Din niqobidagi mafkuraviy tahdidlarning namoyon bo‘lish shakllari




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

 
3. Din niqobidagi mafkuraviy tahdidlarning namoyon bo‘lish shakllari.  
Yoshlarning faol ijtimoiy kuchga aylanib borayotgani bugungi kunda ularning 
turli mafkuraviy ta’sir va tazyiqlarning bosh obyektiga aylanishiga olib keldi. Bunda 
ularning jamiyatning hali yetarli tajribaga ega bo‘lmagan, tashqi ta’sirlarga tez 
beriluvchan va ayni paytda, eng harakatchan qatlami ekani inobatga olinmoqda.
Yoshlarning turli oqimlarga kirib qolishlari sabablari qatorida ularning 
bilimlari, shu jumladan, diniy ilmlarni egallashga bo‘lgan qiziqish va intilishi hamda 
ishonuvchanligi, birdaniga va hamma narsaga (boylik, shon-shuhrat, martaba va 
h.k.) ega bo‘lishga harakat qilishi, ilmiy tilda aytganda maksimalizm kabi ma’naviy-
ruhiy omillarni alohida ajratib ko‘rsatish lozim. «Sen bu tashkilotga kirish yoki 
mana bu vazifani bajarish bilan alohida, har kimga ham nasib qilavermaydigan 
sharafli ishga qo‘l urgan bo‘lasan, kerak bo‘lsa, sen millat, din, insoniyatning 
xaloskoriga aylanasan!», – degan qarashlarni singdirish jarayoni aynan mana shu 
kabi xususiyatlarga alohida e’tibor berilayotganini ko‘rsatadi. «Yoshlarning ongida 
qanday kayfiyat ustunligini aytsang, men senga keyingi avlodning tabiati qanday 
bo‘lishini aytib beraman», - deb yozgan edi siyosiy arboblardan biri. Shu nuqtai 
nazardan qaraganda, diniy ekstremistik oqimlar ham jamiyatning ertangi kunini 
belgilab beradigan avlod ongini egallash, nazorat qilishni ko‘zlab ish yuritmoqda 
deyish mumkin.
Qayd etish lozimki, so‘ngi yillarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari 
sohasidagi keskin rivojlanish insonlar bilan aloqa o‘rnatish va aloqalarni 
mustahkamlashning yangi usullarini yaratdi. Bu o‘zining mustaqil fikriga ega, 
texnika imkoniyatlaridan o‘z o‘rnida foydalanuvchilar uchun ulkan imkoniyatlar 
eshigini ochdi. Shu bilan bir qatorda, internet makonining turli o‘yinlar va videolar 
bilan boyitilgani dunyoqarashi shakllanayotgan, o‘yinqaroq bolalar va o‘smirlar 
uchun kundalik normal voqelik bo‘lsa, boshqalarga tashvish o‘chog‘iga aylandi. 
Internet tomonidan dastlabki taqdim etilgan imkoniyatlarda avvalo texnologik 
uzilishlarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi.
Vaqt o‘tishi bilan «butun dunyo o‘rgimchak to‘ri» inson ehtiyojlari va 
qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli mazmundagi axborotlar, ko‘ngilochar 
dasturlar orqali qulayliklar yaratdi. Bu esa o‘z navbatida internet hayotini 
ommalashuviga olib keldi. Albatta, yaratilgan bunday imkoniyatlar o‘z 
maqsadlariga yetishish uchun mutaassib oqimlar tomonidan ham keng 
foydalanilmoqda. Jumladan:
- Yangi a’zolarni jalb etish. Bunda veb-sahifalarga ko‘p kiradigan odamlar 
kuzatilib, o‘rganilib, oxir-oqibat ular bilan aloqaga kirishiladi hamda o‘z g‘oyalarini 


168 
sekin-asta singdirib, ularni o‘z domiga tortadilar. Shuningdek, mutaassiblar turli 
chatlar va forumlarda «o‘tkir» munozarali masalalarni onlayn tarzda muhokama 
etadilar va o‘zlariga o‘xshash fikrlaydiganlarni saralab, ular bilan aloqa o‘rnatadilar;
- Targ‘ibot maqsadida. Bunda terrorchilar o‘z buzg‘unchi g‘oyalarini 
tarqatishda keng ko‘lamda foydalanayotganini ko‘rish mumkin; 
- Mahoratni oshirish. Terrorchilar global tarmoq orqali qo‘lbola bombani 
yasash, o‘zini o‘zi o‘ldirish orqali ko‘pchilikka talofat yetkazish uslublarini muttasil, 
tizimli ravishda o‘rgatib boradi. Qo‘llanmalar video, audio va elektron kitob 
shaklida internetga joylashtiriladi; 
- Mablag‘ jamg‘arish. Bunda veb-sahifalar, chatlar va forumlarga ushbu 
tashkilotlarga aloqador bang hisob raqamlari joylashtiriladi va jihodiy faoliyatni 
qo‘llabquvvatlashga targ‘ib etiladi; 
- Psixologik ko‘rash. Terrorchilar internetdan aholi orasiga qo‘rquv-vahima 
solish, ruhiy ta’sir o‘tkazish va tartibsizlikka chaqirish maqsadida foydalanadi; 
- Terrorchilarni tayyorlash va ko‘rsatmalar berish. 
Terrorchilar o‘z maslakdoshlarini internet orqali ma’lumotlar va manbalar 
bilan ta’minlab boradi. Masofadan turib, ularga turli xil ko‘rsatma va topshiriqlar 
beradi; 
- Qo‘poruvchilikni rejalashtirish va boshqarish. Bunda terrorchilar o‘zlarining 
joylardagi hamtovoqlari bilan internet orqali terrorchi harakatlarni rejalashtiradi va 
ularning virtual to‘daboshisi masofadan turib ushbu harkatlarni boshqaradi.
Ma’lumki, buzg‘unchi kuchlar Youtube, Twitter, Facebook, Whatsapp, 
Instagram, Telegram kabilar vositasida yoshlarni o‘ziga jalb qilish, ma’naviyatini 
o‘zgartirish maqsadida turli xil suratlar va videolavhalardan foydalanadi. 
Shuningdek, bu chegarasiz muloqot maydonlarida ataylab, obro‘li, yaxshi insonlar 
haqida mish-mish gaplar tarqatib, ularning ustidan kulishadi va masxara qilishadi. 
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda buzg‘unchi kuchlarning yolg‘on, asossiz, soxta 
g‘oyalarni joylashtirayotgani, natijada, ayrim yoshlarni ota-onasiga, rahbarlarga 
qarshi kilib, Vataniga nisbatan nafrat uyg‘otib, ishi va o‘qishidan voz kechtirishga, 
boshqalarning foydasi uchun o‘z yurtida fitnalar chiqishiga sabab bo‘layotganini 
qayd etish lozim.
Albatta, fikr, so‘z erkinligi har bir insonning haqi, lekin bu axloq va qonun-
qoidalar, umumiy tushunchalar va chegaralarni anglash bilan o‘rnatiladi. Fitna-
fasodni tarqatish bu fikr erkinligi emas, balki jinoyatdir. Ta’kidlash lozimki, ota-
bobolarimiz dini bo‘lmish islom har doim odamlarni o‘z-o‘zini idora etishga, yaxshi 
xislatlarni ko‘paytirib, yomonlaridan xalos bo‘lishiga chorlagan, og‘ir sinovlarga 
bardosh berishga, yorug‘ kunlarga intilib yashashga da’vat qilgan, bir so‘z bilan 
aytganda, xalqimiz uchun ham imon, ham axloq, ham ma’rifat bo‘lib kelgan. 
Hozirda ham bu ma’rifat odamlarga ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat bag‘ishlab, o‘zaro 
mehroqibatlilik tuyg‘ularining kamol topishiga xizmat qilmoqda.
XXI asrga kelib diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash nafaqat bir 
davlat yoki mintaqa, balki jahon hamjamiyati uchun eng dolzarb masalaga aylandi. 
Shu jumladan, bizning yurtimizda ham begunoh kishilarning qoni to‘kilishi, obod 
joylar vayron bo‘lishi, aholi o‘rtasida vahima, parokandalik kelib chiqishining oldini 


169 
olish maqsadida bu kabi ishlarni amalga oshirmoqchi bo‘lganlarga qarshi qat’iy 
kurash olib borilmoqda.
Hozirgi kunga kelib mintaqada, xususan, O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy 
sohaning rivojlanishi diniy mutaassiblik xavfining oldini olishda muhim omil bo‘lib 
qolmoqda. Ammo g‘arazli kuchlar ham o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida yangi-
yangi uslublarni, hiyla-nayranglarni o‘ylab topishlari ham tabiiy. Bu kabi salbiy 
holatlarning paydo bo‘lishi va rivoj topishiga yo‘l qo‘ymaslik esa doimiy 
xushyorlikni talab etadi. Ming afsuski, diniy savodi past bo‘lgan ayrim kishilar 
o‘zlarini islom dinining jonkuyarlari qilib ko‘rsatuvchi, aslida esa, hokimiyatni 
egallashni maqsad qilib qo‘ygan turli oqim vakillarining quruq va’dalariga aldanib 
qolmoqdalar, hatto, o‘zlarini qurbon qilishgacha yetib bormoqdalar. Johillik ham 
mutaassib oqimlarning g‘arazli niyatlarini amalga oshirishiga zamin yaratadigan 
omillardan biriga aylandi.
Mamlakatimiz hududiga yashirin tarzda olib kirilayotgan ekstremistik ruhdagi 
adabiyotlar, internet tarmoqlarida tarqatilayotgan materiallardan ta’sirlanayotgan va 
to‘g‘ri yo‘ldan adashayotganlarning borligi ham buni tasdiqlaydi. O‘zini portlatish 
orqali begunoh kishilarning halok bo‘lishiga, qanchadan-qancha bolalarning 
yetimga aylanishiga sabab bo‘ladigan jafokorlik ham jaholatning o‘ziga xos 
ko‘rinishidir.
Darhaqiqat hozirgi kunga kelib diniy ekstremistik tashkilotlar keng tarmoqli 
tizimga aylanib ulgurdi. Bu chuqur o‘ylangan strategiyaning bir qismidir. Bunday 
kuchlar yoshlarimiz ongi va qalbini zabt etish maqsadida har qanday qabih 
yo‘llardan foydalanishga urinmoqda.
Yuqoridagi mulohaza va dalillar, diniy ekstremizm va mutaassiblikning asl 
qiyofasini ochib berib, mazkur harakatlarning nafaqat dunyoviy qonun-qoidalar, 
balki islom dini asoslariga ham zid ekanini ko‘rsatadi. Shunday ekan, bunday 
oqimlarga qarshi murosasiz kurash, terrorchilik harakatlarini amalga oshirayotgan 
mutaassib kuchlarning islom diniga mutlaqo yot, begona ekanini har tomonlama 
asoslash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunda farzandlarimiz dunyoning eng o‘tkir, faol, uddaburon, 
Vatanparvar yoshlariga aylanishi, ularni fidoiylik, vatanparvarlik, tadbirkorlik, 
millatparvarlik, sadoqatga o‘rgatish ko‘p jihatdan ota-onalarga ham bog‘liq. Bu 
borada, albatta, ota-onaga yordam berishda butun jamoatchilik – mahalla faollari, 
diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi
profilaktika noziri, Xotinqizlar qo‘mitasi va «Yoshlar ittifoqi» kabi tashkilotlarning 
joylardagi mas’ullari birgalikda faol ishlashlari kerak. Respublikamizda qaror 
topgan tolerantlik muhitini afkor ommaga obyektiv ko‘rsatib berish, e’tiqod 
erkinligi sohasida O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosatni keng targ‘ib qilish, 
diniy-ekstremistik oqimlar tomonidan targ‘ib qilinayotgan vayronkor g‘oyalarga 
qarshi islom manbalariga asoslangan ilmiy raddiyalar berish, diniy mutaassiblik 
tamoyillarining jamiyatga tahdidi, uning zamiridagi g‘arazli geosiyosiy maqsadlar, 
ularni amalga oshirayotgan buzg‘unchi kuchlarning kirdikorlarini fosh etishga 
qaratilgan ishlanmalar yaratish yoki ularni aholi orasida targ‘ib etish muhim 
ahamiyat kasb etadi.


170 
Demak, har bir insonning o‘z ishini sidqidildan amalga oshirishi, loqaydlik, 
beparvolikning oldini olishi, yonatrofida bo‘layotgan voqea-hodisalarga hushyorlik 
bilan qarab, Vatan tinchligi yo‘lida sergak va ogoh bo‘lib yashashi, yoshlarimizning 
ongu qalbini jaholatdan, yot va zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, 
ajdodlarimizga armon bo‘lib qolgan, biz erishgan mustaqillik va tinchlik-
osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashning muhim omili hisoblanadi. 
Buni hech qachon unutmaslik, tinchlik uchun doimo bor kuch va imkoniyatlarni 
safarbar etib yashash lozim.

Download 1,47 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Din niqobidagi mafkuraviy tahdidlarning namoyon bo‘lish shakllari

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish