Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

Mormonlar. Mazkur oqimga 1830 yili Nyu-York (AQSH) shahrida Jozef 
Smit (1805-1844) ismli shaxs tomonidan asos solingan.
Smit, 1823 yilda Vermont shahridagi Sheron o‘rmonida kambag‘al va bechora 
tarafdorlariga Moroni nomli bir farishtaning o‘ziga vahy olib kelganini da’vo qiladi. 
Unga ko‘ra Moroni, Smitga Nyu Yorkdagi Kumora tepaligiga ko‘milgan, qadimgi 
Misr tilida yozilgan oltin lavhlar va ularni tarjima qilish uchun Urim va Thummin 
toshlarini keltirib bergan.
Jozef Smit matnlarni o‘qigani va farishta yordamida tarjima qilganini e’lon 
qiladi va uni nashr ettiradi. Shunday qilib, 1830 yilda «Mormon kitobi» bosib 
chiqarilgan. Kitobdagi buyruqqa binoan yangi bir cherkov qurilgan. Bu cherkov, 
«Iso Masihning Oxirgi Kun Azizlari cherkovi» deb nomlangan. Tarafdorlariga esa 
shundan so‘ng «Mormonlar» deyila boshlangan. 
Mormonlar e’tiqodiga ko‘ra, amerikaliklar, isroil qabilalaridan kelib chiqqan 
va qizil oq tanlilardan tashkil topgan. Iso tirilganidan keyin oq tanlilar orasida 
faoliyat olib borgan, lekin uning cherkovi qizil tanlilar tomonidan vayron qilingan. 
Oxirgi oq tanlilar XV asrda yashagan Mormon bilan uning o‘g‘li Moronidir. 
Lavhlarni ana o‘shalar ko‘mgan va ularni Smit topib olgan. 
Smit, 1831 yilda yangi Quddusning Kirtlandda (Ogayyo shatati, AQSH) 
qurilishiga doir vahy olganini aytgan. Tarafdorlar sonini orttirish maqsadida 
mormonlar faol ravishda missionerlik bilan shug‘ullanganlar. 
Siquvga olingan Mormonlar, Kirtlandni tashlab Missuriga; u yerda ham ayni 
holga duch kelgach esa Illinoisga ko‘chishga majbur bo‘lishadi. 1840 yilda 
botqoqozor o‘rnida Navu shahrini qurib o‘z markazlarini shu yerda tuzadilar.
Omadli kechgan bir-ikki yildan keyin Smit, Mormon kitobida aksi yozilgan 
bo‘lishiga qaramasdan, yangi bir «vahy»ga asoslanib, ko‘pxotinlilikni targ‘ib qilgan 
va o‘zi bu ishni boshlab bergan. Uning bu fikriga jiddiy qarshiliklar bo‘lgan, natijada 
Smit ukasi va taraforlari bilan birgalikda gavjum bir qamoqxonaga tashlanganlar. 
Qisqa bir muddat keyin esa ular mahbuslar tomonidan o‘ldirilgan.
Smitdan keyin mormonlarga Brijman Yang boshchilik qildi. U o‘limi ortidan 
178 ta xotin va 49 ta bolani qoldirib ketdi. Mormonlar Yutada «Buyuk tuz ko‘li» 
qirg‘og‘ida, «Tuz ko‘li shahri» hozirgi Sot Leyk Siti shahrini qurganlar. Ular bu 


155 
yerda juda ham kuchayib ketganlar va ulkan mormon ibodatxonasini vujudga 
keltirganlar. 
«Iso Masihning oxirgi kun azizlari» sifatida o‘zlariga baho beruvchi 
mormonlarning e’tiqod asoslari J.Smit tomonidan tartibga solingan. Cherkovnnig 
boshlig‘i rais sifatida nomlanadi. 
Mormonlar, Ota Xudo, Iso Masih va Muqaddas Ruh bilan bog‘liq e’tiqodni 
tan oladilar. Ularga ko‘ra, Injil Tangrining so‘zidir, uni, xato qilmaslik sharti bilan, 
tarjima qilish mumkin. Mormon kitobi ham Tangrining so‘zidir. Iso Masihning 
qayta tirilish joyi Amerika qit’asidir. Yangi Quddus Amerikada quriladi; shaxsan 
Isoning o‘zi uni boshqaradi, dunyo yangilanadi va xuddi jannatdek ko‘rinish oladi. 
Iso ming yillik saltanat quradi va unga imon keltirganlar, yordamchi bo‘lgan 
(mormon) lar najot topadilar.
Ular cho‘qintirishda suvga bo‘ktirish usulini qabul qilganlar. Ulug‘likda 
oldinga siljishni va hatto ilohiylikkacha yuksalishni e’tirof qiladilar. E’tiqod asoslari 
orasida joy olgan ko‘p xotinga uylanish 1895 yilda V.Vudraft tomonidan bekor 
qilingan. Prichasheniye ya’ni «Poklanish» marosimi, sigaret va aroq harom bo‘lgani 
sababli faqatgina non va suv bilan amalga oshiriladi.
Mormonlar, jiddiy ko‘rinishda missioner faoliyati olib boradilar va bu 
faoliyatlarini butun dunyoga tarqalganligini ham aytib o‘tish joiz. Mormonlar 
nazdida har bir a’zo ikki yil missonerlik qilishi kerak. Missionerlik faoliyatlari
bugungi kunda 4000 dan ortiq ayol va erkak mormon tomonidan olib borilmoqda. 
Ularning aksariyatini yoshlar tashkil qiladi va ular o‘z hayotlarini missionerlik 
uchun ataganlar. 
Bugungi kunda mormonlar dunyoning 160 mamlakatida faoliyat olib borib, 
taxminan 30 ming cherkov va 12 million izdoshga ega. Rasmiy xristianlik 
Mormonlarni adashgan oqim sifatida e’tirof etadi. 

Download 1,47 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish