Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

Mu’taziliylar. Ushbu ta’limot tarixi Hasan al-Basriyning (vaf. 110/728 y.) 
sobiq shogirdlari bo‘lgan Vosil ibn Ato (vaf. 131/748 y.) va Amr ibn Ubaydga (vaf. 
144/761 y.) borib taqaladi. Umaviy xalifa Hishom ibn Abdulmalik davrida ushbu 
ikki shogird Hasan al-Basriy davrasidan o‘zlarining «al-Manzila baynal 
manzilatayn» (arosat) mavzuidagi aqidalari bilan ajralib chiqadalar va «Mu’tazila» 
(ajralganlar) nomini oladilar. Mu’taziliylar Damashq va Bag‘dod xalifaligi hayotida 
VII-IX asrlarda muhim o‘rin tutganlar.
Mu’taziliylarning o‘zlari ham doim bir-biri bilan mubohasada bo‘luvchi bir 
necha guruhlarga bo‘linganlar. Ularning eng katta va kuchlisi Bag‘dod va Basra 
maktablari edi. Bag‘dod maktabi boshida Bishr ibn Mo‘tamar, Basra maktabi 
boshida esa Vosil ibn Ato turardi. Mazkur ikki maktab vakillari orasida kuchli 
bahslar bo‘lgan. 
Mu’taziliylar umaviylar davlatiga muxolif bo‘lib faoliyat olib borganlar. 
Zaydiylarga xayrixohliklari tufayli abbosiylar ham ularga dastlab salbiy 
munosabatda bo‘ldilar. Ayniqsa, Xorun ar-Rashid davrida ular katta ta’qib ostiga 
olinadilar. Lekin Ma’mun va undan keyingi ikki xalifa al-Mo‘tasim va al-Vosiq 
davrlarida (813-847) ahvol butunlay o‘zgarib, ular abbosiylarning suyukli 
peshvolariga aylanadilar va hatto ba’zi yirik davlat mansablariga ham sazovor 
bo‘ladilar. Lekin al-Mutavakkil hukmronligida (847-861) ular yana ta’qib ostiga 
olinadilar. Bu davrda Ma’mun davrida «Qur’on maxluqdir» degan aqidalarini 
ulamolarga majburlab singdirgan va Imom Ahmad ibn Hanbalni fitna bilan Ma’mun 
saroyida darra bilan jazolatgan Ibn Abu Dovud qatl qilingan. 


109 
Ular o‘zlarini «al-adliyun», «al-adliya», «ahl al-adl», «ahl al-adl vat-tavhid» 
kabi nomlar bilan ataganlar. Ularning bunday nomlanishiga besh asosiy 
tamoyillarining dastlabki ikkitasi sabab bo‘lgan. Mu’taziliyaning katta imomlaridan 
bo‘lgan Abul Huzayl al-Allof ( v. 227/841 yoki 235/849 y.) «Usul al-xamsa» («Besh 
asos») nomli asar yozib mu’taziliya ta’limotining asosini beshta tamoyilga bo‘lib 
chiqqan. Mazkur besh asosiy tamoyil quyidagilardir:
1. 
«al-Adl» (Allohning adolati) – ilohiy adolat insonning iroda erkinligini 
taqazo etadi. Alloh faqat yaxshilik (al-aslah) ijodkori bo‘lib, u umr davomida 
belgilab qo‘ygan narsalar tartibi buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi, ya’ni Alloh faqat 
yaxshi amallarni yaratgan. 
2. 
«Tavhid» (Allohning yagonaligi) – Allohning yagonaligini e’tirof etish, 
ko‘pxudolik va antropomorfizm, ya’ni Allohni odam qiyofasida tasavvur qilishni 
inkor etish. Bunda ular mujassama va mushabbahalarga qarshi turganlar. 
3. 
«al-Va’d val vaiyd» (va’da va jazolash) – mu’taziliylar bilan birga 
xorijiylar e’tirof etgan bu qoidaga ko‘ra, Alloh mo‘minlarga 
jannat, kofirlarga do‘zax va’da qilgan bo‘lsa, o‘z va’dasida turishi 
lozim, ya’ni Payg‘ambar (s.a.v.) shafoatlari-yu, Allohning «Rahmon», 
«Rahim»ligi ham yordam bermasligi kerak. Chunki inson xatti-harakati 
uchun to‘liq javob berishi lozim. Bunda ular osiy musulmonning shafoat bilan 
jannatga kirishini inkor etadilar. Ularning fikricha, agar osiy musulmon ham itoatkor 
musulmon ham birga jannatga kirsa Allohning adolatligi buziladi. 
4. 
«al-Manzila baynal manzilatayn» (Oraliq holatda qolish) – gunohi 
kabira qilgan musulmon mo‘minlar qatoridan chiqariladi (murjiiylar 
fikriga qarshi), lekin kofir bo‘lib qolmaydi (xorijiylar fikriga 
ko‘ra), balki oraliq hayotda bo‘ladi. 
5. 
«al-Amr bil ma’ruf van nahiy anil munkar» (Yaxshilikka chaqirish va 
yomonlikdan qaytarish) – barcha vositalar bilan (zo‘rlik qilib bo‘lsa ham – «qilich 
bilan») bu hukm bajarilishi lozim, ya’ni ular «al-Amr bil ma’ruf» deganda 
o‘zlarining e’tiqodiy qarashlarini, «an-Nahiy anil munkar» deganda o‘z e’tiqodiy 
qarashlaridan bosh tortganlarni nazarda tutganlar. 
Shuningdek, mu’taziliylar inson o‘z taqdirini o‘zi yaratadi, degan fikrlari 
uchun «qadariylar» deb ham nomlangan. Lekin ularning o‘zlari buni inkor etganlar. 
Mu’taziliylar ash’ariya va moturidiya kabi aqlni naqliy dalillardan keyinga 
emas, balki birinchi o‘ringa qo‘yganlar. Aql va fikrni asosiy manba qilib olib, unga 
to‘g‘ri kelmasa, hatto, oyat va hadislarni inobatga olmay, balki «nusus», ya’ni 
muqaddas manbalar – Qur’on va hadislarni aqlga bo‘ysundirmoqchi bo‘lganlar. 
Shuning uchun ham salaf ulamolari, ahli hadis ulamolari va moturidiya va ash’ariya 
vakillari mu’taziliyani tanqid qilganlar va ba’zi o‘rinlarda ularni hatto kufrda 
ayblaganlar. 
Qadariylar iroda erkinligini mutlaqlashtirib, inson barcha amallarini o‘z 
ixtiyori bilan qiladi, avvaldan taqdir belgilab qo‘yilmaydi, degan aqidani ilgari 
surdilar. Mu’taziliylar ham taqdir masalasida qadariylar deya ataldi. Ularga nisbatan 
ulamolar tomonidan: «Qadariylar ushbu ummatning majusiylaridir», degan hadis 
keltiriladi. Zero, taqdirga ishonish imonning 7 ta shartidan biri hisoblanadi. 


110 
Jabariylar esa insonning barcha qiladigan ishlari Alloh tomonidan avvaldan 
belgilab qo‘yiladi degan aqidani mutlaqlashtirdilar. Bu yo‘nalish qadariylardan 
ko‘ra kamroq tanqidga uchradi. Chunki ular taqdirni inkor etmadilar. Ammo bu 
insoniyatni taraqqiyotga intilishdan to‘xtatib qo‘yadigan aqida bo‘lgani sababli 
ulamolar bu fikrni ham to‘liq qo‘llab-quvvatlamadilar. 
Mushabbiha (o‘xshatuvchilar) yoxud ahlu-t-tashbih (o‘xshatish ahli) 
Allohning Qur’oni karimda kelgan sifatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z aqllari bilan 
talqin qila boshladilar. «Allohning «qo‘li» ularning qo‘llari uzradir» (Fath surasi, 
10), «Uning Kursiysi osmonlar va Yerni (ham) o‘z ichiga sig‘dira olur» (Baqra 
surasi, 255) kabi oyatlardagi «qo‘li», «kursiysi» so‘zlaridan Allohning ham inson 
kabi badan va a’zolari bor ekan, u ham inson kabi o‘tirish uchun kursiyga muhtoj 
ekan, deya xulosa chiqardilar. 
Yuqorida ko‘rib chiqilgan ma’lumotlardan xulosa qilib aytish mumkinki, 
islomning ilk davridagi bo‘linishlarning kelib chiqish sabablariga ko‘ra 5 ta yirik 
yo‘nalishga bo‘lish mumkin: 
1. 
Siyosiy masaladagi bo‘linish (xorijiylar, shialar, sunniylar). 
2. 
Imon masalasida (moturidiy, ash’ariy, mu’taziliy). 
3. 
Taqdir va iroda erkinligi (qadariylar va jabariylar). 
4. 
Allohning zoti va sifatlari masalasida (mu’taziliylar, tashbehiylar, 
sifatiylar). 
5. 
Fiqhiy masalalardagi bo‘linish (hanafiylar, molikiylar, shofiiylar, 
hanbaliylar, zaydiylar, ja’fariylar va h.k.z.). 

Download 1,47 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish