Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

Hanbaliylik mazhabi. Hanbaliya mazhabining asoschisi Abu Abdulloh 
Ahmad ibn Hanbal ibn Hilol ibn Asad ash-Shayboniy 164/780 yili Bag‘dod shahrida 


105 
tug‘ilgan. Uning oilasi Marvdan Bag‘dodga ko‘chib kelayotgan vaqtda onasi 
homilador bo‘lganligi sababli Imom Ahmad Marvda tug‘ilgan degan fikrlar ham 
manbalarda zikr qilingan. O‘g‘li Solihning rivoyat qilgan shajarasiga qaraganda 
ajdodlari Rasulullohning bobolaridan bo‘lmish Nizor ibn Maod bilan birlashib
hazrat Ismoilga borib yetishi haqida manbalarda xabarlar kelgan. Bobosi Hanbal ibn 
Hilol Umaviylar davrida Saraxs voliyligi lavozimini egallagan va abbosiylar 
sulolasining taxtga kelishida katta xizmat qilgan. 
Ahmad ibn Hanbal faoliyatining eng yuksak davri an’anaviy 
ilohiyotshunoslik bilan mu’taziliya orasidagi g‘oyaviy kurashning avjiga chiqqan 
(Qur’oni karimni maxluq, ya’ni yaratilgan degan aqidani xalqqa kuch bilan 
singdirish bilan bog‘liq «mihna» - «sinov») davriga to‘g‘ri keldi. 833 yildan boshlab 
Abbosiylardan bo‘lmish xalifalar Ma’mun, Mu’tasim va Vosiq zamonlarida 
ilohiyotshunos olimlar «sinov»dan o‘tkazilib, mavjud tuzumga xayrixoh yoki 
muxolif 
ekanligi 
tekshirilgan. 
Abbosiy 
xalifa 
Ma’mun 
(813-835) 
hukmronligiligining oxirgi yillarida mu’taziliya mazhabining kuchayishi natijasida 
ko‘pgina olimlar qatori Imom Ahmad ham quvg‘inga uchrab, 833-834 yillarda 
hibsga olindi. U qamoqda ikki yilu to‘rt oy tazyiq va qiynoq ostida hayot kechirdi. 
Qamoqdan ozod bo‘lgandan so‘ng, yana fatvo berish bilan shug‘ullandi va hadis 
ilmida o‘zining «al-Musnad» asarini yozdi. 
Ahmad ibn Hanbal 835 yil 31 mayda Bag‘dodda vafot etdi. U ikki xalifa – 
Ma’mun va Mu’tasim davrida Qur’oni Karim yaratilgan degan g‘oyadan bosh 
tortgan. «Islomni bid’atlardan qutqaruvchi» degan nomi tufayli uning atrofiga 
Bag‘dodning yirik an’anaviy ilohiyot tarafdorlari (ahl as-sunna) yig‘iladi. 
Keyinchalik Ahmad ibn Hanbal Hanbaliya mazhabining asoschisi sifatida tanildi. 
Hanbaliya mazhabi hozirgi kunda Saudiya Arabistoni, Qatar, Bahrayn kabi 
davlatlarda tarqalgan. 
Buyuk mujtahidlar davrida yuqorida zikr etilgan mujtahidlar nomi bilan 
bog‘liq asosiy sunniy huquqiy mazhablar paydo bo‘ldi va o‘z ta’limotini 
shakllantirdi.
VIII asrning oxiri-IX asrning boshlarida Movarounnahrda (hozirgi O‘rta 
Osiyoning aksariyat qismi) islomdagi ahl as-sunnaning hanafiyya mazhabi tarqala 
boshladi. Buxoro va Samarqand shaharlarida shu mazhab ta’limoti asosida 
Movarounnahr fiqh maktabi tarkib topdi. VIII-X asrlarda Movarounnahrning ayrim 
shaharlardagi hanafiylikka asoslangan ilmiy markazlar paydo bo‘ldi. Bunga Iroq va 
Xuroson maktablarining ta’siri katta bo‘ldi. Buxoro maktabiga Abu Hafs Ahmad ibn 
Hafs al-Kabir al-Buxoriy (vaf. 832 y.) asos solgan. Samarqand ilmiy markazining 
shakllanishiga Abu Sulaymon al-Juzjoniy, Ibn Samoa va Shaddod ibn Hukaym kabi 
Balx faqihlarining xizmati katta bo‘ldi. Buxoro faqihlari bu davrda asosan fiqhning 
amaliy masalalari (furu’ al-fiqh) bilan, samarqandliklar esa o‘z ilmiy faoliyatlarini 
ilohiyot (usul ad-din) mavzui bilan shug‘ullanishga qaratdilar.
Umuman fiqh, xususan hanafiy mazhabining rivojlanish tarixida XI-XII 
asrlardagi Movarounnahr faqihlarining ilmiy faoliyati juda muhim o‘rin tutadi. Bu 
davrda yetishib chiqqan hanafiy faqihlaridan - ad-Dabusiy Abi Zayd (vaf. 430/1063 
y.), al-Halvo’iy (vaf. 456/1063 y.), Abu Bakr Muhammad as-Saraxsiy (400-


106 
483/1009-1090), al-Pazdaviy ’Ali (vaf. 482/1089 y.), as-Sadr ash-Shahid ’Umar 
(vaf. 536/1141 y.), an-Nasafiy ’Umar (vaf. 537/1142 y.), Alouddin as-Samarqandiy 
(vaf. 539/1144 y.), Ibn Moza Mahmud (vaf. 570/1174 y.), al-’Attobiy Ahmad (vaf. 
586/1190 y.), al-Kosoniy Mas’ud (vaf. 587/1191 y.), Qozixon (vaf. 592/1191 y.) va 
yuqorida zikr etilgan al-Marg‘inoniy ’Ali (vaf. 593/1196 y.) kabi ma’lum va 
mashhur faqihlarning nomlarini keltirish mumkin. 

Download 1,47 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish