• Moturidiya ta’limoti.
  • Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet66/132
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #139490
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   132
    Bog'liq
    Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

    5. Aqidaviy ta’limotlar 
    VIII asr ikkinchi yarmi, IX asr boshlariga kelib musulmonlar orasida 
    e’tiqodga bog‘liq bo‘lgan – Allohning zoti-sifatlari, taqdir, imon kabi masalalarda 
    ixtiloflar paydo bo‘ldi. Ba’zi firqalar aqlga ortiqcha tayangani bois ulamolar 
    tomonidan adashganlar qatoriga qo‘shilgan bo‘lsa (mu’taziliylar, qadariylar), 
    ba’zilari Qur’on va hadis ma’nolarini so‘zma-so‘z talqin qilish (jabariylar, sifatiylar) 
    orqali noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketdilar. Ish shu darajaga bordiki, mazkur buzuq aqida 
    egalari davlat rahbari darajasigacha ko‘tarilib, aholiga noto‘g‘ri aqidani majburlab 
    singdirmoqchi ham bo‘lishdi. Mana shunday vaziyatda aqida ilmi bilan jiddiy 
    shug‘ullanish, Qur’on va hadis asosidagi to‘g‘ri aqidani ishlab chiqish zarurati 
    tug‘ildi. Bu ishga qo‘l urgan ikki buyuk alloma Imom Moturidiy va Imom Ashariylar 
    edilar. 
    Moturidiya ta’limoti. Moturidiya ta’limotining asoschisi Abu Mansur al-
    Moturidiy Samarqandning Moturid qishlog‘ida 870/256 yil tug‘ilgan va shu yerda 
    944/332 yil vafot etgan. Qabri Chokardzida avliyolar qabristonida joylashgan. 
    Moturidiy haqida ma’lumotlar kelgan ensiklopedik manbalarda uning xorij 
    safarlariga borganligi haqida xabarlar uchramaydi. Lekin, shunga qaramasdan 
    Moturidiy Movarounnahrda Abu Hanifa Nu’mon ibn Sobitning fiqhiy va aqidaviy 
    qarashlarini saqlab qolishi va keyinchalik, ushbu ta’limot ta’sirida o‘zining 
    «Moturidiya» deb nom olgan ta’limotiga tamal toshini qo‘yishi bilan yirik olim 
    sifatida shuhrat qozongan. U o‘zining butun umri davomida kalom (aqida) ilmi bilan 
    mashg‘ul bo‘lgan. 
    Moturidiya ta’limoti vakillarining Abu Hanifa mazhabi e’tiqodiga 
    asoslangan. Shunday bo‘lsa ham, kalom ilmida «Hanafiya kalomi» degan ibora 
    umuman ishlatilmaydi. Biroq, Moturidiy Movarounnahrdan chiqqan kalom ilmidagi 
    eng mashhur alloma sifatida tan olingani haqiqatdir. 
    Moturidiy yirik izdoshlaridan yana biri Nuriddin as-Sobuniy (vaf. 580/1184 
    y.) «Al-Bidoya» asarida Moturidiyni «ash-Shayx al-imom», «Rais ahli sunna val-
    jamoa», «Olim al-hudo» kabi sifatlar bilan ulug‘lagan. Moturidiyning keyingi 
    asrdagi izdoshlaridan turk olimi Ibn al-Humom ham o‘zining «Kitob al-musoyara» 
    nomli asarida Moturidiy va samarqandlik ulamolar haqida so‘z yuritar ekan
    Moturidiyni ularning ustozi, deb atagan. 
    Moturidiy xoh o‘zi yashagan asrda, xoh keyingi asrlarda bo‘lsin, ta’siri kuchli 
    mutakallim bo‘lgan. Shuning natijasida uning kalom ilmidagi o‘ziga xos uslublari 
    va fikrlari XI asrga kelib Movarounnahrda alohida maktab sifatida qabul qilinishi 
    arafasida edi. Chunki bu kabi e’tirofni Sa’diddin Mas’ud ibn Umar at-Taftazoniy 
    (vaf. 792/1390) ham unga nisbatan bildirgan. Taftazoniy movarounnahrlik hanafiy 


    107 
    mutakallimlarni «moturidiya» degan umumiy nom bilan ataydi. Garchi ma’lum 
    sabablarga ko‘ra, ash’ariylar kabi ko‘p sonli tarafdorlariga ega bo‘lmasada, ahli 
    sunna val jamoaning eng kuchli va o‘ziga xos jabhasini tashkil qilgan moturidiya 
    ta’limoti kelajakda ko‘p tadqiq qilinishi kerak bo‘lgan ta’limotdir. 
    Shu bilan bir qatorda aytish lozimki, hozirgi davr sharqshunoslarining qator 
    vakillari Moturidiy ta’limotiga nisbatan «Hanafiy-Moturidiy» atamasini qo‘llagani 
    e’tiborni tortadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ular moturidiya kalom maktabini 
    mustaqil kalom maktabidan ko‘ra, ko‘proq, hanafiya maktabining bir bo‘lagi sifatida 
    baholaganlar. Ammo yuqoridagi fikrlardan qat’iy nazar, moturidiya ta’limotini 
    alohida kalom maktabi sifatida e’tirof etgan olimlarni ham uchratamiz. 

    Download 1,47 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   132




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish