• Shofiiylik mazhabi.
  • Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet64/132
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #139490
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   132
    Bog'liq
    Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

    Molikiylik mazhabi. Imom Molikning to‘liq ismi Molik ibn Anas ibn Molik 
    ibn Abi Omir al-Asbahiydir. Katta bobosi Abu Omir buyuk sahobiy bo‘lib, 
    Payg‘ambar (a.s.) bilan doimo birga bo‘lgan. Ba’zi rivoyatlarga qaraganda, u tobiiy 
    muxdaram (ya’ni, sahobalar davrida yashagan, lekin ularning birortasi bilan 
    uchrashmagan) edi. Kichik bobolari Molik tobi’iylarning ulug‘ ulamolaridan 
    bo‘lgan. 
    Imom Molik 93/711-2 yili Madinada tug‘ilgan. Madina ulamolaridan ilm 
    olgan. Ilk ustozi Abdurahmon ibn Hormuz bo‘lib, u bilan juda uzoq vaqt birga 


    104 
    bo‘lgan, shu orada boshqa olimlardan ham tahsil olgan. Bundan tashqari ulug‘ 
    sahobiy Abdulloh ibn Umar xizmatida bo‘lgan Nofe’dan va Muhammad Ibn Shihob 
    az-Zuhriydan ham ilm olgan. Molik o‘n yetti yoshga yetganda hadis va fiqh ilmlari 
    bo‘yicha mudarrislik mansabiga tayinlandi. Shundan keyin uning nomi hamma 
    tarafga ovoza bo‘lib, shuhrati keng tarqaladi. Oqibatda odamlar undan ilm olishga 
    har tarafdan kela boshladilar. Ilm talab qilib kelganlar eshiklarining oldida izdihom 
    bo‘lib, hatto bir-birlari bilan urishib ketar edilar. Imom Molik odamlarga yetmish yil 
    chamasida fatvo berdilar va ilm o‘rgatdilar. Imom Molik hadislarni saralab 
    «Muvatto» («Ommalashtirilgan») kitobini yozdi.
    Molikiya mazhabi ko‘proq Misr, Sudan, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash, 
    Mavritaniya, Kuvayt, Bahraynda tarqalgan. 
    Shofiiylik mazhabi. Imom Shofiiy «Ahli sunna val jamoa»ning Shofiiya 
    mazhabi asoschisi bo‘lib, to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos 
    ibn Usmon ibn Shofi’ al-Hoshimiy al-Muttalibiy. U 150/767 yilda Falastin diyorida 
    tavallud topgan. Uning nasabi Payg‘ambar (a.s.)ning ulug‘ bobolari Abdumanofga 
    borib taqaladi. 
    Muhammad ibn Idris yoshlik chog‘idayoq Qur’oni karimni yod olgan. U ilm 
    istab onasi bilan ota-bobolari yurti Makkaga kelgan. U yerda Makka muftisi Muslim 
    ibn Xolid Zanjiydan dars oldi. Muhammad ibn Idris 15 yoshida diniy ilmlarni 
    mukammal egalladi. Shundan so‘ng ustozlari unga fatvo berishga ruxsat berdilar.
    Imom Shofiiy Madinaga Imom Molik ibn Anas huzuriga ilm olish maqsadida 
    boradi va uning «Muvatto» kitobini yod oladi. U Molik ibn Anas, Sufyon ibn 
    Uyayna, Fudayl ibn Iyod, amakisi Muhammad ibn Shofiiy va boshqalardan hadis 
    ilmini o‘rgandi.
    Imom Shofiiy 184/800 yilda shia mazhabini qabul qilgan deb ayblanib, Iroqqa 
    surgun qilindi. Keyinchalik Horun ar-Rashid bu ishning tuhmat sababli bo‘lganini 
    bilib, Imom Shofiiyga belgilangan surgunni bekor qildi va uning o‘z faoliyatini 
    davom ettirishiga ruxsat berdi. 
    Iroqda Imom Shofiiy Abu Hanifaning shogirdlaridan Imom Muhammad ash-
    Shayboniy va boshqa Iroq faqihlari bilan uchrashib, ular bilan ilmiy munozaralar 
    o‘tkazdi.
    U 199/814-5 yili Misrga kelib, u yerda o‘z ilmiy faoliyatini davom ettirdi.
    Misrda Imom Shofiiy Hijoz va Iroq faqih va muhaddislaridan eshitmagan 
    hadis, fatvolardan xabardor bo‘ldi, shu sababli ko‘plab masalalarda uning ijtihodiy 
    qarashlari o‘zgardi. U bu yerda o‘z mazhabining asosini tashkil qilgan «al-Umm» 
    asarini yozdi. 
    Imom Shofiiy 204/819-20 yili Misrda vafot etdi. U o‘z davrida sanoqsiz 
    shogirdlar yetishtirdi. Ulardan Ismoil ibn Yahyo al-Muzaniy, Abu Ya’qub Yusuf ibn 
    Yahyo al-Buvaytiylarning nomlarini qayd etish o‘rinli.
    Shofiiya mazhabi asosan Suriya, Livan, Falastin, Iordaniya, Saudiya 
    Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaman, Misr, Somali, Komor orollari, 
    Maldiv, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Bruney sultonligida tarqalgan. 

    Download 1,47 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   132




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish