Ahmadiylik (Qodiyoniylik)




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

Ahmadiylik (Qodiyoniylik). Mazkur oqim XIX asrning oxirlarida Mirzo 
G‘ulom Ahmad Qodiyoniy tomonidan tuzilgan. Dastlab u asoschisining nomi bilan 
– «Mirzoiya», keyinchalik esa vujudga kelgan joyga nisbatan – «Qodiyoniya» deb 
nomlangan. Mirzo G‘ulomning 1900 yil 4 noyabrdagi bayonotiga binoan oxir oqibat 
«Ahmadiya» nomini olgan. 
Mirzo G‘ulom Ahmad, 1840 yilda, hozirgi Pokiston hududidagi Panjob 
viloyatining Gurdaspur mintaqasidagi Qodiyon qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasining 
xohishiga binoan 1864 yilda Sialkot shahriga borgan va o‘sha yerda bir muddat 
ishlagan. Shu paytda, u kundalik ishidan tashqari islom ilmlari hamda boshqa dinlar 
haqida va o‘zi bilan yaqindan munosabatda bo‘lgan missionerlardan xristianlik 
haqida ko‘pgina ma’lumotlar olgan, hindular bilan munozaralarga kirishgan. 
Mirzo G‘ulom Ahmadning melanxoliya, bosh og‘riq, yurak porogi, 
dizenteriya, diabet kasalliklari bilan og‘rigani va ular uning shaxsiyati va ruhiyatida 
o‘z ta’sirini o‘tkazganligi qayd etiladi.
1876 yilda G‘ulom Ahmad Allohning huzuriga chiqqani va vahy ola 
boshlaganini da’vo qilib chiqadi. 1880 yilda u o‘z ta’limoti asoslariga bag‘ishlangan 
«Barohini Ahmadiya» (Ahmad dalillari) nomli kitobining ilk ikki jildini nashrdan 
chiqarishga erishadi. Unda u islomni boshqa dinlardan himoya qilgan. Shu tufayli 
musulmonlar kitobdagi «ilohiy ilhomlar», karomatlar, o‘z-o‘zini maqtashlarga, 
dastlab, uncha e’tibor bermaganlar. Uchinchi va to‘rtinchi jildlarda esa G‘ulom 
Ahmad o‘ziga vahy tushayotgani va payg‘ambar ekanini da’vo qilgan. Shuningdek, 
ingliz hukumatini maqtab, hozirgi paytga kelib «jihod» tushinchasining o‘rinsiz, 
hukmsiz holga kelib qolganini aytgan. Boshlanishda 50 jild bo‘lishi rejalashtirilgan 
«Barohini Ahmadiya»ning 5 jildigina nashr qilingan. 
1885 yili Mirzo G‘ulom Ahmad o‘zini-o‘zi yashab turgan davr (hijriy XIV 
asr) «mujaddidi» ekanini, 1888 yilga kelib esa insonlardan «bay’at» olib, alohida 
«jamoat» tashkil qilish haqida buyruq olganini e’lon qiladi. 1891 yilda u Iso ibn 
Maryamning tabiiy yo‘l bilan o‘lganini aytib va shundan kelib chiqib o‘zini 
musulmonlar kutayotgan «Masih» va «Mahdiy» deb da’vo qilgan. 1904 yilning 
noyabr oyidan boshlab esa ochiqdan-ochiq o‘zini musulmonlar uchun «mahdiy», 
xristianlar uchun «masih» va hindular uchun «krishna» deb e’lon qilgan. 


158 
Ahmadiylarga ko‘ra barcha dinlar, qandaydir xaloskorni kutadilar, uni kelishi 
ilinji bilan yashaydilar. Agar kutilayotgan qutqaruvchi, bir odamda mujassam 
bo‘lsa, dinlararo kelishmovchilik yo‘qotilgan va bashariyat hamohanglikka erganlar 
bo‘lar edi. 
Mirzo G‘ulom Ahmad 1908 yil 26 mayda Lahorda vafot etgan. Qabri 
Qodiyonga olib ketilgan va tarafdorlari uchun muhim ziyoratgohga aylangan. 
Mirzo G‘ulom Ahmadning o‘limidan keyin shogirdlari uning fikrlarini 
yig‘ishda davom etdilar va natijada «Sinkretik Qodiyoniylik\Ahmadiylik harakati» 
yuzaga kelgan. Keyinchalik oqim «Qodiyon ahmadiylari» va «Lahor ahmadiylari» 
nomli ikki jamoaga bo‘linib ketdi. 
Dastlab, payg‘ambarlikning Muhammad (s.a.v) bilan tugagani va 
qiyomatgacha undan boshqa payg‘ambar kelmasligini tan olishini ta’kidlagan Mirzo 
G‘ulom, 1901 yildagi «Juma xutbasi»da uning izdoshi bo‘lgan Mavlaviy 
Abdulkarim Mirzo G‘ulom Ahmad uchun «nabiy» va «rasul» sifatlarining ishlatish 
mumkin deb e’lon qilgan.
Avvalroq, «Muhaddas» (xitob qilinib, gaplashilgan) deb nomlangan Mirzo 
G‘ulom keyinchalik muhaddaslikni bir ma’noda juz’iy nabiylik sifatida baholagan; 
butunlay payg‘ambarlikning tugaganini, lekin juz’iy nabiylikning qolganligini 
ochiqcha aytgan. 
Nihoyat 1902 yili u quyidagi so‘zlar bilan haqiqiy niyatini va maqsadini 
ma’lum qilgan: «Qayta-qayta aytganim kabi, men sizlarga o‘qib bergan bu so‘zlar, 
qat’iy va aniq shaklda Qur’on va Tavrot kabi Allohning so‘zidir. Men Allohning 
zilliy va Buruziy nabiysiman va har bir musulmon diniy ishlarda menga itoat qilishi 
kerak. Har bir musulmonning mening Mav’ud (va’da qilingan) Masih ekanimga 
ishonishi kerak. Chaqirig‘im (da’vatim) yetib borgan har bir inson meni ishlarida 
xoqon deb bilmasa, mening Mav’ud Masih ekanligimga ishonmasa va menga kelgan 
vahiylarning Allohdan kelganligini qabul qilmasa, garchi musulmon bo‘lsa-da, o‘z 
davrida qabul qilishi kerak bo‘lgan narsani inkor qilgani uchun osmonlarda jazoga 
loyiq va mas’ul bo‘ladi». 
Qodiyoniylar aqidasiga ko‘ra, Alloh ro‘za tutadi, namoz o‘qiydi, uxlaydi, 
uyg‘onadi, yozadi, imzo chekadi, ba’zan adashib ham turadi.
Farishtalar ko‘z bilan emas, ruh bilan ko‘rilishi mumkin. Ular vahiy olib 
keluvchi, Allohning buyurganlarini elchilariga o‘rgatuvchi, imon egalariga quvvat 
bag‘ishlovchi, insonlar uchun shafoatda bo‘luvchi, insonlarning ruhiy jihatdan 
yuksalishlarini va yaxshi ishlarga yo‘nalishlarini ta’minlovchi mavjudotlardir.
Mirzo G‘ulom Ahmad, Muhammad (s.a.v)dan keyin (shariat olib kelgan) 
vahyning kelmasligi fikrini olib, haqiqiy nabiylik uchun Jabroil (a.s.)ning kelishi 
kerakligi haqidagi aqidani olg‘a surgan.
Ahmadiylarning e’tiqodiy mavzulardagi eng qiziq fikrlari oxirat bilan 
bog‘liqdir. Ahmadiylarga ko‘ra, oxirat, yangi bir holat emas; haqiqatda u, hozirgi 
ma’naviy hayotimizning mukammal va qusursiz ko‘rinishidir; oxiratning ne’matlari 
ma’naviydir.
Har bir qodiyoniy oylik daromadining 1/16 qismini mazhabga ajratishi va 
buni vasiyatiga qo‘shib yozishi talab qilinadi. 


159 
Qodiyoniylik izdoshlari 5-6 millionga yaqin deb taxmin qilinadi. Bu miqdor 
biroz ko‘paytirilgan bo‘lishi ham mumkin. Hozirgi kunda ahmadiylar Hindiston va 
Pokistondan tashqari, bir necha arab mamlakatlari, Eron, Afg‘oniston, Afrika hamda 
G‘arb mamlakatlarida tarqalgan. Londonda ularning katta markazi bor. Ahmadiylar 
MDH hududiga keyinga yillarda kirib keldi. Ko‘proq ishbilarmon, tojir va xayriya 
jamiyati vakillari sifatida Tatariston va boshqa joylarda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan. 
Robita al-olam al-islomiy (Islom olami ittifoqi) Ahmadiyani «islomga yot oqim» 
deb e’lon qilgan. 

Download 1,47 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish