‘rqqan Halima 
bolani o‘z onasiga topshiradi. 
Besh yoshli Muhammad o‘z onasi Omina bilan birgalikda Yasribga ota 
qabrini ziyorat qilish uchun boradilar. Bu safardan qaytib kelayotganlarida Abvo 
degan joyda onalari Omina vafot etadi. Makkaga otalarining cho‘risi Ummu Ayman 
bilan birga yetib keladilar. Shundan so‘ng Muhammadni sakkiz yoshgacha bobosi 
Abdulmuttalib o‘z qo‘lida tarbiyaladi. Abdulmuttalib o‘z nevarasi Muhammadni 
juda yaxshi ko‘rar edi. Shuning uchun o‘zi hastalanib, o‘lim to‘shagida yotgan 
paytda o‘g‘illari orasida eng saxovatli va mehribon bo‘lgan Abu Tolibni chaqirib, 
Muhammadni o‘z qaramog‘iga olishni buyuradi. Otasi vafotidan so‘ng amakilari 
Abu Tolib o‘z otasining vasiyatiga binoan Muhammadni o‘z qarmog‘iga oldi. 
Payg‘ambar yoshlik chog‘larida ikki marta Shomga, bir marta Yamanga 
karvon bilan birga safarga chiqdilar. Shomga birinchi marta 12 yoshga to‘lganda, 
ikkinchi marta 25 yoshga, Yamanga 17 yoshga to‘lganda safar qildilar. 12 yoshga 
yetganda amakilari Abu Tolib Shomga safarga otlandi. Eng yaqin kishisidan ayrilib 
qolish Muhammadga qattiq ta’sir qilib, ma’yus qolganini ko‘rgan Abu Tolib bolani 
birga olib ketishga jazm qildi.
Ularning karvoni Shom yo‘lidagi Busro nomli mavzeda to‘xtadi. 
Yahudiylarning olimlaridan Buhayro ismli bir rohib uzoqdan karvonning kelishini 
kuzatib turar edi. Ko‘rdiki, karvon bilan birga bir bulut ham kelayapti. Karvon bir 
daraxt ostiga to‘xtadi. Bulut ham o‘sha daraxt tepasiga qo‘ndi. Buhayro darhol bir 
ziyofat tayyorladi. Abu Tolibni sheriklari bilan ibodatxonaga taklif qildi. 
Muhammad (s.a.v.) haqidagi ma’lumotlarni bilib olish uchun bir necha savollar 
berdi. Olgan javoblaridan hayratlangan Buhayro Muhammadning ikki kuraklari 
o‘rtasidagi payg‘ambarlik muhrini ochib ko‘rdi. Shundan so‘ng Abu Tolibga 
Muhammadning porloq kelajak egasi, bo‘lajak payg‘ambar ekanini bashorat qildi va 
uni ehtiyot qilishni uqtirdi. 
Muhammad (s.a.v.) 25 yoshga to‘lganlarida Banu Asad urug‘idan bo‘lgan boy 
ayol Xadicha bint Xuvaylid u kishidan o‘zining savdo karvoni bilan birga Shomga 
safar qilishni so‘radi. Bu savdodan katta foyda tushdi. Muhammadning to‘g‘ri 
so‘zlik, halollik, sadoqatlilik kabi fazilatlarini ko‘rgan Xadicha yoshi ancha katta 
bo‘lishiga qaramay, taomilga zid ravishda unga sovchi qo‘ydi. Bir tomondan 


84 
amakilari Abu Tolib, ikkinchi tomondan Xadichaning amakivachchasi Varaqa 
rozilik berib nikoh o‘qildi. 
Aynan mana shu ayol Rasulullohning yetti farzandlaridan oltitasini, ya’ni 
Zaynab, Ummu Kulsum, Ruqiya, Fotima, Qosim, Abdulloni dunyoga keltirgan edi. 
Faqat bitta o‘g‘il – Ibrohim Moriyadan tug‘ilgan edi. 
Muhammad (s.a.v.) 35 yoshga kirganlarida makkaliklar Ka’bani ta’mir 
etadilar. Uni qayta qurish jarayonida muqaddas sanalgan «Hajar al-asvad» («Qora 
tosh»)ni kim ko‘tarib o‘rniga qo‘yadi, degan masalada tortishib qoladilar. Shunda 
ulardan biri: «Ertalab Safo eshigidan kim birinchi kirib kelsa, o‘sha bizga hakamlik 
qilsin» deydi. Ertalab Safo tarafidan Muhammad (s.a.v.) kirib keladilar. Uni ko‘rgan 
olamon «Muhammad al-Amin (ishonchli Muhammad) keldi» deb xursand 
bo‘ladilar. U zot choponlarini yechib, uning ustiga «qora tosh»ni qo‘yib, barcha 
qabila boshliqlarini choponni baravariga ko‘tarishga buyuradilar va o‘zlari 
keltirilgan Qora toshni joyiga olib qo‘yadilar. Muhammad (s.a.v.) o‘z zukkoliklari 
bilan qabilalar o‘rtasida chiqishi mumkin bo‘lgan nizoning oldini olgan edilar. 
Vahiyning nozil bo‘lishi. Makka davri. Muhammad (s.a.v.) 40 yoshga 
yetganda ko‘proq yolg‘izlikni qumsaydigan bo‘lib qoladilar. Ko‘pincha Makkadan 
uch mil yuqoridagi Nur tog‘ida joylashgan Hiro g‘origa ketar va Ramazon oyini u 
yerda kechirib, ibodat qilardilar. G‘amlagan ozuqalari tugagach, Xadicha oldiga 
qaytar, bu yerda bir oz qolib, yana o‘sha g‘orga ketar edilar. U yerda o‘zlarini 
sukunatga berib, chuqur o‘yga tolar edilar. Manbalarda aytilishicha, 
payg‘ambarlikning ilk belgisi sifatida u kishining quloqlariga g‘oyibdan «Sen 
Allohning elchisisan» degan tovushlar eshitilardi, tushlarida ko‘rgan narsalari 
o‘ngda to‘g‘ri chiqar edi. 
Milodning 610 yilida Ramazon oyida Muhammad (s.a.v.) odatga ko‘ra, Hiro 
g‘orida avvalgi o‘tgan payg‘ambarlardan Ibrohim, Muso, Iso kabi «tahannus» 
ibodati bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Imom al-Buxoriy tomonidan bu ibodatga shunday 
sharh berilgan: «Payg‘ambarimizning qaysi shaklda ibodat qilgani haqida 
so‘raladigan bo‘lsa, buning tafakkur va ibratdan iborat bo‘lganligini aytamiz». 
Payg‘ambarlikning boshlanishi tushda ko‘rilgan narsalarning o‘ngda oydin 
bir subh kabi yuz berashi bilan boshlangan. Kunlarning birida Hiro g‘orida farishta 
Jabroil (a.s.) ko‘rindi va: 
«O‘qi», – dedi. 
Payg‘ambar: 
«Men o‘qishni bilmayman», – dedilar. 
Farishta yana amrini takrorladi. Payg‘ambar (a.s.) yana: 
«Men o‘qishni bilmayman», – javobini berdilar. So‘ngra malak ularni 
boshdan oyoqqa qadar kuchlari qolmaguncha siqdi. 
Shunda Payg‘ambar (a.s.): 
«Nimani o‘qishim kerak?», – deb so‘radilar. 
U zamon farishta ilohiy oyatlarni o‘qiy boshladi: 
«(Ey, Muhammad, butun borliqni) yaratgan zot bo‘lmish Rabbingiz nomi 
bilan o‘qing! U insonni laxta qondan yaratdi. O‘qing! Rabbingiz esa karamli zotdir. 


85 
U insonga qalam bilan (yozishni) o‘rgatgan zotdir. U insonga bilmagan narsalarini 
o‘rgatdi» (Alaq, 5). 
Alaq surasining boshidagi bu oyatlar ilk kelgan vahiy hisoblanadi. Rasululloh 
bu oyatlarni qalbga joylab, farishtaning ketidan qaytardilar. Shundan so‘ng bo‘lib 
o‘tgan voqeadan nihoyatda hayrat va qo‘rquvga tushib, darhol bibi Xadichaning 
huzuriga qaytdilar va «Meni o‘rab qo‘ying, o‘rab qo‘ying» dedilar. Uzoq uyqudan 
so‘ng bo‘lgan voqeani ayollariga so‘zlab berdilar. Xadicha buni yaxshilikka yo‘yib, 
Varaqa ibn Navfal nomli avvalgi samoviy kitoblardan boxabar bo‘lgan 
qarindoshlarining huzuriga borib, bu voqeaning tafsilotini so‘radilar. Varaqa bu 
ko‘ringan farishta Muso va Iso payg‘ambarlarga vahiy olib tushgan «Nomusi 
Akbar», ya’ni Jabroil farishta ekanini aytadi. U yana kelajakda Muhammad o‘z 
ummatiga payg‘ambar bo‘lishi, bu yo‘lda ko‘p aziyat chekishi, o‘z yurtidan 
chiqarilishi haqidagi xabarlarni bildiradi.
Shu voqeadan so‘ng ilk islomdagi «yashirin da’vat davri» boshlangan edi. 
Birinchi bo‘lib Rasululloh chaqiriqlarini qabul qilgan, ya’ni «ilk imon keltirganlar» 
– ayollari Xadicha bint Xuvaylid va amakivachchalari Ali ibn Abi Tolib edilar. 
Ulardan so‘ng qullari Zayd ibn Horisa va bo‘lg‘usi qaynotalari Abu Bakr Siddiq 
bo‘ldilar. Ular jamiyatning turli tabaqalaridan ekanliklari islom dinining barcha 
uchun ochiq din ekanini ko‘rsatardi. Vaqt o‘tishi bilan jami musulmonlarning soni 
30 kishiga yetdi. Ular qurayshliklarning yangi dinga qarshi ekanliklarini 
bilganliklari uchun o‘z e’tiqodlarini yashirin saqladilar. Bu holat uch yil davom etdi. 
Shundan so‘ng «oshkora da’vat» davri boshlanadi. Bunga binoan, 
Muhammad (s.a.v.) Abdulmuttalib oilasini, amakilari Abu Tolib, Abbos, Hamza, 
Abu Lahablarning barchasini uylariga taklif etdilar. Ziyofatdan so‘ng Allohdan 
yangi din vahiy qilinganini bildirib, unga barchani chaqirish Alloh tomonidan o‘z 
vazifalari etib belgilanganini aytdilar. Abu Lahab bu so‘zlarni qat’iy inkor etib, 
yig‘ilganlarni tarqatishga tushdi. 
Islom dinini qabul qilmagan makkaliklar ham Muhammad payg‘ambarning 
yuksak axloq egasi ekanini tan olar edilar. Musulmonlar safi kengayib payg‘ambar 
amakilari Hamza, undan so‘ng Umar ibn Xattobning imon keltirishlaridan 
makkaliklar sarosimaga tushib qoldilar. Ular musulmonlarni tazyiqqa olishni yanada 
kuchaytirib yubordilar. Bu aziyatlardan xoli bo‘lishlari uchun payg‘ambar 
musulmonlarga Habashistonga hijrat qilishni buyurdilar. 
Habashistonga ketishni istagan 11 erkak va 4 ayoldan iborat bo‘lgan birinchi 
guruh Makkadan yashirin ravishda chiqib, Qizil dengiz bo‘ylab ketdi. Ularning 
ichida Usmon ibn Affon va xotini Ruqiya (payg‘ambarning qizi), Abu Huzayfa va 
xotini, Zubayr ibn Avom, Abdurrahmon ibn Avf, Abdulloh ibn Mas’ud bor edilar. 
Guruh boshlig‘i Usmon ibn Maz’un edi. 15 kishi bir guruh holida vahiyning 
beshinchi yili Habashistonga ketdilar. Ularni Habashistonda juda yaxshi kutib 
oldilar. U yerda yaxshi sokin hayot kechira boshladilar. Ularning bunday osoyishta 
hayot kechirayotganliklarini eshitgan boshqa musulmonlar ham bir yildan so‘ng 
ikkinchi bir guruh holida u yerga hijrat etdilar. Bu guruhning boshida Ja’far ibn Abi 
Tolib bo‘lib (Alining akasi), ular 80 kishi edilar. Habashiston xalqi va uning 
podshohi Najoshiy musulmonlarga juda yaxshi munosabatda bo‘ldilar.


86 
Makkaliklar Abdumanof urug‘ini Abu Tolib darasiga qamal qildilar. Shundan 
so‘ng ikki marta Habashistonga hijrat qilindi. Qamaldan so‘ng Xadicha vafot etdi, 
payg‘ambar Toifga hijrat qildilar. Makkada «Isro va Me’roj» voqeasi yuz berdi. 
Dushmanlar Payg‘ambarni o‘ldirish harakatiga tushdilar. 
Hijrat va Madina davri. Madinaliklar Makkaga Payg‘ambar huzuriga kelib 
islomni qabul qildilar. Ular bilan makkalik musulmonlar o‘rtasida do‘stlik aloqalari 
o‘rnatildi. Makka mushriklarining musulmonlar ustidan tazyiqlari kuchaygach, 
Payg‘ambar ko‘rsatmasiga binoan avval musulmonlar undan so‘ng Rasululloh 
Yasribga hijrat qildilar. 
Madinalik «ansor» («yordamchi»)lar makkalik muhojirlarni do‘stona va 
samimiy kutib oldilar. Payg‘ambarning hijrati Rabi al-avvalning 8 kuni – milodiy 
622 yil 20 sentyabrda bo‘ldi. Shu yili birinchi musulmonlar masjidi qurilib, azonga 
asos solindi. Avs va Xazraj arab qabilalari hamda Banu Qurayza, Banu Qaynuqo, 
Banu Nadir qabilalari bilan o‘zaro sulh tuzildi. Har tomondan Madinaga qarshi 
hujumlar uyushtirildi. «Badr» g‘azotida musulmonlar ularni muvaffaqiyat bilan 
qaytardilar. 
Hijratning oltinchi yilida Makka qurayshiylari bilan tuzilgan Hudaybiya 
shartnomasi eng muhim tarixiy hujjatlardan biri bo‘ldi. Bu sulh bitimi tuzilishi 
arafasida Payg‘ambar 1500 sahoba jangchilar bilan, o‘q-yoy va nayzalar olmasdan, 
faqat qilich taqib, Bayt ul-haram ziyorati vaqtida qurbonlikka so‘yiladigan 70 tuyani 
haydab, Makka shahriga yaqin keldilar. Bu kichik qo‘shin Makka mushriklariga 
ko‘p ko‘rinib, ular musulmonlarni jang qilishga, urushga kelgan deb gumon qilib, 
shaharga kiritmadilar. Har ikki taraf bir necha bor elchilar almashib, vaziyatni 
tushuntirdilar. Musulmonlarning tinch maqsadda kelganiga ishonmasdan, Makka 
mushriklari urushga tayyorlanib turdilar. Ammo johiliya zamonlarida ham Baytul 
haramda, ya’ni Ka’ba va uning atrofida jang qilish, qon to‘kish man qilingan edi. Bu 
qoidani yaxshi bilgan Payg‘ambar unga amal qilgan holda Usmon ibn Affon 
yetakchiligida navbatdagi elchilarni yubordi. Makka mushriklari bularni garovga, 
asir olganday qaytarib jo‘natmadilar. Musulmonlar ham Makka vakillarini vaqtincha 
ushlab turdilar. 
Oradagi keskin vaziyatni yumshatish uchun Payg‘ambar Hudaybiya degan 
joyda Makka raislari bilan o‘n yillik sulh shartnomasini tuzishni taklif etdilar. 
Hudaybiya shartnomasi musulmonlar uchun murakkab vaziyatda tuzildi. Unda 
asosan quyidagi shartlar belgilangan edi: 
1. 
O‘rtamizda dushmanlik tugatiladi, talonchilik va makr-hiylalarga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
2. 
Istagan odamlar Muhammad bilan shartnoma tuzib, ittifoqqa 
qo‘shilishni xohlasa qo‘shilaveradi, istagan odamlar qurayshiylar bilan shartnoma 
tuzib, ittifoqqa qo‘shilishni xohlasa qo‘shilaveradi. 
3. 
Sen (Muhammad) bu yil Makkaga kirmay qaytib ketasan, kelasi yili biz 
Makkadan chiqib turamiz va musulmonlar uch kun Makkada turishlari ixtiyoriydir. 
O‘sha vaqtda musulmonlarning qilichlari qinida bo‘lib, boshqa hech qanday qurol 
bilan kelmaydilar. 


87 
Shartnomaga musulmonlar jamoasi tarafidan Muhammad payg‘ambardan 
so‘ng Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Abdurrahmon ibn Avf, Abdulloh ibn 
Suhayl, Sa’d ibn Abil Vaqqos, Muhammad ibn Maslama imzo chekdilar. 
Qurayshiylar tarafidan Suhayl ibn Amr, Miqroz ibn Hafs, Xuvaylid ibn Abdul Uzzo 
imzo chekdilar. 
Hijratning sakkizinchi yili Makka fath etildi. Havozin, Saqif qabilalari bilan 
Hunayn janggi bo‘ldi. Mushriklarning Lot, Manot, Uzzo nomli butlari yo‘q qilindi. 
632 yili Payg‘ambar (s.a.v.) hajga borishga qaror qildilar. Bu oxirgi haj 
bo‘lgani tufayli islom tarixida «Hajjatul vido» («Vidolashuv haji») deb nomlandi. 
Bu safarga to‘qson ming musulmon otlandi. Zul-hijja oyining to‘qqizinchi kuni 
Arafot tog‘ida Payg‘ambar (s.a.v.) tomonidan islom dinining asosiy shartlarini 
bayon etgan «Vidolashuv xutbasi» o‘qildi. Shundan so‘ng, deyarli barcha arab 
qabilalari islomni tan olib, elchi va maktublar yo‘llay boshladilar. 
Hajdan Madinaga qaytgan Payg‘ambar (s.a.v.) bir oz muddatdan so‘ng 
kasallikka chalinib, hijratning o‘n birinchi yili – 632 yil 9 iyunda (11 hijriy yil, 12 
rabiul avval kuni) vafot etdilar. 

Download 1,47 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish