MISSIONERLIK VA PROZELITIZMNING MAZMUN-MOHIYATI




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

1. MISSIONERLIK VA PROZELITIZMNING MAZMUN-MOHIYATI
Missionerlik so‘zi asli lotincha bo‘lib, «yuborish», «vazifa topshirish» degan 
ma’nolarni anglatadi. Missionerlik bilan yonma-yon ishlatiladigan prozelitizm esa, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va 
o‘zga dinni qabul qilishga qaratilgan harakatlarni anglatadi. U o‘z mohiyatiga ko‘ra 
missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi umumiy missionerlarning 2/3 qismini 
xristian missionerlari tashkil etadi. Dastlabki xalqaro xristian missiyalari, 1910 yilda 
Shotlandiyaning Edinburg shahrida paydo bo‘lgan edi. Bugungi kunda yuzlab 
shunday maqomga ega missiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularni yanada 
rivojlantirish, yetarli moddiy, ma’naviy va inson resurslari bilan ta’minlash juda 
yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Odatda, xalqaro missiyani tashkillashtirishda ma’lum bir konfessiyaning 
barcha shaxobchalari qatnashadi. Masalan, tashkilotning nashriyoti uni tegishli 
adabiyotlar bilan ta’minlasa, tadqiqot markazi muayyan mamlakat aholisi, uning 
hayot tarzi, urf-odatlari, zaif tomonlari haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish va diniy 
adabiyotlarni mahalliy tillarga tarjima qilish bilan shug‘ullanadi. Missiyani moddiy-
moliyaviy ta’minlashda ishlab chiqarish tuzulmalarining, missioner kadrlar 
tayyorlash va ko‘ngilli homiylarni topishda missionerlik bazalarining ahamiyati 
beqiyosdir. Mana shunday kuch va tayyorgarlik bilan xalqaro missiya istalgan 
mamlakatda tegishli targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etishiga shubha 
qilmasa ham bo‘ladi. 
Ayni damda, missionerlik faoliyati bilan faol shug‘ullanishga harakat 
qilayotganlar orasida bahoiylar, krishnachilar bilan bir qatorda yangi paydo bo‘lgan 
sektalar borligini ham ta’kidlash zarur.
Sekta bu – faqat o‘zini haq din, insonlarni najotga yetkazuvchi deb da’vo 
qiladigan, aslida esa muayyan siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni ko‘zlaydigan guruh 
hisoblanadi. Psixologlar mazkur sektalarni «ommaviy ijtimoiy-psixologik qirg‘in 
quroli» deb ta’riflaydilar. Diniy sekta deganda ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga 
zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi 
bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruhlar tushuniladi.


177 
Bugungi kunda missionerlik faoliyati bilan asosan turli sektalar shug‘ullanadi. 
Hozirgi kunda taxminan 5000 ta sektaning faoliyati aniqlangan. Ma’lumotlarga 
ko‘ra, mamlakatimiz bilan chegaradosh bo‘lgan davlatlarda «Bogorodichiy sentr», 
«Serkov ob’edineniya», «Serkov Iisusa», «Serkov Novogo Zaveta», «Beloye 
bratstvo», «Bojestvenniy orden Pervogo Angela», «Farxat ata», «Dianetika» kabi 
yuzlab diniy sektalar faoliyat olib bormoqda. Iblisga ibodat qilishga asoslangan 
«Satanizm» sektasi ham ayrim qo‘shni respublikalarda keng tarqalmoqda. Ayrim 
ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ta xavfli bo‘lgan mazkur sektaning Rossiyada 100 ming, Yer 
yuzida 5 milliondan ortiq tarafdori bor. Mazkur sektalar aholining diniy bilimlari 
pastligidan foydalanib, oxiratning yaqinligi bilan qo‘rqitish hamda asosan yoshlar 
va moddiy ahvoli nochor bo‘lganlar ichida tashviqot olib borish yo‘li bilan o‘z 
tarafdorlarini ko‘paytirishga harakat qilmoqda. 

Download 1,47 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 MISSIONERLIK VA PROZELITIZMNING MAZMUN-MOHIYATI

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish