|
O‘zbekistonda davlat va din munosabatlariBog'liq Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf2.
O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari.
3.
O‘zbekistonda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan diniy konfessiyalar va
tashkilotlar.
Tayanch so‘z va atamalar: Tolerantlik, islomda ba`g`rikenglik, davlat va din
munosabatlari, dunyoviy davlat, vijdon erkinligi.
1. Diniy bag‘rikenglik tushunchasi.
«Bag`rikenglik», «sabr - toqatlilik» va uning ziddi «toqatsizlik»
tushunchalari ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotning turli sohalari, jumladan, siyosat
va siyosatshunoslik, sostiologiya, filosofiya, ilohiyot, ijtimoiy axloq, qiyosiy
dinshunoslik va hokazolarda ishlatiladi. Lotincha «tolerare», ya’ni «chidamoq»,
«sabr qilmoq» ma’nosini anglatgan bu so’z, asosan bir insonning boshqa inson
dunyoqarashiga toqat qilishini bildirsada, etimologik tahlil uning tom ma’nosini
doim ham ochib beravermaydi.
Qiyosiy dinshunoslik nuqtai nazaridan qaraganda 2 xil, bir-biridan keskin
farq qilgan bag`rikenglik tushunchasi mavjud: formal, tashqi ko’rinishdagi
bag`rikenglik va ichki-pozitiv (ijobiy) bag`rikenglik. Formal ravishdagi
bag`rikenglik bu boshqa kishining diniy e’tiqodiga nisbatan oddiy toqatlilik
ko’rsatish, uning e’tiqodiga qarshi kurashmaslikdir. Ichki (ijobiy) bag`rikenglik esa
muayyan diniy e’tiqodda mustahkam bo’lgan holda boshqa dinlarni yaxshi bilishni
ham taqozo etadi. Demak, ijobiy bag`rikenglik kengroq, to’g`riroq va hayotiy
zarurat hisoblanadi. Islom, hinduiylik, xristianlik dinlaridan qay biriga mansub
bo’lishidan qat’i nazar inson de yarli bir xil his-tuyg`ularni boshidan kechiradi.
Buddaviylarning 5 ta, Qadimgi Ahdning 10 ta va Islomning asosiy o’gitlaridagi
o’xshashlikni keltirish kifoya. Demak, dinlarning ichiga, barchasi uchun bir bo’lgan
mutlaq mohiyatiga kirmoq darkor va shu asosda diniy hayot fenomen (hodisa)larini
talqin qilmoq kerak. Bu o’z navbatida bag`rikenglik ruhidagi yondashuvni talab
qiladi.
|
| |