Hanafiy mazhabining O‘rta Osiyoga tarqalishi




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

3. Hanafiy mazhabining O‘rta Osiyoga tarqalishi 
1. Movarounnahrda hanafiy mazhabining tarqalishi 
Abu Hanifa asos solgan mazhab sakkizinchi asr o‘rtalarida, uning hayotlik 
chog‘idanoqtarqala boshlab, shu asrning oxirlarida uzoq-yaqin o‘lkalar, jumladan, 
Movarounnahrga yetib kelgan edi. 
Muhammad ibn Hasan Shayboniyning mumtoz shogirdlaridan biri bo‘lmish 
Abuhafs Ahmad ibn Hafs al-Kabiyr al-Buxoriy (v. 832 y.) birinchi bo‘lib, IX asr 
boshlarida ushbu mazhab ta’limotining haqiqiy tashuvchisi sifatida o‘z vataniga 
qaytib keldi. Buxoro shahrini hanafiylikning muhim markazlaridan biriga aylantirdi. 
Uning tarbiyasi ostida bir guruh faqixlar, jumladan, o‘z davrida Hanafiy 
mazhabining shayxi va salohiyatli vakili bo‘lgan uning o‘g‘li Abuhafs Sag‘iyr 
Muhammad ibn Ahmad ibn Hafs yuksak darajali faqih martabasiga yetgandi. 
Abuhafs Kabiyrning zamondoshi, hadis ilmining buyuk imomi Muhammad 
ibn Ismoil Buxoriy (v.256 h./870m.) «Al-Jomi’ as-sahih» kitobi va «Fiqhul-
Buxoriy» deb atalgan o‘ziga xos fiqhiy yo‘nalishi bilan ushbu fan rivojiga katta hissa 
qo‘shgan edi. 
Buxorolik faqihlar o‘sha davrdan boshlab ham usulul-fiqh va ham furu’ul-fiqh 
bo‘yicha muhim va e’tiborga loyiq asar-lar yozib keldilar. Ibn Xaldun «Al-
Muqaddima»da ta’kidla-shicha, Abuzayd Dabusiy ushbu mavzuda yozgan kitob eng 
muhim asarlardan biri hisoblanadi. 
Shuningdek, keyinroq Sadrush-sharia Ikkinchi Ubaydullo ibi Mas’ud yozgan 
"Tanqiyh ul-usul" nomli kitob va uning ustidan yozgan "at-Tavziyh" nomli sharhi 
katta e’tibor va ilmiy ahamiyat kasb etib kelgan. 
Movarounnahrda fiqh ilmining ravnaqi. Movarounnahrda fiqhning rivojida 
iroklik faqixlar, ayniqsa, Abu Bakr al-Jassos (v. 981 y.), shuningdek, Xurosonning 
muhim ilmiy markazlaridan bo‘lmish Jo‘zjon, Balx va Taxor olimlari — qozi 
Shaddod ibn Hukaym-Balxiy, Abu-homid Balxiy, Abul-Muayyid Balxiy, Abu 
Sulaymon Jo‘zjoniy, uning shogirdi Abu Bakr Ahmad al-Jo‘zjoniy (Abu Man-sur 
Moturidiyning ustozi) va yana bir shogirdi Muhammad ibn Salama Abu Abdullo 
Balxiy va boshqalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri . yoki bilvosita ta’sir o‘tkazib kelganlar. 
Davlat 
hokimiyati 
Qoraxoniylar 
(999-1212)ga 
o‘tgandan 
keyin 
Movarounnahrda fiqh ilmining rivoji va takomili uchun ta’sirchan omillar yuzaga 
kela boshladi.
Birinchi omil.
Qoraxoniylar davlati qaror topishi natijasida «Movarounnahrning Xuroson 
bilan aloqalari zaiflashib, oyoqqa turgan mahalliy maktablarning mustaqil 
rivojlanishiga asos yaratildi. Markaziy shaharlarda avtonom boshqaruvning kuchay-
ishi ulamo guruhlari ta’sir doirasining kengayishiga olib keldi. Bu bilan fiqh 
normalarini hayotga tatbiq etishga real sharoit yaratildi. Buxoro va Samarqand 
haqiqiy ilm markaz-lariga aylantirildi. Bu shaharlarda Nasaf, Marv, Farg‘ona 
faqihlari ham faoliyat ko‘rsatdilar. 
O‘rta Osiyoda fiqhning rivoji uchun ikkinchi omil Qoraxoniy 
hukmdarlarining fiqq - islom huquqshunosligi va qonunlariga qiziqishi va huquqiy 
normalarning amaliy hayotga tatbiq etilishi edi. 


125 
Manbalarda ta’kidlanishicha, Qoraxoniylar davlati hukmdorlari, ayniqsa 
Ibrohim Mahmud Tamg‘ochxon diyonatli kishi bo‘lib, faqixlar fatvosini 
olmaguncha hech bir jinoyatchini jazolamas, molu mulkini musodara qilmas edi. U 
Bag‘dod xa-lifasi bilan yaxshi va do‘stona munosabatda bo‘lib, unga Imo-mud-
davla, Tojul-milla, Kahful-muslimin, Malikul-mashriqi vas-Sin Tamg‘och 
Bug‘roxon (davlat imomi, millat toji, musulmonlar panohi, sharqu Xitoy xoqoni) 
kabi unvonlar berilgan edi. 
Muhammad Avfiy «Lubobul-albob»da keltirishicha, Ibrohim Mahmud 
Tamg‘ochxon diniy olimlarga izzat va hurmat ko‘rsatib, islom qonun-qoidalariga 
jiddiy rioyat qilar ekan. O‘sha manbada aytilishicha, mazkur hukmdor xapq 
tinchligini saqlash, molu mulklarining daxlsizligini himoya qilishga katta e’tibor 
qaratib, jinoyatchilarni shafqatsizlik bilan jazo-lar ekan. Bir vaqt bezorilar 
Samarqand darvozasi devoriga «Biz piyoz kabimiz, boshimizni har qancha 
kessangiz ham yana o‘sib chiqaveramiz», deb yozib ketgan ekanlar. 
Bu voqeadan xabar topgan Tamg‘ochxon o‘sha joyga «Men ham dehqon kabi 
siz qayerdan bosh ko‘tarsangiz, o‘sha yerdan tag-tugingiz bilan qo‘porib 
tashlayman», deb yozdirib qo‘ygan ekan. 
Uchinchi omil, davlat va aholi himoyasi ostida mahalliy maktablar asta-sekin 
o‘sib, rivojlanib, katta ilmiy mad-rasalar darajasiga ko‘tarilishi bo‘lgan. Soni kun 
sayin oshib borayotgan madrasalarning katta xarajatlari vaqf mulklaridan tushgan 
daromadlar bilan ta’minlanardi. Davlat ar-boblari, xayr-ehson egalari saroylar, 
do‘konlar va hammomlar qurib, ularni va ba’zan o‘z yerlarini madrasalarga vaqf 
qilardilar. Mudarrislar, mutavallilar va tolibul-ilmlar-ning maoshlari ushbu 
mulklardan keladigan daromaddan to‘lanardi. Masalan, Ibrohim Tamg‘ochxon 
tomonidan yozilgan vaqfnomada belgilanganidek, Samarqand madrasasi mutaval-
lisi (idora qiluvchisi)ning bir yillik maoshi 2000 dirham, fiqq mudarrisi maoshi 3600 
dirham, adabiyot fanlari mudarrisi maoshi 1200 dirham, Qur’oni karim mudarrisi 
maoshi 1200 dirham va toliblar maoshi 360 dirham bo‘lgan. O‘sha davrning narx-
navosiga ko‘ra, bir mudarrisning bir oylik maoshi bilan 150-200 dona yopilgan non, 
2-3 ta qo‘y sotib olish mumkin bo‘lgan. (Dirham: zarb urilgan va muomalada 
bo‘lgan kumush tanga). 
O‘sha davrdan qolgan Buxoro Jome’ masjidi, Minorai kalon va boshqa bir 
qator me’moriy obidalar, aytib o‘tilgan rivojlanishning moddiy guvohlari 
hisoblanadi. 
Turk tadqiqotchi olimlari chiqargan xulosalarga ko‘ra, mazkur davrda 300 ga 
yaqin faqih mavjud bo‘lib, 150 dan ko‘proq fiqxiy (huquqiy) asarlar, 20 ta fatovo 
(fatvolar majmualari) yozilib, ulardan 98 foizi Hanafiy mazhabiga tegishli bo‘lgan 
ekan. 
Afg‘onistonlik mashhur muarrix Mir G‘ulom Muhammad G‘ubor 
«Afg‘oniston tarix o‘zanida» nomli kitobida bergan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha 
davrda faqixlar nafaqat davlat ishlariga qatnashar, balki ba’zan elchilik vazifasini 
ham bajarar va muhim ishlarda ulardan maslahat olinardi, sud ishlari butunlay ularga 
topshirilgan bo‘lib, shahzodalar tarbiyasi bilan ham shug‘ullanardilar. 


126 
G‘uborning fikri to‘g‘riligini tasdiqlab aytish mumkin-ki, Qoraxoniylar 
davridan tortib temuriylar davrigacha sud vazifalari mashhur faqixlarga topshirilgan 
bo‘lib, undan tashqari Burhonuddin Marg‘inoniy avlodlari, shayxul-islom-lik 
vazifasini ham hatto merosiy shaklda bajarib kelganlar. 
Ular ba’zan siyosiy ixtiloflarni hal qilish bo‘yicha ham fao-liyat olib borib, 
Mirzo Ulug‘bek va Mirzo Bobur homiylari sifatida sadoqat bilan xizmat qilganlar. 
Aytib o‘tilgan omillar, ayniqsa, davlat arboblari tomo-nidan ilm axliga 
ko‘rsatiladigan yuksak extirom, targ‘ibot va tashviqot, O‘rta Osiyoda faqixlar 
sonining ko‘payishi va Hana-fiy mazhabining rivojlanib yoyilishiga sabab bo‘lardi. 
Mo‘g‘ul-lar davridan keyin, Ashirbek Mo‘minov ta’kidlaganidek, Amir Temur 
(1370—1405) davrida islomga davlat dini maqo-mining qaytarilishi yangi ulamolar 
tabaqalarining shaklla-nishiga olib keldi. 
Abul-Fazl Qazviniy «Kitobun-naqz»da eslatib o‘tishicha, XII asrlarda 
Xuroson shaharlaridan tortib, O‘zgand, Samar-qand, Movarounnahr va 
Turkistonning barcha hududlarida ak-sariyat aholi Hanafiy mazhabida bo‘lgan. 
O‘sha davrda din olim-lari katta e’tibor va nufuzga ega bo‘lib, xayrixoxlar, o‘rni 
kelganda o‘z jonu mollarini ham ular uchun darig‘ tutmaganlar. 
XII-XIII asrlarda O‘rta Osiyoda faqixlar soni ko‘pligini alloma Qazviniy 
«Jaloluddin Munkabirniy (Manguberdi) siyrati» nomli Muhammad ibn Ahmad an-
Nasaviy asaridan olib bergan ma’lumotdan bilib olish mumkin. Unga ko‘ra bu-
xorolik «Oli Moza» (Moza oilasi)ning buyuk imomi va rais-laridan biri bo‘lmish 
Sadri jahon Burhonuddin Muhammad va uning avlodlari himoyasi ostida 6000 faqih 
hayot kechirib, ularning barchasi Hanafiy mazhabiga mansub bo‘lganlar. 
