4. Yoshlarni internet va ijtimoiy tarmoqlardagi axborot xurujlaridan
asrashning dolzarb masalalari.
Internet fan-texnika taraqqiyoti natijasi, madaniyat evolyutsiyasining hosilasi
hisoblanadi. Hozirgi kuna hayotini internetsiz tasavvur qilish juda mushkul.
Ayniqsa, yoshlar hayotida global tarmoqning o‘rni tobora oshib bormoqda. Internet
dunyoning turli nuqtalarida yashovchi odamlarning o‘zaro muloqotini hamda
axborot almashinuvini mukammal darajada osonlashtirdi. Statistik ma’lumotlarga
ko‘ra, dunyo bo‘yicha internetdan eng ko‘p foydalanuvchilar aynan 21 dan 30
yoshgacha bo‘lgan yoshlar hisoblanar ekan.
O‘zbekistonda ham Internet tizimi rivojlanib, undan foydalanuvchilar safi
jadal sur’atlar bilan kengayib bormoqda. So‘nggi o‘n yilda global tarmoqdan
foydalanuvchilar o‘n barobarga oshgan. Tarmoq orqali axborot izlash, qabul qilish,
uzatishning juda qulay va ommabopligi undan foydalanuvchilar sonining tobora
ortib borishini ta’minlamoqda. Mamlakatimizda 2007 yilda internetdan
foydalanuvchilar soni (mobil internet foydalanuvchilari bilan qo‘shib hisoblaganda)
bir millionni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yil yakunida bu ko‘rsatkich o‘n ikki
milliondan oshdi. Internet yoshlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-
atvorlariga ta’sir ko‘rsatishda katta imkoniyatlarga ega. Internetning rivoji yoshlarga
g‘oyaviy ta’sir o‘tkazishning miqyosi va ko‘lamining keskin darajada o‘sishiga olib
keldi. Globallashuvning ijobiy va salbiy tomonlari bo‘lgani kabi, internet tarmog‘i
ham shunday xususiyatlarga ega ekanini unutmaslik zarur. Albatta, global tarmoq –
ulkan resurs. Biroq, bu resursdan kim va qanday maqsadlarda foydalanishi ham juda
jiddiy masalalar sirasiga kiradi.
Xususan, ma’lumotlarda keltirilishicha, bugungi kunga kelib, internet
tarmog‘ida ma’naviy-axloqiy tubanlikni targ‘ib etuvchi sahifalarning soni bir necha
yuz millionni tashkil etgan. Ushbu fakt va raqamlar internet sanoati rivojlanib
borayotgan davrda kishilarning axborotlarga nisbatan juda ehtiyotkorlik, ogohlik va
ziyraklik bilan munosabatda bo‘lishlarini taqozo etadi. Boshqacha aytganda,
kishilarimizda, ayniqsa, yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish
bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Aynan shu taraqqiyot
vositasidan ustamona foydalanib, qalblarni zabt etishda diniy omilning roli yuqori.
Shuning uchun ham turli diniy-ekstremistik va terrorchi uyushmalar o‘z g‘oyalarini
targ‘ib qilishda internetni eng samarali vosita sifatida qo‘llamoqda. Bunda diniy-
ekstremistik oqimlar o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun zamonaviy axborot
kommunikatsiyalaridan keng foydalanish, internet orqali turli tillarda targ‘ibot olib
171
borish va puxta ishlangan strategiya asosida virtual jamoatlar tuzish asosiy vazifaga
aylangan.
Masalan, bugungi kunda bir necha yirik terrorchi tashkilotlar o‘z saflariga faol
tarzda ijtimoiy tarmoqlar orqali asosan 17-35 yosh oralig‘ida bo‘lgan kishilarni
yollamoqda. Bunda psixologik ta’sir samaradorligini yanada oshirish maqsadida
ijtimoiy tarmoq a’zolarining sahifalari, qo‘yilayotgan rasmlar, sharh va izohlar
hamda olib borilayotgan suhbat mavzularini puxta o‘rganadi va shu asosda
«nishon»ga olingan shaxsga mavzuga oid materiallar internetning Facebook,
Odnoklassniki, VKontakte, Telegram, Twitter, WhatsApp kabi keng auditoriyaga
ega bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar orqali (yozma xabar, matn, fotosurat, stiker rasmlar,
audio-video rolik) jo‘natiladi va o‘zaro aloqa yo‘lga qo‘yiladi.
Yoshlar orasida mutaassiblikka yo‘g‘irilgan bunday forumlarning tobora
ommalashuvi hamda ularda turli ko‘rinishdagi buzg‘unchi «fatvo»larning berib
borilishi muammoning naqadar jiddiy ekanini namoyon etadi. Chunki dunyo
aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi. Yoshlar katta kuch hisoblanadi.
Ularning endi shakllanib kelayotgan ongiga nimani singdirilsa, o‘sha toshga
o‘yilgan naqshdek muhrlanadi. Shuning uchun ham radikal oqimlar aynan yoshlarni
tuzog‘iga ilintirishga harakat qiladi. Ulardagi ishonuvchanlik, kuchg‘ayrat,
qiziqqonlik ularning maqsadini amalga oshirishda qo‘l keladi. Shuning bilan birga,
bugungi kunda aksariyat yoshlarning qo‘lida internetga ulangan zamonaviy uyali
aloqa vositalari mavjud. Bu hol ularning yuqorida sanab o‘tilgan turli xil ijtimoiy
tarmoqlarga bevosita ulanish, do‘stlari va tanishlari bilan uzluksiz muloqot qilish
imkonini beradi.
Ayni paytda, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab
olinayotgan dastur ichida «WhatsApp», «Telegram» tarmoqlari yetakchi o‘rinni
egallaydi. Ilm-fanning yutug‘i bo‘lmish bu yangiliklar insonlarning uzog‘ini yaqin,
mushkulini oson qilayotgani shubhasiz. Shu bilan birga, bu kashfiyotlar dunyo
yangiliklaridan bir zumda voqif bo‘lish va ma’lumotlarni oson tarqatish imkonini
ham beradi. Biroq, mazkur tarmoqlarda millatlar va dinlar o‘rtasida adovatni keltirib
chiqaruvchi, nizoli vaziyatlarga sabab bo‘luvchi, shuningdek, insonlar orasida
vahima uyg‘otishga qaratilgan ig‘vo, fitna-fasod xabarlarning keng tarqatilayotgani
ko‘pchilikni tashvishga solishi tabiiy. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida urfga aylangan
mazkur muloqot tizimidan diniy-ekstremistik oqim a’zolari ham unumli
foydalanmoqda. Chunki internet orqali aloqa bog‘lashning osonligi,
foydalanuvchilar sonining ko‘pligi, aloqaning anonimligi, tashqaridan boshqarish va
tahrir qilish cheklanganligi, axborotlar qisqa muddatda keng makonda tez tarqalishi,
faoliyat sarf-xarajatlarining bir necha barobar kamligi terrorchi guruhlar uchun o‘z
tarafdorlari sonini ko‘paytirishning qulay jihatlaridan biri hisoblanadi.
Ming afsuski, bunday manfur kuchlar asosan ilm va ma’rifatdan yiroq, sof
diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmagan kishilarni, asosan yoshlarni jalb
etishga intilib, ijtimoiy tarmoqlar orqali «jihod», «takfir», «shahidlik», «hijrat»
tushunchalarini noto‘g‘ri talqin etgan holda o‘z Vatanlarini tark etishga urinmoqda.
Shuningdek, ayrim kimsalar tomonidan maqsadli ravishda islom mohiyatiga zid
bo‘lgan turli xil asossiz axborotlar, manbasi aniq bo‘lmagan diniy tusdagi xabarlar
172
yoki kishilarni vahimaga soluvchi foto va videolavhalar keng targ‘ib etilmoqda.
Bunda ba’zi yoshlarning axborot vositalari orqali tarqatilayotgan milliy va diniy
qadriyatlarimizga zid bo‘lgan xabarlar, aniq manbasi ko‘rsatilmagan, asossiz
axborot va ma’lumotlarga ishonib qolishayotgani, mulohaza qilmasdan ko‘r-ko‘rona
qabul qilayotgani undan ham keskin oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.
Bugun axborot iste’mol qilinadigan tovarga aylangan ekan, har bir inson
o‘zida uni iste’mol qilish madaniyatini tarbiyalashi lozim. Yoshlar shaxsiy
xarakterdagi axborot himoyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, o‘zi
foydalanayotgan salbiy axborotlardan himoyalana olishi zarur. Axborot iste’moli
madaniyati, eng umumiy ma’noda, axborot oqimidan inson manfaatlari, kamoloti
hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni qabul qilish, saralash,
tushunish va talqin etishga xizmat qiladigan bilimlar, qobiliyat va malaka tizimini
anglatadi. Inson o‘zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun u yoki bu axborotni
eshitar ekan, hech bo‘lmaganda «Bu axborotni kim uzatayapti?», «Nima uchun
uzatayapti?» va «Qanday maqsadda uzatayapti?» degan savollarni o‘z-o‘ziga
berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishi kerak. Shundagina turli g‘oyalar
ta’siriga tushib qolish, taqdim etilayotgan ma’lumotlarga ko‘r-ko‘rona
ergashishning oldi olinadi.
Shakllangan axborot iste’moli madaniyati milliy manfaatlarimiz va
qadriyatlarimizga zid bo‘lgan xabar, ma’lumotlarga nisbatan o‘ziga xos qalqon
rolini o‘taydi, shaxs dunyoqarashi va xulqidagi sobitlikni ta’minlashga xizmat
qiladi. Yosh avlodda bu jihatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bo‘lishi
lozimki, ular vertual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uning
taraqqiyotiga yordam beradigan axborotni tanlay olsin.
Axborot iste’moli madaniyatiga ega yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar
ta’siriga tushib qolmaydi, chunki ularda bunday axborotlarga nisbatan mustahkam
mafkuraviy immunitet shakllanadi. «Kimki axborotga ega bo‘lsa, u, dunyoga egalik
qiladi», degan fikr bugungi kunda barcha tomonidan e’tirof etilgan. Shunday ekan,
bugungi kunda yoshlarda axborot olami imkoniyatlaridan oqilona foydalanish
malakasini shakllantirish hayotiy-amaliy ahamiyatga ega.
Shu o‘rinda «Internetdagi tahdidlardan himoya» kitobi muallifi yoshlarning
turli oqimlarning ta’siriga tushib qolmasliklari uchun internetdan foydalanishda
quyidagi zaruriy ko‘rsatmalarga ahamiyat berishni tavsiya etadi:
- Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirish bilan o‘tkazishi
xatodir. Chunki, hech narsa jonli, haqiqiy va real muloqotlar o‘rnini bosa olmaydi;
- Internetdan foydalanuvchilar shaxsiy ma’lumotlarini turli ijtimoiy
tarmoqlar, bloglarga, elektron pochtalarga kiritishlari, g‘arazli maqsaddagi
kishilarga ayni muddao bo‘lib xizmat qiladi; - «o‘rgimchak to‘ri»da aqidaparastlikni
targ‘ib qiluvchi saytlar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday tahlikali zamonda
yoshlarga faqat «uz» domenidagi saytlardan foydalanish tavsiya qilinadi;
- Har qanday xabarni boshqalarga tarqatish kerak deyilsa, tarqatavermaslik
lozim.
Ba’zan islomiy iboralar aralashgan maktub keladi. Unda bu xatni shu
kechaning o‘zida, bir necha kishiga tarqatishingiz kerak. Shunday qilsangiz undoq
173
bo‘ladi. Qilmasangiz oqibati yomon bo‘lishi aytiladi. Aslida bu narsalarning bari
yolg‘on hisoblanadi. Darhaqiqat, islom dini ko‘rsatmalarida ham naql qilingan biror
xabarga ishonishdan avval uni tekshirib, aniqlab olish talab etiladi.
Jumladan, Qur’oni karimda shunday deyiladi: «Ey, mo‘minlar! Agar sizlarga
biror fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biror
qavmga aziyat yetkazib qo‘yib, (keyin) qilgan ishlaringizga pushaymon
bo‘lmasligingiz uchun (u xabarni) aniqlab (tekshirib) ko‘ringiz!» (Hujurot, 6). Bu
haqida Qur’oni karimning yana bir oyatida insonlar uchun muhim ko‘rsatma kelgan
bo‘lib, unda ham turli vositalar orqali olinayotgan xabar va ma’lumotlarga ko‘r-
ko‘rona ergashishdan qaytariladi: «(Ey, inson!) O‘zing (aniq) bilmagan narsaga
ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dilning har biri to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul
bo‘lur (javob berur)» (Isro, 36).
Demak, inson ko‘rgan, eshitgan har bir ma’lumotiga ishonishi, unga
ergashishi oqibatida Alloh oldida ham so‘raladi.
Payg‘ambarimiz Muhammad (alayhis-salom)dan rivoyat qilingan bir necha
hadislarda ham shunday deyiladi: «Xabarni tekshirish Allohdan, (unda)
shoshqaloqlik qilish shaytondandir», deganlar (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Shuningdek, Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan boshqa bir hadisda esa,
Rasululloh (alayhissalom): «Kishining yolg‘onchi ekanligiga uning eshitgan har bir
narsasini gapiraverishi kifoya qiladi» deganlar (Imom Muslim rivoyati).
Ta’kidlash lozimki, internetda buzg‘unchiliklarni targ‘ib qiluvchi veb-saytlar,
ijtimoiy tarmoqdagi guruhlar soni kun sayin ko‘paymoqda. Turli yolg‘on
ma’lumotlar ko‘paygan bir vaqtda to‘g‘ri va haqqoniy axborotni ajratish yo‘llarini
bilish lozim. Jumladan, bunday sharoitda ajdodlar tutgan yo‘lni tanlash kerak. Imom
Buxoriy hazratlari hadislarning sahih, zaif va to‘qimalarini ajratishda juda mohir
bo‘lganlari sir emas.
Rivoyat qilinishicha, Imom Buxoriy bir hadisning roviysi, ya’ni rivoyat
qiluvchisini qidirib topadilar. Lekin roviy bir hayvonni quruq qo‘l bilan aldab,
qo‘raga olib kirayotganini ko‘rib, suhbatlashmasdan qaytadilar va undan hadis
rivoyat qilmaylar. Demak, har bir olingan ma’lumotni tekshirib, asosli yoki asossiz
ekanini aniqlamay turib, o‘sha ma’lumotga qarab ish tutish islom mohiyatiga ko‘ra,
shayton yo‘liga kirish hamda yolg‘onchi bo‘lib qolish bilan barobar bo‘ladi. Chunki
bunda xabar tarqatayotgan kishining g‘arazli maqsadini amalga oshirishiga zamin
yaratib qo‘yiladi.
Yoshlarni turli xildagi yot g‘oyalardan asrashda quyidagilarga alohida e’tibor
qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Birinchidan, jamoatchilik fikrini chalg‘itayotgan, vayronkor axborotlar
tashqaridan kelayotganini nazarda tutib, muntazam ularga qarshi turish. Befarqlik
va sukut saqlash kayfiyatiga barham berish.
Ikkinchidan, har qanday hujumkor va buzg‘unchi g‘oyaga qarshi o‘z vaqtida,
mo‘ljalni aniq olib munosabat bildirish va bunda ehtirosga berilmaslik, ortiqcha
shov-shuvlarga yo‘l qo‘ymasdan vazminlik va bosiqlik, ayni paytda, uddaburonlik
bilan kuchlik ta’sir o‘tkazish usullarini qo‘llash, turli guruhar millatni yo‘q qilish,
ildizini qirqib tashlash maqsadida axborot tizimidan foydalanishga zo‘r bermoqda.
174
Mana shu jarayonda yoshlar o‘zining aqliy salohiyatini ishga solib, o‘zini o‘zi
himoya qilish va har qanday tajovuzlarga qarshi tura olish iqtidorini shakllantirishi
lozim.
Oxirgi paytlarda internet tarmoqlarida har xil asossiz axborotlar, yoshlar
ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan uydirma ma’lumotlar juda ko‘p tarqatilmoqdaki,
bularning ta’sirida yoshlar orasida bir-biriga nisbatan keskin adovatlar avj olishi
kuzatilmoqda.
Unutmaslik lozimki, axborot xurujlari – biron shaxsga, muayyan tashkilot
yoki davlatga qarshi yo‘naltirilgan g‘oyaviy ta’sir hisoblanadi. Uning asl maqsadi
o‘sha shaxs, tashkilot va davlatning tinchligini buzish hamda qora niyatiga yetishdir.
Yoshlarning barchasi internet tarmog‘idan faqat ilm yo‘lida foydalanmoqda desak,
yanglishamiz.
Afsuski, internetdan noto‘g‘ri, buzg‘unchilik va behayolikka doir
ma’lumotlarni olishda ham foydalanmoqda. Bu kabi noxush holatlardan so‘ng
yoshlar kelajakda qahri qattiq, mehrsiz, hayosiz bo‘lib yetishmaydi, deb hech kim
kafolat berolmaydi. Ma’lumki, ko‘plab sayt va tarmoqlar katta mablag‘lar evaziga
filtirlab qo‘yilgan va bu holatni ko‘p davlatlarda kuzatish mumkin. Albatta, ta’qiqlar
yoki filtr vositalari orqali odamlarni internet olamidagi turli kuchlarning xatarli
tahdidlaridan himoya qilish juda qiyin.
Shunday ekan, dunyoning turli mintaqa va hududlarida ro‘y berayotgan
ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ziddiyatli to‘qnashuvlarga teran qarash hissini oshirish,
har qanday ko‘rinishdagi tahdidlarga qarshi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon
talablari asosida tashkil etish, ayniqsa bu borada kelajagimiz hisoblangan yosh
avlodni, bir so‘z bilan aytganda har birimiz uchun muqaddas bo‘lgan oilamizni din
niqobi ostidagi yot g‘oyalar ta’siridan asrash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni
safarbar etish, bunda «fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi
ma’rifat bilan kurashish» har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
|