160
5. Qayta tirilishga ishonch. Bu tirilish jismoniy emas balki ma’naviy bo‘lishi,
birinchi bo‘lib qora tanlilar qayta tirilishiga ishonish;
6. Qiyomat kunining haqligi va bu kun Amerikada
boshlanishiga ishonch;
7. Bugungi zamon qora tanlilar va oq tanlilar ajraladigan zamon ekani, qora
tanlilar o‘zlariga oq tanli sobiq quldorlar tomonidan berilgan qullik familiyasidan
voz kechib ozod kishi – Yer sayyorasining qora tanli aholisi familiyasini olishi
zarurligiga ishonch;
8. Barchaning teng huquqli ekani va bir xil adolat qilinishi kerakligiga
ishonch;
9. Integratsiya va birdamlik haqidagi g‘oyalar ikkiyuzlamachilik bo‘lib 400
yil davomida ezilib kelgan qora tanlilarning birdaniga oq tanlilar bilan do‘st bo‘lib
qolishi va oq tanlilarga bundan buyon ham qullik qilishi mumkin emasligi va ajralib
chiqib alohida davlat qurish vaqti kelganiga ishonch.
Agar oq tanlilar rost
so‘zlayotgan bo‘lsalar, buni isbotlab berish uchun qora tanlilarga AQSH hududidan
alohida yer ajratib berishlari kerakligiga ishonch;
10. O‘zini taqvodor musulmon deb hisoblovchi jamoa a’zosi birovlarning
qonini to‘kishi mumkin emasligi, AQSH uchun
urushlarda qatnashmasligi,
faqatgina o‘z davlati qurilganidan so‘nggina shu davlat uchun jang qilish
mumkinligiga ishonch;
11. Qora tanli ayollar ham xuddi boshqa ayollar kabi hurmat va himoya
qilinishi lozimligiga ishonch;
12. Alloh 1930 yili Vali Fard Muhammad jismida namoyon bo‘lib,
nasroniylarning «messiya»si va musulmonlarning «mahdiy»si bo‘lganiga ishonch;
13.
Allohning yakkayu yagona ekani, undan boshqa iloh yo‘qligi va u
mukammal saltanat qurishiga ishonch. Qora tanlilarning qullikni boshdan kechirishi
Bibliyada bashorat qilinganiga ishonch.
Tashkilotning mashhur a’zolari qatorida mashhur bokschi Muhammad Ali
(1975 yili sunniylikni qabul qilgan), RЕP ijrochilari Mak Ren, Jey ti Bigga Figga,
Snup Dogg, POP musiqa qiroli Maykl Jeksonlarni sanash mumkin.
«Islom millati» yoxud «Qora musulmonlar» tashkiloti qora tanli
millatchilikka asoslangan, o‘zini islomiy deb atasa-da, aslida bu dinga zid bo‘lgan
tashkilotdir.
«Qora musulmonlar» faoliyati yer yuzida irqchilikning
tarqalishiga zamin
yaratadi.
Bugungi kunda mazkur tashkilot a’zolari butun dunyoda 16 mingdan 50
mingtagacha ekanligi qayd etiladi.