161
1965 yilda A.Ch.Bxaktivedanta Svami AQSHga ko‘chib o‘tdi va «Xalqaro
Krishnani anglash jamiyati»ga asos soldi. Bu davrda Sharq mistik ta’limotiga
bo‘lgan katta qiziqish Krishnani anglash falsafasini targ‘ib qilish uchun qulay shart-
sharoit yaratdi va harakat tez rivoj topdi. Ma’lumotlarga ko‘ra,
bugungi kunda
dunyoning turli burchaklarida ularning 150 dan ortiq ibodatxonalari mavjud.
Krishnachilik (vayshnavizm) odam qiyofasidagi xudo Krishna (Vishnu)ga
e’tiqod qilishga asoslangan hinduiylikning ikki asosiy yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi. Krishnachilikning muqaddas yozuvlariga «Bxagavatgita»dan tashqari
boshqa «Veda» matnlari ham kiradi.
Krishnachilik yakkaxudolikka, ya’ni yagona va mutloq xudo – Krishnani tan
olishga asoslanadi. U abadiy, yaratilmagan va cheksiz shakllarga kirish qobiliyatiga
ega. Krishnachilik ta’limotiga ko‘ra, olam ruhiy va moddiy dunyoga bo‘linadi.
Insonning ruhi tanasiga nisbatan birlamchidir. Krishnachilar ruhni rivojlantirib ichki
komillika erishish va shu yo‘l bilan xudoga qo‘shilishni oliy maqsad, deb biladilar.
Har bir inson o‘zida Krishnani anglash qobiliyatini rivojlantirishi mumkin.
Buning uchun bir qancha harakat shakllarini o‘z ichiga olgan va xudoga muhabbatni
rivojlantirish hamda uni butunlay ruhiy anglashga sho‘ng‘ishga qaratilgan bxakta-
yoga mashqlar tizimi ishlab chiqilgan. Ayni paytda, inson o‘zini moddiy
ehtiyojlardan xoli qilishi, go‘sht, baliq, tuxum, mast qiluvchi narsalarning barchasi,
jumladan,
spirtli ichimliklar, tamaki, qahva, choy iste’mol qilish, nikohsiz jinsiy
hayot kechirish va qimor o‘yinlardan voz kechishi zarur, deb hisoblanadi.
Krishnachilikda meditatsiya deb ataluvchi, ibodatxonada o‘tkaziladigan diniy
marosimlar har kuni soatlab bajariladi. U maxsus harakatlar, Sankirtana – birgalikda
xudo Krishnani «Xare Krishna, Xare Krishna, Krishna Xare, Xare, Xare Rama, Xare
Rama, Rama, Rama, Xare, Xare» degan, maxamantra («ozod bo‘lishning buyuk
qo‘shig‘i»)ni kuylash bilan sharaflash amaliyotini qamrab oladi.
Bularning
hammasi, ularning ta’biricha, aqlni tozalash, fikrni tashqi dunyodan xalos etish,
butun diqqat-e’tiborni xudoga muhabbatga yo‘naltirish uchun bajariladi.
«Xalqaro Krishnani anglash jamiyati»da o‘z
ergashuvchilarining mol-
mulklarini jamiyat hisobiga xayr-ehson qilishlari hamda ibodatxonada ruhoniylik
vazifasiga o‘tishlari rag‘batlantiriladi. Bu ta’limotni qabul qilgan har bir kishiga
yangi – sanskritcha nom beriladi. Jamoa a’zolari sari, dxoti va boshqa hind milliy
liboslarini kiyadilar.
Krishnachilar tomonidan missionerlik faoliyati o‘tgan asrning 70-yillarida
boshlangan. Ular tomonidan amalga oshiriladigan targ‘ibotchilik
harakatining
o‘ziga xos xususiyatlari qatorida ko‘chalarda ibodat kiyimlarida yurib qo‘shiqlar
aytish va adabiyotlarini tarqatish, «Hayot uchun ozuqa» deb nomlanadigan, bepul
oziq-ovqat tarqatish aksiyalarini o‘tkazilishini ko‘rsatish mumkin. Bunday
harakatlarning asosiy obyektlari sifatida odatda talabalar, maktab o‘quvchilari,
qariyalar va mehribonlik uylarida istiqomat qiluvchilar tanlab olinadi.
Krishnachilar o‘z davrida O‘zbekistonda ham missionerlik
faoliyatini olib
borishga intilganlarini ta’kidlash zarur. Jumladan, 1990-yillarning o‘rtalarida
Toshkent shahrida joylashgan «Krishnani anglash jamiyati» vakillari shaharning
turli burchaklarida
ibodat kiyimlarida yurib, o‘zlarining diniy adabiyotlarini
162
tarqatish, asosan qariyalar uylari, shifoxona kabi
muassasalarda missionerlik
faoliyatini olib borish bilan shug‘ullanganlar. Ular bilan olib borilgan tadbirlar
natijasida krishnachilarning bu turdagi faoliyatiga barham berilgan. Bugungi kunda
ular respublikamizning ayrim hududlarida yashirin ravishda faoliyat olib borishga
harakat qilmoqdalar. 2011 yilning iyuliga qadar respublikamizda krishnachilarning
1 ta diniy tashkiloti ro‘yxatga olingan.