• Hanafiylik mazhabi
  • Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/132
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #139490
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   132
    Bog'liq
    Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

    4. Sunniylik yo‘nalishi 
    657 yilgi voqealar va ularning natijasida kelib chiqqan firqabozlik sharoitida 
    ham o‘rta yo‘lni tutgan, davlat rahbarlariga qarshi bormagan, o‘zlarini sunnatga 
    amal qiladigan va jamoatdan ajralmaydiganlar guruhi sunniylar yoki «ahli sunna val 
    jamoa» deb ataldi. Bugungi kunda sunniylar dunyo musulmonlarining 92,5 foizini 
    tashkil etadi. 
    Sunniylik doirasida 4 fiqhiy mazhab (arab. «yo‘l») va 2 aqidaviy ta’limot 
    mavjud bo‘lib, xorijiy va shia firqalaridan farqli ravishda ular bir-birlarini rad 
    etmaydilar. Bugungi kunga qadar ham, sunniy ulamolar to‘rttala fiqhiy va ikkala 
    aqidaviy mazhablarning to‘g‘ri ekani, ularning bir-birini to‘ldirishi, bunday farqlilik 
    tarixiy, ijtimoiy omillar mahsuli ekani va bu musulmonlar uchun osonlik yaratishiga 
    ittifoq qilishgan. 
    «Ahli sunna val jamoa» tarkibiga kiruvchi fiqhiy mazhablar quyidagilardir: 
    Hanafiylik mazhabi. Hanafiya mazhabining asoschisi al-Imom al-A’zam 
    Abu Hanifa an-Nu’mon ibn Sobit al-Kufiy (80-150/699-767) – forslardan bo‘lib, 
    Umaviylar (661-750) va Abbosiylar (750-1258) davlati ayni avj olgan davrda 
    yashagan tobiinlardandir. Abu Hanifa Anas ibn Molik bilan uchrashgan va undan 
    «Ilm talab qilish har bir muslim uchun farzdir» hadisini rivoyat qilgan. Uni «ahli 
    ra’y Imomi», «ahli Iroq faqihi», «Hanafiy mazhabi sohibi» kabi nomlar bilan 
    manbalarda keltiriladi. Kasbi gazlama savdosi bilan shug‘ullanish edi. Yoshlik 
    chog‘idayoq Qur’onni yod olgan. 18 yil ustozi Hammod ibn Abi Sulaymondan tahsil 
    olgan. Fiqh ilmini Ibrohim an-Naxaiy va ash-Sha’biydan olgan. Abu Hanifaning 
    yetuk talabalaridan Abu Yusuf (113-182/731-769) va Muhammad ibn al-Hasan ash-
    Shayboniylarni (132-189/709-805) alohida aytib o‘tish zarur. 
    Hanafiy mazhabi «nass»lardan (ya’ni Qur’on va hadis) tashqari hadislarni 
    qabul qilishda alohida shartlarni belgilaganligi, qiyos (analogiya), istehson 
    prinsiplaridan foydalanishi, Movarounnahr maktabi mahalliy urf-odatlarni huquq 
    manbai sifatida qabul qilishi bilan ajralib turadi. Boshqa mazhablardan farqli jihatlar 
    mazkur xususiyatlar negizida yuzaga keladi. 
    Hanafiya mazhabi asosan Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Turkiya, 
    Suriya, Iroq, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Turkmaniston, 
    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya, Jibuti, Eritreya 
    mamlakatlarida keng tarqalgan. 

    Download 1,47 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   132




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish