Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

Qarmatiylar. 
Ismoiliylarning da’vatchilari Yamanda muvaffaqiyat 
qozongach, Bahraynda qarmatiylar harakati bilan tanilgan yangi firqa vujudga keldi. 
Bu firqaning asoschisi kufalik Hamdon Qarmatdir. U Kufa tashqarisida joylashgan 
«Dor ul-hijra» deb nomlangan markazni o‘zi uchun qarorgoh qilib, u yerda 
da’vatchilar tayyorladi. 
Qarmatiylarning siyosiy-g‘oyaviy harakati Kufa atrofida boshlanib, IX asr 
oxirlariga kelib xalifalikka tahdid soluvchi va kishilar qalbiga qo‘rquv tarqatuvchi 
harakatga aylandi. Ular faoliyatining kuchaygan davri 929 yil hisoblanadi. Shu yili 
Abu Tohir Sulaymon boshchiligida ular Makkaga kirib, hojilarni o‘ldirib, jasadlarini 
Zam-zam qudug‘iga tashladilar hamda Ka’bani buzib, «Hajarul asvad» (Qora 
tosh)ni Bahraynga olib ketdilar. Ibn Kasir o‘zining «al-Bidoya van-nihoya» asarida 
zikr qilishicha, «Hajarul asvad» qarmatiylar qo‘lida 22 yildan ortiq qolib, 951 yilda 
qaytarilgan. Qarmatiylar faoliyati uzoq muddat davom etib, so‘ngra zaiflashib, 1077 
yilda butunlay yo‘qolib ketgan. 
Druzlar. Druzlarning paydo bo‘lishi X-XI asrlarda fotimiylar sulolasidan 
bo‘lgan xalifa al-Mansur ibn Abdulaziz al-Hakim (996-1021) nomi bilan bog‘liq. 
1017 yili mazkur guruh izdoshlari xalifa al-Hakimni Xudo darajasiga ko‘tarib, unga 
e’tiqod qilishni boshlaganlar. Natijada Livan, Suriya va Isroilda yashovchi xalqlar 
ushbu xalifani Xudo deb e’tiqod qilib, unga sig‘ina boshlaganlar.
Manbalarda bu ta’limotning asoschisi haqida turli fikrlar mavjud bo‘lib, 
ba’zilar «Labbod» laqabi bilan tanilgan hamza ibn Ali az-Zavzaniy desalar, ba’zilar 
«Ajda’» nomi bilan tanilgan Hasan ibn Hidra al-Farg‘oniy deb hisoblashsa
boshqalar esa «Nashtakin» laqabi bilan mashhur bo‘lgan Muhammad ibn Ismoil ad-
Durziyni (vaf. 1019 y.) zikr qilganlar. Oxirgi fikr haqiqatga yaqinroq hisoblanadi. 
Druzlar e’tiqodini o‘zida mujassamlashtirgan bir qancha manbalar mavjud 
bo‘lib, Hamza ibn Alining «Druz mus'hafi» nomli asari ularda eng mashhur sanaladi. 
Ushbu asar 44 bo‘limga bo‘linib, 269 varaqni tashkil qiladi. Asarda Qur’oni karim 
oyatlari o‘zlarga mos tarzda talqin qilingan. Masalan: «Allohni itoatidan bosh 


102 
tortganlar oxiratda azobda, itoat qilganlar rohatda» ma’nodagi oyatlarni 
o‘zgartirilib, «Xalifa Hakimni itoatidan bosh tortganlar oxiratda azobda, itoat 
qilganlar rohatda» - deb yozilgan. 
Ular g‘aybiy narsalarga imon keltirmaydilar, jannat, do‘zax, farishtalarni, 
islomning asosiy ruknlaridan hisoblangan ro‘za, haj ibodatlarini inkor etadilar. Diniy 
bayramlardan faqat qurbon hayitini va shialarda motam marosimi hisoblangan 
ashuroni (shaxsey-vaxseysiz) nishonlaydilar. 
Druzlar jamiyati ikki tabaqa ruhoniylar va jasadlarga bo‘linadi. Ruhoniylar – 
ularda o‘z dinlarini chuqur biladigan, e’tiqodlarida mustahkam, barcha man qilingan 
narsalardan parhezkor insonlar hisoblanadi. Jasadlar – savlatlari bor-u, lekin ular o‘z 
dinlari haqida ko‘p narsadan bexabar johil insonlardir.
Druzlar ta’limotida masjidga borish, namoz o‘qish shart emas. Ularning 
ibodatxonalarida payshanba kunlari faqat ruhoniylargina to‘planadilar.
Hozirgi kunda druzlar asosan Livan, Isroil, qisman Suriya, Iordaniya bilan 
Iroq o‘rasida joylashgan sahrolarda yashaydilar. 

Download 1,47 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish