153
Qolgan imonlilar, ya’ni Iyegovo shohidlariga qo‘shilgan «qo‘ylar»ga (oddiy
dindorlar) yer yuzida abadiy jannatda yashashlari va’da qilinadi.
«Iyegovo shohidlari» faqatgina Iso Masih o‘limini eslash kechalari bilan
bog‘liq bayramni nishonlaydilar. Shu kuni jamoa a’zolari qarindosh va tanishlarini
uylariga taklif qilishadi. Dasturxonda Isoning tana va qonining ifodasi deb
bilinadigan xamirturishsiz non va qizil, quruq vino bo‘lishi shart.
«Iyegovo shohidlari» diniy tashkiloti qat’iy markazlashgan xarakterga ega.
Ularning diniy-ma’muriy markazi – Boshqaruv korporatsiyasi hisoblanadi. U 15
kishidan iborat bo‘lib, Bruklinda (AQSH, Nyu-York) joylashgan.
Boshqaruv
korporatsiyasining 90 dan ortiq filiallari dunyoning turli mamlakatlarida targ‘ibot
ishlarini olib boradi. Xristianlikning ko‘zga ko‘ringan vakillari iyegovochilarning
xristianlik bilan hech qanday umumiyligi yo‘q, degan fikrdalar.
O‘rta Osiyoda «Iyegovo shohidlari» diniy tashkilotining birinchi jamiyatlari
1950-yillarda paydo bo‘lgan va norasmiy ravishda faoliyat ko‘rsatib kelgan.
Bugungi kunda respublikamizda «Iyegovo shohidlari»ning 1 ta tashkiloti rasman
ro‘yxatga olingan.
«Iyegovo shohidlari» missionerlikka katta e’tibor beradi. Jamoa paydo
bo‘lgan davrdan boshlab, asosan uyma-uy yurish va adabiyotlar tarqatish bilan o‘z
izdoshlarini ko‘paytirishga harakat qiladi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi
kunda iyegovochi missionerlarning soni 700 mingdan ortiq kishini tashkil etadi.
Jamoa rahbariyati tomonidan missionerlarni tayyorlash
ishlariga katta ahamiyat
beriladi. AQSH ning Nyu-York shahrida, jamoaning bosh ofisi bilan bir joyda
«Galaad» nomli missionerlar tayyorlash markazi mavjud. Ushbu markazda tashkil
etilgan besh oylik kurslarda butun dunyodan kelgan missionerlar tahsil olishadi.
Missionerlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va adabiyotlarni nashr
etish uchun «Qo‘riqchi minora, «Bibliya» va risolalar jamiyati» tuzilgan. Ushbu
jamiyat korporatsiya deb atalib, bosh qarorgohi tashkilot
asosiy binosi bilan bir
joyda, AQSHning Bruklin shahrida joylashgan. Korporatsiyani yetti direktordan
iborat boshqaruv kengashi boshqaradi va ular korporatsiya prezidentini saylaydilar.
Hozirgi kunda «Iyegovo shohidlari» 230 dan ortiq mamlakatda faoliyat olib
boradi va dunyo bo‘yicha 111 ta mintaqaviy vakolatxonalarga ega.
Iyegovochilar missionerlikni o‘ziga xos tarzda va tizimli tashkil etganlar.
Mutaxassislar fikricha, «Iyegovo shohidlari» o‘z tarafdorlarini shakllantirishda jalb
etishning 80 dan ortiq usulidan foydalanadilar. Jumladan, ular o‘z da’vatchilarining
ovoz ohanglarida tinchlantirish va mehr tuyg‘ulari bo‘lishiga alohida e’tibor
beradilar.
Iyegovochilar missionerlikni:
- o‘z qarashlariga zarracha bo‘lsa ham qiziqish bildirgan odamlarni qidirib
topish va so‘ng ularni ta’limotni qabul qilishga tayyorlash;
- da’vat qilinayotgan odamning ongiga «Bibliya» kurslari va uning matnini
o‘rganish orqali diniy ta’limotni singdirish;
-
prozelitlarni suv bilan cho‘qintirish;
-
ularni missionerlik faoliyatiga tayyorlash kabi to‘rt bosqichda amalga
oshiradilar.
154
Iyegovochilikning o‘ziga xos jihatlaridan yana biri shuki, unda har bir a’zo
missionerlik faoliyatida qatnashishi shart. Jumladan, jamoa rahbariyati tomonidan
har bir a’zo oyiiga 10 soatdan 150 soatgacha missionerlik faoliyatiga sarflashlari
talab qilinadi. Jamoa a’zolari qancha ko‘p vaqtlarini missionerlikka sarflaganlariga
qarab tashkilot iyerarxiyasida ko‘tarilib boradi. So‘nggi paytlarda iyegovochilar
maktab o‘quvchilari va yoshlar orasida targ‘ibot ishlarini
olib borishga intilish
kuchli namoyon bo‘layotganini ta’kidlash zarur. Ana shunday maqsadli faoliyat
natijasida iyegovochilar soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda iyegovochilar soni dunyo bo‘yicha qariyb 7
millionni tashkil etadi. Ularning bosh tashkiloti tomonidan adabiyotlar nashr etish,
cherkovlar faoliyatini ta’minlashga ketadigan sarf-xarajatlardan tashqari
missionerlarning kundalik xarajatlariga yiliga 100 million AQSH dollariga yaqin
mablag‘ sarflanadi.