Ushbu oila mo‘g‘ul hujumidan keyin ham Hanafiy faqixla-rini o‘z himoyalari 
ostiga olib kelganlar. Misol uchun 674 (h.) yili 4000 faqih ular ko‘rsatgan 
yordamlardan foydalanar ekan-lar. Manbalarda ko‘rsatilishicha, Sadrus-sudur 
Burhonuddin Abdul Aziz ibn Umar Samarqand shahrida 30 ming qizil ol-tin (dinor) 
to‘lab, bir Hanafiy faqihning hayotini saqlab qolgan. 
Avfiy ushbu hodisani quyidagidek rivoyat qiladi: "Sa-marqand shaxriga 
boshqa bir diyordan bilim olish uchun kel-gan bir faqih katta jinoyatga qo‘l urgan 
edi. Samarqand pod-shosi uni ushlab jazolamoqchi bo‘lsa ham, mazkur odam olim, 
g‘arib (musofir) bo‘lgani uchun o‘ttiz darra urilib jazolan-sin, deydi. 
Sadri jahon podshohga bunday taklif bilan murojaat qiladi: Agar podshoh har 
bir darrani bir ming dinor qizil oltinga sotsalar, bir tomondan xazinaga yordam 
bo‘ladi, ayni holda musofir olimning izzat-obro‘yi saqlanib qoladi. 
So‘ngra u 30 ming dinor to‘lab, mazkur olimning obro‘yini saqlab qoladi. Bu 
voqea Movarounnahrda mashhurdir". 
Yuqorida berilgan qisqa ma’lumotlardan ko‘rinib turib-diki, Hanafiy mazhabi 
O‘rta Osiyo va Movarounnahr hududida keng ko‘lamda tarqalgan bo‘lib, ularning 
juda ko‘p yirik va salohiyatli vakillari va imomlari, ham e’tiqod sohasida, ham 
huquq sohalarida ushbu muhitda kamolot darajasiga yetib borganlar. Ular, Hanafiy 
mazhabining huquqiy va aqidaviy asoslarini tashkil etuvchi Abu Hanifa asarlari va 
uning iqtidorli shogirdlari Shayboniy, Abu Yusuf qalamiga man-sub «Zohirur-
rivoya» kitoblari, «Kitobul-xiroj» va boshqa fiqhiy asarlarga asoslangan holda 


127 
nihoyatda muhim huquqiy asarlar yaratib, mazhabning rivoji va gullab-yashnashiga 
hissa qo‘shib kelganlar. Masalan, O‘rta Osiyoning buyuk faqixlari-dan sakkiztasi 
«al-Mabsut» nomi bilan fiqh ilmi sohasida ilmiy asarlar yozgan. Ulardan faxrul-
islom al-Bazdaviy Mab-suti 11 jildlik, shayxul-islom Muhammad ibn Husayn al-
Buxoriy al-Hanafiy Mabsuti 15 jildlik, Shamsul-aimma as-Saraxsiy Mabsuti 15 
jildlik bo‘lgan. 
Rivoyatlarga ko‘ra, o‘sha davrda Damashq shahrining taniqli va mashhur 
amirlaridan biri shariat ilmlarini o‘rganish uchun Buxoro shaxriga kelib, o‘sha yerda 
istiqomat qilgan va 809 yilda ushbu shaharda hayotdan ko‘z yumgan ekan. 
Burhonuddin Marg‘inoniy va uning Hanafiy mazhabi rivojiga qo‘shgan 
hissasi. O‘rta osiyolik faqixlarning har biri o‘z ilmiy uslubi va yashagan davri 
sharoitiga qarab islom huquqi, ayniqsa, hanafiy mazhabi rivoji yo‘lida unutilmas 
xizmatlar qilib, o‘zla-ridan barhayot asarlar qoldirganlar. Ular orasida imom Mar-
g‘inoniy yozgan qimmatli huquqiy kodeks "Al-Hidoya" o‘z ix-; chamligi, 
mukammalligi, hanafiy mazhabini boshqa sunniy-/ lik mazhablari bilan qiyosiy 
uslubda o‘rganib, har tomonlama yoritganligi uchun o‘ziga xos katta nazariy va 
amaliy ahamiyat* kasb etadi.
"Al-Hidoya" kitobi 8 asrdan buyon hanafiy mazhabi bo‘yi| cha eng muhim va 
mo‘tabar qo‘llanma sifatida barcha musulmon mamlakatlari madrasalari va islomiy 
oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilib kelinmoqtsa. Uning matni va qisqartmalari ustidan 
mashhur faqixlar tomonidan 60 dan ortiq sharhlar va hoshiya-lar yozilib, ushbu 
mazhabning tarqalishi yo‘lida ta’sirchan omil sifatida xizmat qilib kelgani hammaga 
ma’lum. 
Shuningdek, "Al-Hidoya"ning fors, ingliz va rus tilla-riga tarjima qilinib
g‘arb olimlari uchun ham mazhabimiz-ni o‘rganishda ahamiyatli manba sifatida 
qo‘llanilayotgani biz-ni quvontiradi. 
Aytib o‘tilgan nuqtai nazarlardan kelib chiqib, kitobi-mizning ikkinchi bobini 
biz imom Marg‘inoniy va uning shoh asari "Al-Hidoya"ni o‘rganishga bag‘ishladik. 
Imom Burhonuddin Abul-Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al-Farg‘oniy 
al-Marg‘inoniy 1123 yil hozirgi Marg‘ilon yaqinida Rishton tumanida tug‘ilib, 1197 
yil Sa-marqandsa olamdan o‘tgan. 
Marg‘inoniy o‘z oilasi tarbiyasida o‘sib, eng mashhur va iqgidorli olimlardan 
dars olib, yuksak iste’dodi va izchil faoliyati tufayli Hanafiy mazhabi bo‘yicha 
buyuk faqih va mujtahid darajasiga ko‘tarildi, shayxul-islom laqabiga sa-zovor 
bo‘ldi. 
«Hidoya» muallifi nihoyatda muhim va munozarali masala-larni yoritmoqchi 
bo‘lganda sahobalar, mazhablar asoschilari, buyuk faqihlar ismlari, jo‘g‘rofiy va 
tarixiy joylar, turli toifa va qabilalar nomlarini zikr etadi. Abdulhay Lakna-viy o‘z 
muqaddimasida "Hidoya"ning birinchi qismida zikr etilgan sahobalar va tobiin 
ismlari 50 dan ko‘proq, toifa va urug‘lar nomlari 12 ta, jo‘g‘rofiy va tarixiy joylar 
nomi 55 ta ekanligini ko‘rsatib, ularning har biri haqida qisqacha ma’lumot berib 
o‘tgan. U Marg‘inoniy asarida kelgan 90 dan ortiq buyuk faqihlar, imomlar, 
mujtahidlar, jumladan, mashhur sahobalar va muhaddislar ismlarini hamda ularga 


128 
te-gishli bo‘lgan ma’lumotlarni zikr etadi. Bunga binoan, «Hidoya» muallifining ishi 
qanchalik og‘ir va keng qamrovli ekanligini tushunish qiyin emas. 
Burhonuddin Marg‘inoniy «Hidoya» kitobini yozishda o‘zi-ga xos uslub 
yaratdi. Uning har bir iborasi nihoyatda qisqa va muxtasar, fiqhiy hukmlarni 
ifodalovchi jumlalarning har biri bir umumiy qoida shaklida beriladi. Uning iboralari 
mo‘jaz, ya’ni qisqa va sermazmun, so‘zlari tarkibi puxta, nuq-sonsiz bo‘lib, 
sun’iyliqdan uzoq. U ko‘p zarurat sezmasa, si-nonim so‘zlardan foydalanmaydi. 
Hashv va zavoidni (kerak bo‘lmagan ortiqcha so‘zlarni) ishlatmaydi. Uning yozish 
uslubi «saxli mumtani’» (oson, sodda, lekin uningdek qilib yozish mumkin emas. 
Marg‘inoniy fiqhiy nuqgai nazardan, huquqiy masalalarni izoxlash 
jarayonida, ularning mashru (ravo, qonuniy) yoki nomashru’ (noravo, 
g‘ayriqonuniy) ekanligini naqliy da-lillardan keyin, akliy dalillar bilan yoritib o‘tadi. 
Ushbu nuqgai nazardan "Hidoya"ni islom huquqi falsafasi va keyin-gi davrlarda 
keng rivojlangan "huquq falsafasi" fanining manbalaridan biri deb qabul qilsak, 
to‘g‘ri xulosa chiqargan bo‘lamiz. 
Shunday qilib, Burhonuddin Marg‘inoniy yozgan to‘rt jil-dlik «Al-Hidoya» 
kitobi sunniylik oqimida hanafiy mazha-bi bo‘yicha bir muhim va mukammal 
huquqiy kodeks sifatida 55 dan ortiq kitob, yuzlab bobu fasldan tarkib topgan bo‘lib, 
meros huquqidan tashqari, islom huquqining barcha sohalari-ni qamrab oladi. 
Hanafiy mazhabi rivojida o‘rta osiyo faqihlarining roli va hissasi. O‘rta 
Osiyoda muxarrijlar, as'hobut-tarjih va taqlid davr-lariga tegishli bo‘lgan yuzlab 
asarlar va ularning muallifla-ri haqida so‘z yuritish keng qamrovli ilmiy-tadqiqot 
ishlari-ni talab qiladi. Biz kitobning bu qismida O‘rta Osiyo, ayniq-sa, O‘zbekiston 
hududida Hanafiy mazhabining buyuk vakillari sifatida tan olinib, o‘z ilmiy 
faoliyatlari bilan dong tarat-gan mashhur faqihlardan ayrimlarini tanitib o‘tamiz. 
1. Marv faqihlari 
Abdullo ibn Muborak Ibn Muborak Abu Abdurrahmon Marvaziy (118—181 
h.) ning asl vatani Marv shahri bo‘lib, Laknaviy ta’kidlashicha, ona-si Xorazmlik va 
otasi turkiylardan bo‘lgan.
Ibn Muborak ko‘p kitoblar muallifi edi. Imomlar va buyuk olimlar uning 
haqida ajoyib so‘zlar aytib, oliy xislatlari va ilmiy maqomini tavsif etganlar. Ibn 
Uyayna uning haqida: "Men sahobalarni ko‘zdan kechirib o‘tdim, ularda 
Payg‘ambar (s.a.v.) bilan suhbatlashib g‘azovotga qatnashganlaridan boshqa Ibn 
Muborakka nisbatan ustun turadigan biror ortiqcha fa-zilat ko‘rmadim", degan 
ekan249. 
Ibn Muborak Imomi A’zam Abu Hanifaning eng sami-miy do‘sti va shogirdi 
sifatida uning ishonchiga sazovor bo‘lib kelgan va har joyda uning homiysi bo‘lgan. 
Masalan, Abdur-rahmon Avzo’iyga uni tanitgan, ra’y va qiyos bo‘yicha uning 
qarashlari va chiqargan xulosalari to‘g‘riligini ko‘rsatib be-rib, ularni bir-biriga 
yaqinlashtirib, uchrashuvlarini ta’-minlagan. 
Ibn Hajar Asqaloniy Yahyo Andalusiydan shunday rivoyat qiladi: Molik bilan 
bir majlisda o‘tirganimizda, Ibn Mu-borak kirishi uchun ruxsat so‘ralganda ruxsat 
berildi. O‘shanda men imom Molikni ko‘rdimki, uning (Ibn Muborak) uchun 


129 
o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi, so‘ngra u uni o‘tirg‘izdi. Men imom Molikning undan 
boshqa hech bir kishi uchun o‘rnidan turgani-ni ko‘rmagan edim. 
Barcha olimlar guvohligicha, u eng ishonarli olim, faqih, muhaddis, ayni 
holda shijoat va sahovat egasi ham edi, bi-rinchilardan bo‘lib hadislarni to‘pladi, Ibn 
Junayd ibn Maindan rivoyat qilishicha, u kitoblarida minglab hadisni rivoyat qilgan. 
Ibn Is'hoq Fazoriy Ibn Muborakni Imamul-muslimin (musulmonlarning imomi) deb 
atagan edi.
Abu Maryam Marvaziy 
Abu-isma Nuh bin Maryam Yazid ibn Jauna al-Marvaziy mashhur Hanafiy 
olimlaridan edi. Ibn Qutlubg‘o yozishicha, u birinchi bo‘lib Abu Hanifa fiqhini 
to‘plagani uchun "Al-Jome’" (to‘plovchi) laqabi bilan atalgan. Ba’zilar fikricha, 
uning bu laqabni olishiga sabab barcha ilmlarni jamlashtirga-ni bo‘lgan. Uning to‘rt 
xil majlisi bo‘lgan, bir majlis asar-lar (hadislar) uchun, bir majlis Abu Hanifadan 
rivoyat qilingan so‘zlar uchun, bir majlis nahv (grammatika) uchun, bir majlis 
she’riyat uchun bo‘lib o‘tar ekan251. 
Abu Maryam Zuhriy, Muqotil ibn Hayyondan rivoyat qilgan. U Abu Ja’far 
Mansur Abbosiy davrida Marv shahri qozisi bo‘lgan va 173 h. yili vafot etgan. 
2. Buxoro faqihlari 
Abuhafs Kabiyr al-Buxoriy 
Abuhafs Kabiyr Ahmad ibn Hafs al-Buxoriy Bag‘dodga bo-rib, u yerda imom 
Muhammad bilan uchrashadi va undan dars ola boshlaydi. Hanafiy mazhabi fiqhini 
o‘zlashtirib, boshqa diniy ilmlarda kamol darajasiga yetgandan keyin ona shahri 
Buxoroga qaytib keladi. Bu yerda u bir necha masjid va madra-salar qurib, tolibi 
ilmlarga dars o‘tib, odamlarda paydo bo‘lgan turli savollar va masalalarning 
javoblarini aytib beradi. 
Abu Hafs, hanafiy mazhabi ta’limotlarini birinchi bo‘lib Movarounnahrga 
olib keldi. Uning qo‘lida ko‘pgina faqihlar va olimlar yetishib chiqtsi. Hatto 
tarixchilarning ta’kidlashlaricha, Buxoroda ilmning tarqalishiga, imom va ulamolar-
ning hurmat topishiga sababchi bo‘lgan kishi Abuhafs Kabiyr bo‘lgan. 
Sam’oniyning aytishicha, Abuhafs ko‘pgina faqihlarni tarbiyalab kamolga 
yetishtirgan. Ular Xarojir degan qishloqtsa bo‘lishgan ekan. 
Abuhafs Kabiyr hanafiy mazhabi fiqqining Movaroun-nahrda tarqalishida 
jonbozlik ko‘rsatgan bo‘lsa, uning oila-si, xususan, o‘g‘li Abdulloning bu borada 
xizmati buyuk bo‘lgan. Shuning uchun ham uni Abuhafs Sag‘iyr, ya’ni kichik 
Abuhafs deb atashgan. 
Abuhafs Kabiyrning shuxrati butun Buxoroga, qolaversa, butun islom 
olamiga tarqaladi. Hatto, arab diyori olimlari biror masalaning javobini topishda 
qiynalib qolishsa, Buxoroga Abuhafs Kabiyrning oldiga bir kishini yuborib, o‘sha 
masalaning yechimini bilib olishar ekan. 
Narshaxiyning aytishicha, hojilar karvoni kelayotganida, karvondan bir kishi 
Abuhafsning yoniga kelib, undan masala so‘ragan ekan. Abuhafs hayratlanib: 
"O‘zing-ku Iroqtsan ke-lyapsan, nima uchun Iroq olimlaridan so‘ramading?" — deb 
so‘rasa, u kishi esa: "Bu masalada Iroq olimlari bilan muno-zara qildim, lekin ular 
javob bera olmadilar va menga Bu-xoroga borib, bu masalani Abuhafsdan yoki 


130 
uning farzandi-dan so‘ragin, ular senga bu masalaning javobini aytishadi deyishdi", 
— deb javob beradi253. 
Olimlar uning ilmu fazlini baholab, uni "muallimi is-lom", ya’ni islom 
dinining muallimi, uning sharofati bi-lan Buxoroni "Qubbatul islom", ya’ni islom 
dini gumbazi va u kishi yashaydigan mahalla darvozasini "Haqroh", ya’ni haq yo‘l 
deb atashgan ekan. 
Alouddin Samarqandiy 
O‘rta Osiyoda Hanafiylarning buyuk imomlaridan biri Alouddin Muhammad 
ibn Ahmad Samarqandiy (v. 1145 y.) fiqh ilmini Abul-Muin Maymun Makhuliy va 
Sadrul-islom Abul-yusr Bazdaviydan o‘rganib, o‘z davrining buyuk allomasi sifa-
tida tan olingan va hanafiy huquqshunosligi taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan. U 
yozgan «Tuhfatul-fuqaho» ("Faqihlar tuhfasi") nomli kitob Hanafiy fiqhi bo‘yicha 
katta e’ti-borga ega bo‘lib, uning ustidan sharhlar yozilgan. U, o‘z qizi Fotimani 
yoshligidanoq tarbiyalab, iste’dodli faqih va olim darajasiga yetkazgan edi. 
Manbalarda yozilishicha, Fotima fatvo berish vakolatiga ega bo‘lib, ushbu sohada 
otasi bilan ham-korlik qilib kelgan. Alouddin Samarqandiyning shogirdi va kuyovi, 
Qoraxoniylar davrining buyuk faqihi imom Abu Bakr ibn Mas’ud al-Kosoniy o‘z 
ustozining «Tuhfatul-fuqaho» kitobi ustidan «Badoi’us-sanoi’ fi tartibish-sharoi’» 
nom-li uch jiddlik sharh yozib, o‘z ustoziga taqdim etgan. Hoji Xa-lifa rivoyatiga 
ko‘ra, uning sharhi ustozga manzur bo‘lib, o‘zi-ning chiroyli qizi Fotimani unga 
nikoxlab bergan. O‘shanda xalq ichida «Sharaha tuhfatahu va tazavvaja ibnatahu», 
ya’ni "Tuhfa" kitobini sharhlab qizini odsi degan so‘z yuritilgan. 
Alouddin Samarqandiy fiqh ilmidan tashqari kalom ilmi bo‘yicha ham 
Hanafiy mazhabining yirik vakillaridan biri sifatida imom Abu Mansur 
Moturidiyning izdoshi va ta’-limotining tarqatuvchisi bo‘lgan. Hoji Xalifa 
yozishicha, u imomning "Ta’vilot" kitobini sakkiz jildda jamlagan. 
Fotima binti Alouddin 
Abdulhay Laknaviy «Al-Favoid»da yozishicha, Fotima ota-si Alouddin 
Samarqandiyning «Tuhfatul fuqaho» kitobini yoddan bilgan, otasiga fatvo 
chiqarishda yordam berib, fatvo-lar har ikkalasining ijozati bilan chiqqan. Abu Bakr 
Koso-niyga turmushga chiqqandan keyin fatvolar har uchchalasining muhri bilan 
chiqarilgan. Ba’zan eri Abu Bakr xatoga yo‘l qo‘yganda Fotima uning xatosini 
to‘g‘rilab kelgan269. 
Tabaqotda yozilishicha Ibnul-Adimning otasi unga Foti-ma haqida 
quyidagidek ma’lumot bergan ekan: «U, mazhabni yangicha naql qilar ekan, fatvo 
birinchi uning ijozati bilan chiqar, keyin otasining ijozati bilan. Haloviya 
(Hoviya)dagi faqixlardan biri Dovud ibn Ali aytishicha ramazon oyida faqixdarga 
fitr sadaqasini berishni birinchi marta Foti-ma joriy qilgan". 
Ayrim manbalarda aytilishicha, Fotima o‘z eri Abu Bakr ibn Mas’ud Kosoniy 
bilan ba’zi sabablarga ko‘ra, bir mud-dat Halab diyorida istiqomat qilganlar. 
U erini Halabdan ketishga undagan. Buni eshitgan Nurid-din Mahmud Zankiy 
Kosoniyni chaqirib, uni qolishga ko‘ndi-radi. Nimaga ketmoqchi ekanligining 
sababini so‘raganda, u ustozining qiziga xilof ish qila olmasligini aytadi. Keyin 
Nuriddin Mahmud u bilan maslahatlashib, Fotimaga bir ayolni yuborib uni 


131 
ko‘ndiradi va ular umrlarining oxirigacha Halabda qolib, Hanafiy fiqhini tarqatish 
bilan shug‘ullanadilar 
Kosoniy 587 yil rajab oyining uchinchi kuni vafot etib, xotini Alouddin qizi 
Fotima yonida "Zoxiri Halab"da maqo-mi Ibrohim Xalilning ichida dafn etilgan. 
Shunday qilib, o‘zbek qizi Fotima islom dunyosida o‘z buyuk iste’dodi va 
fiqh ilmi bo‘yicha yuksak salohiyati bilan mum-toz va misli kam bo‘lgan faqih ayol 
sifatida dong taratgan. 
Abullays Samarqandiy 
Abullays Nasr ibn Muhammad as-Samarqandiy Samarqandning zabardast 
olimlaridan biri edi. U " Al-Faqih" laqabi bilan ham mashhur bo‘lgan. Bu laqabni 
olishi to‘g‘risida ushbu hodisa keltiriladi: 
Abullays Samarqandiy "Tanbeh ul-g‘ofilin" kitobini yozib bo‘lganidan keyin 
o‘z kitobini olib Payg‘ambarimizning rav-zalari — qabrlariga kelib shu yerda tunab 
qoladi. Kechasi tu-shida Payg‘ambarimiz unga o‘sha kitobni ko‘rsatib "Kitobing-ni 
olgin, ey faqih!", deb marhamat qilayotganini ko‘radi. Mana shundan keyin 
Abullays Samarqandiy ushbu laqabni tabarruk deb yurar ekan. 
U shuningdek, "Imomulhudo" laqabi bilan ham mashhur bo‘lgan. Bu laqab 
bilan Abu Mansur Moturidiy ham tanil-gan edi. 
Uning tug‘ilgan yili haqida aniq ma’lumot yo‘q. Vafoti-ning tarixi haqida ham 
ko‘rsatilgan sanalar farqlidir. 
Abullays Samarqandiy birinchidan o‘z otasi Muhammad ibn Ibrohimdan dars 
olgan. Uning ustozlari: Abu Ja’far al-Hinduvoniy, Al-Xalil ibn Ahmad as-Sajaziy, 
Muhammad ibn al-Fazl al-Balxiy va boshqalardir. 
Uning shogirdlari: Luqmon ibn Hakim al-Farg‘oniy, Abu Molik Naim al-
Xatib, Muhammad ibn Abdurrahmon az-Zu-baydiy, Abu Saxl Ahmad ibn 
Muhammad, Abu Abdulloh al-Haddodiy va boshqalar bo‘lgan. 
Abullays o‘z davrida yetuk zabardast alloma, faqih, muhad-dis, mufassir, 
zohvd kishi bo‘lgan. U yozgan kitoblar uning turli ilmlarda mutaxassisligini va shu 
ilmlarda yuqori da-rajalarga erishganligini ko‘rsatadi. 
Abullays Samarqandiy o‘zining ko‘p qirrali shaxsiyati va ko‘p sonli ilmiy 
ijodi bilan zamondoshlaridan ajralib turgan. 
U tafsir ilmi bo‘yicha "Bahrul-ulum" kitobini, fiqq ilmi bo‘yicha "Xizonatul-
fiqh", "Uyunul-masoil", "al-Muqaddima", "an-Navozil", "Ta’sisun-nazoir", "al-
Mabsut", "an-Navodir ul-fiqhiyya", "Sharhul-jome’ al-kabiyr", "Sharhul-jome’ as-
sag‘iyr", "Muqaddima fi ba’zil-kaboir vas-sag‘oir", "Fato-vo" asarlarini, zohidlik va 
taqvo borasida "Tanbih ul-g‘ofi-lin", "Bustonul-orifin", "Qurratul-uyun va 
mufarrihul-qal-bil-mahzun", e’tiqod-kalom ilmi bo‘yicha "Usulud-din", "Bayon 
aqidatil-usul", "Asrorul-vahiy", "Risola fil-ma’rifa val-iymon", "Risola fil-hukm", 
"Quvvatun-nafs fi ma’rifatil-arkonil-xams" kitoblarini yozgan273. 
4. Farg‘ona faqihlari 
Shamsul-aimma Saraxsiy 
Muhammad ibn Ahmad ibn Abusahl Abu Bakr shamsul-aim-ma as-Saraxsiy 
O‘rta Osiyoda Hanafiy mazhabining yirik va-kili, fiqq, usulul-fiqh va kalom 
ilmlarining buyuk imomi sifatida o‘zidan unutilmas asarlar qoldirgan. U iste’dodli 


132 
munozarachi va iqgidorli alloma edi. Kamol Posho masala-larni yechish bo‘yicha 
uni mujtahidlar darajasida qo‘yadi. 
Saraxsiy buyuk faqih Abdulaziz Halvoniy xizmatida bo‘lib, ilmu fazlni undan 
o‘zlashtirib, o‘z davrining tengsiz alloma-siga aylangan edi. 
Mashhur faqihlar: Burhonul-aimma Abdulaziz ibn Umar ibn Moza, 
Muhammad ibn Ibrohim Hasiriy, Mahmud ibn Abdulaziz O‘zjandiy (O‘zgandiy), 
Ruknuddin Mas’ud va Us-mon al-Baykandiylar fiqxni undan o‘rganganlar. 
Imom Saraxsiy ayg‘oqchilar dushmanligi, shuningdek, amir-ga o‘git berib u 
chiqargan qaroriga qarshi turgani uchun hibsga olinib, O‘zgand shaxriga yuborildi. 
Manbalarda aytilishicha, o‘zining eng muhim kitobi «Al-Mabsut»ni zindonda imlo 
qil-di, ya’ni biron-bir manbaga murojaat qilmasdan shogirdla-riga yoddan aytib 
turardi va ular zindonning ustida turib uni yozib olardilar. Shuningdek, u Imom 
Muhammadning mu-him asari «as-Siyarul-kabiyr» sharhini «Bobush-shurut» qis-
migacha zindonda turib imlo qiladi, shundan keyin qo‘yib yuboriladi. Amir Hasan 
uni o‘z uyiga olib borishi bilan sho-girdlari yetib keldilar va imom mazkur sharhning 
oxirgi qis-mini amirning dahlizida ularga yoddan aytib yozdirdi275. 
Laknaviy ta’kidlashicha, Shamsul-aimma Saraxsiy Mova-rounnaxrning usul 
va furu’ni egallagan buyuk olimlaridan hisoblanadi. 
Uning eng muhim asari furu’ul-fikx bo‘yicha 15 jildda yozil-gan «al-Mabsut» 
kitobidir. Ushbu kitob Hanafiy mazhabi bo‘yi-cha bir mo‘tabar huquqiy manba 
sifatida barcha islom mamlakat-larida qullanib kelinmoqtsa. «al-Mabsut» kitobi Abu 
Abdullo Muhammad Hasan Ismoil ash-Shofi’iy yozgan sharhu tadqiqot bilan birga 
2001 yil Bayrutda 30 juz’da nashr etiddi. 
Saraxsiyning Xalqaro miqyosda shuhrat qozongan asari ol-dingi boblarda 
aytib o‘tganimizdek, Muhammad ibn Hasan Shayboniyning «as-Siyarul-kabiyr» 
kitobiga yozgan katga hajm-li sharhi hisoblanadi. Ma’lumki, Shayboniy Grotsiydan 
necha yuz yil muqaddam o‘zining o‘sha kitobi bilan xalqaro huquq aso-siy 
normalarini yoritib berib, ushbu mavzu bo‘yicha birinchi bo‘lib muhim ilmiy asar 
yozgan edi, lekin afsuski, uning bu kitobi bizgacha yetib kelmagan. «Islomda 
xalqaro huquq» kito-bida yozilishicha, ushbu muhim kitobning asl nusxasi mavjud 
bo‘lmasa ham, 4-hijriy asrda Turkistonning buyuk faqihlari-dan biri Saraxsiyning 
unga yozgan sharhi bugun mavjud. 
Saraxsiyning boshqa asarlaridan: 
1. "Usulul-fiqh" kitobi. Ibn Qutlubg‘o yozishicha, ushbu asar ikki qalin 
jilddan iborat.277 
2. «Muhammad ibn Hasanning "al-Jomi’ as-sag‘iyr» kito-biga sharh. 
3. Muhammad ibn Hasanning «al-Jomi’ al-kabiyr» kito-biga sharh. 
4. Xassofning «Adabul-koziy» nomli asariga sharh. 
5. «Ashrotus-so’a» («Qiyomat alomatlari haqida kitob»). 
6. Xassofning «Kitobun-Nafaqot» asariga sharh. 
7. «Al-Favoidul-fiqhiya» va boshqalar. 
Ibn Qutlubg‘o «al-Masolik»dan naql qilishicha, bir kuni u shug‘ullanib turgan 
davrada imom Shofi’iy uch yuz kuros (daf-tar)ni yoddan bilar ekan deb aytilganda, 
u: Shofi’iy men yoddan biladiganlarning zakotini yodlagan ekan», deydi. Hisob-dab 


133 
ko‘rsalar, u yoddan biladiganlari ikki ming kuros (daf-tar)ga yetib borar ekan (Tojut-
tarojim, 53-bet). Shuningdek, u Tohoviyning "al-Muxtasar" kitobiga sharh yozgan. 
Ba’zi manbalarda u Balx shahrida vafot etgan, deyilgan bo‘lsa-da, boshqa 
manbalar, jumladan, «al-Munjid fil-a’lom» da u umrining oxirigacha Farg‘onada 
yashab, eng to‘g‘ri rivoyatga binoan 490 h/Yu97 yil o‘sha yerda hayotdan ko‘z 
yumgan. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, asrlar davomida O‘rta Osiyo, alal xusus 
O‘zbekiston hududi Hanafiy mazhabining tarqa-lish va rivojlanish hududlaridan 
biriga aylanib, Movaro-unnahr faqihlari ushbu mazhabning salohiyatli vakillari va 
homiylari sifatida o‘z ilmiy-amaliy ijodlari bilan uning rivoji yo‘lida buyuk 
xizmatlar qylib kelganlar. 
Islom dunyosida birinchi bo‘lib fiqh ilmi bo‘yicha qiyosiy huquqshunoslik, 
ya’ni «ilmul-xilof»ga asos solgan Abuzayd Dabusiy o‘zining ushbu sohada yozgan 
kichik asari «Ta’sisun-nazar», shuningdek usulul-fiqh bo‘yicha yozgan kitoblari bi-
lan barcha»faqihlar va Ibn Xaldun kabi allomalarning diq-qatini o‘ziga tortib kelgan. 
Mashhur tadqiqotchi olim Hami-dullo «Usulul-fiqh tarixi» kitobida qayd etishicha 
andalusiyalik buyuk olim va orif Ibnul-arabiy Bag‘dod shah-riga kelganda uning 
asarlarni ko‘chirib olib, islom dunyosi-ning G‘arbiy mamlakatlariga eltib tarqatgan 
va Ibn Rushd hamda Ibn Najim o‘z huquqiy asarlarini yozishda Dabusiydan 
ilhomlangan. Shuningdek bir necha faqixlarimiz yozgan al-Mabsut ki-toblari, 
Moturidiy yozgan «al-Jadal» va «Ma’xazush-shar’», Qozixonning «Fatovoi 
Qozixon» kitobi, Saraxsiy, Bazda-viy va Sadrush-sharia Ikkinchining usul bo‘yicha 
yozgan kitobla-ri, Marg‘inoniy yozgan «al-Hidoya» islom xuquqshunosligi so-
hasida barhayot asarlar bo‘lib qolaveradi. 
XIII—XIV asrlarda yuz bergan urushlar va notinchliklar oqibatida juda ko‘p 
faqixlar Movarounnaxrdan ko‘chib, Qohi-ra, Halab, Damashq, Mavsil, Quniya, 
Basra, Qrim, Hojitar-xon va boshqa shaharlarda istiqomat qildilar va uzoq muddatli 
o‘z ilmiy faoliyatlari natijasida bu yerlarda fiqh ilmi va Hanafiy mazhabi 
taraqqiyotiga unutilmas hissa qo‘shdilar. Hatgo bu o‘lkadan Afg‘oniston va Hind 
yarim oroliga borib, dunyo-ning buyuk imperiyalaridan biri bo‘lmish Boburiylar 
saltana-tiga asos solgan Zahiriddin Muhammad Bobur va uning sulola-si ham 
Hanafiylikni o‘z himoyalari ostiga olib, uning ta’limoti asosida huk yuritganlar. 

Download 1,47 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Hanafiy mazhabining O‘rta Osiyoga tarqalishi

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish