100
o‘zlarini «Alaviylar» deb tanishtiradilar. Chunki
ular Ali ibn Abu Tolibni
ilohiylashtirib, muqaddaslashtirib unga ibodat qiluvchi toifalardan hisoblanadilar.
Firqaning asosiy ta’limoti:
Hazrat Alini iloh darajasiga ko‘taradilar;
Ularda nasroniylarning uchlik aqidasiga o‘xshash ta’limot mavjud bo‘lib,
unga ko‘ra
ilohiy uchlik Ali, Muhammad va Salmon Forsiylardan tarkib topgan.
Unga ko‘ra Ali - ma’no yoki mutloq g‘ayb (ya’ni Xudo), Muhammad – ism, yoki
zohir ismning shakli, Salmon esa ma’noga yetaklovchi eshik yoki yo‘ldir;
Shar’iy hukmlardagi fikrlari boshqa botiniy firqalar kabi Islom ruknlarining
har birini botiniy ta’vil etadilar.
Hozirgi kunda bu firqa vakillari Suriya Arab
Respublikasi aholisining
taxminan 10 % ini tashkil etadi. Bundan tashqari ular Livan va Turkiyaning janubida
joylashgan shaharlarda istiqomat qiladi.