108
tafsil», «al-Muqaddama», «an-Naqs alal Jubboiy», «an-Naqs alal Balxiy», «Maqolot
al-mulhidin», «Tafsir Abil Hasan», «Izoh al-burhon fir radd ala ahli az-zayg‘ vat-
tug‘yon». Ash’ariyning yuqoridagi asarlari bizgacha yetib kelmagan. Lekin uning
qalamiga mansub beshta, «Maqolotul islomiyin va ixtiloful musollin» («Islomdagi
firqalar va namoz o‘quvchilarning ixtiloflari»), «Risola
istihson al-havz fi ilm al-
kalom», «al-Luma’ fir radd ala ahli az-zayg‘ val bida’», «Risola ila ahlis sag‘r bi-
bobil abvob», «al-Ibona an usul ad-diyana» nomli asarlarining ilmiy-tahliliy
nashrlari amalga oshirilgan.
Abul Hasan al-Ash’ariyning vafot etgan sanasi
haqida ham turli ixtiloflar
mavjud. Ba’zi manbalarda 330/941 yil deb ko‘rsatilsa, ba’zilarida 330/941 yillardan
keyin vafot etgani aytib o‘tilgan. Lekin aksariyat manbalarda Ash’ariy 324/936 yil
vafot etgani va Bag‘dodda dafn qilingani haqida ma’lumotlar mavjud. Islom olamida
«ahli sunna val jamoa» e’tiqodida ko‘plab ulamolar mavjud bo‘lsada, uning aqidaviy
qarashlari «Ash’ariya» nomi bilan alohida ta’limot sifatida e’tirof etilgan. Abu
Mansur al-Moturidiy va Abul Hasan al-Ash’ariylarning ta’limotlari o‘rtasida
faqatgina juz’iy farqlar bo‘lgan va ular asosan bir-birini to‘ldirib kelgan. Shuning
uchun ham ushbu ikki ta’limot islom ilohiyotida to‘g‘ri ta’limot sifatida e’tirof
etilgan.
Yuqorida zikr etilganidek, Ash’ariy va Moturidiy ta’limoti asosan o‘sha
davrda keng tarqalgan va ulamolar tomonidan «adashgan guruhlar» deb e’lon
qilingan mu’taziliya,
qadariylar, jabariylar, mushabbiha ta’limotlariga raddiyalar
berishga qaratilgan.