«Kibermakon» tushunchasi va uning mazmunmohiyati




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

 
1. «Kibermakon» tushunchasi va uning mazmunmohiyati. XXI asr 
axborot asri deb e’tirof etilayotgani bejiz emas. Insoniyat tarixida ma’lumotning 
muhimlik darajasi bu kabi yuqori cho‘qqilarni zabt etmagan edi. Insonlarni yangi 
bilimlarni egallashga qiziqishi tobora ortib borayotgan globallashuv jarayonida 
ijtimoiy ongni zaharlashga qaratilgan tajovuzlar, mamlakatning axborot 
boshqaruvini izdan chiqarishga urinishlar tobora ortib bormoqda. Bunda yoshlarning 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish 
orqali ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizm, 
«ommaviy madaniyat» va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni 
shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday jarayonlarni amalga 
oshirishda esa kibermakon qulay muhit manbaiga aylanib ulgurgan. Kibermakon 
dunyo kompyuter tarmoqlarining «virtual» umumiy majmui. Ushbu atama 1984 
yilda Uilyam Gibsonning «Neyromant» («Neuromancer») romanida qo‘llanilgan, 
hozir esa global axborot makonini ifodalash uchun ishlatiladi. Telefon suhbatlari, 
«chatlar», turli onlayn bahslar, kompyuter aloqasi kibermakonda amalga 
oshirilmoqda.
Virtual voqelikka kirib borishning zamonaviy vositalari sifatida quyidagilarni 
aytish mumkin: internetga chiqish imkoniyati mavjud mobilm telefonlar; onlayn 
pultli o‘yinlar; video qurilmalar; tarmoqdan tashqarida foydalanish imkonini 
beruvchi dasturiy ta’minotlar. Bu kabi vositalar kibermakondan erkin foydalanish 
imkonini yaratish bilan bir vaqtda, mazkur makondagi xavf-xatarlarning ko‘z 
ilg‘amas darajada yuqoriligini anglatadi.
Qayd etish lozimki, kibermakonda diniy jarayonlar ko‘rinishlari quyidagi 
shakllarda namoyon bo‘ladi: muloqot, ma’lumot, ta’lim, tajriba, amaliyot, 
missionerlik, marketing, shifo va boshqalar. Internet imkoniyatlari insonlarning 
muloqotga kirishish va muayyan maqsaddagi fikrlar almashinuvidagi ijtimoiy 
tarmoqlarga bog‘lana olish imkonini beradi.
Dastlab tashkil etilgan jamoalar orasida Vikkanlar va neomajusiylar kabi 
noan’anaviy internet guruhlar bo‘lgan. Xaydi Kempbell tomonidan xristian 


164 
jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, insonlar onlayn 
jamoalarga muloqotga kirishish maqsadida a’zo bo‘ladilar. Bir qator olimlar virtual 
muloqotning xarakteriga bog‘liq muhim masalalarni ko‘targanlar. Uni shunchaki 
«ijtimoiy hayotning illyuziyasi» yoki «offlayn» dunyoda jamoalarning 
yaxshilanishiga olib keluvchi vosita sifatida e’tirof etganlar. Yetakchi diniy 
tashkilotlar ham hozirgi kunda a’zolar va a’zo bo‘lmaganlar orasida 
kompyuterlashtirilgan ma’lumot olishga ehtiyojning ortganini ta’kidlamoqda. Diniy 
ma’lumotlarni tarqatishda elektron diniy ma’lumot tarqatuvchi «bloggerlar» yoki 
«bloglar» kompyuterlashtirilgan muloqotning muhim jihati hisoblanadi. Jadal 
suratlarda «podkastlar», veb-saytdan MR3 pleyer, «i-Pod»larga yuklanayotgan 
audiodasturlar, xususan, ma’ruzalar ommalashmoqda. Avvallari tanqis, keng 
tarqalmagan muqaddas matnlar va undan keyingi o‘rinlarda turuvchi ma’lumotlar 
endilikda omma e’tiboridagina emas, balki istalgan kishi uchun veb saytlardan 
yuklab, ta’lim olish imkoniyati mavjud. Internetning «liminal makon»i ma’naviy 
yoki diniy tajribaga (absorbsiya, asketlik, eskapizm, yagonalik, muloqot) yangi 
imkoniyatlar ochib bermoqda.
Hozirgi kunda ofisda faoliyat yurituvchilar hayot tarziga monand 10 daqiqali 
ma’naviy mashqlar tajriba orttirishga imkon beradi. Zamonaviy sufiylar internet 
orqali bunday aloqalar vositasida murshid va murid o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar 
yaxshilanayotganini e’tirof etadilar. Internet-radio kabi yangi texnologik 
imkoniyatlar yordamida tinglovchilarni «psixonavigatsion sayohatga» chorlaydilar. 
Kompyuter-media vositalari diniy amaliyotga chuqur singib ketishi natijasida 
kibermakon muhim rituallar maydoniga hamda muayyan dinga targ‘ib qilish manbai 
va vositasiga aylangan. Bundan tashqari jamiyatdan uzoqlashgan ma’lum bir yoshlar 
va ayollarni kiber-ma’naviyat rasmiy ibodatxonalardan ko‘ra ko‘proq o‘ziga jalb 
etadi. Amaliy so‘rovlar esa mazkur jarayonlar kelajakda yoshlarni qamrab olishini 
ko‘rsatgan. Ammo ba’zilar internet jonli, ta’sirchan ma’ruza bilan bellasha 
olmasligini ta’kidlaydi. Shuningdek, onlayn-jamoalar tez suratlar bilan 
o‘zgarayotgan dunyoda «to‘g‘ri yo‘l»da bo‘lishning amaliyoti qanday bo‘lishiga oid 
savol va mulohazalarni muhokama qiluvchi muhim «maydon»ga aylandi.
Umumiy olganda kibermakon vaqt va makon chegarasini bosib o‘tish 
imkoniyatini kengaytiradi. Bu esa o‘z navbatida moliyaviy qiyinchiligi yoki 
jismoniy kamchiligi mavjud bo‘lgan ma’lum diniy amallarni amalga oshirish 
imkoniyatini oshiradi.
Muloqotga kirishishning yana bir ko‘rinishi bo‘lgan missionerlik, ma’lum 
diniy ta’limning o‘sishi va ta’siri doirasining kengligi bois alohida ko‘rib o‘tish 
zarur. Bugungi kunda din va e’tiqod erkinligi huquqi eng bahsli masaladir. 
Muammoli jihati shundaki, yangi murojaat qilganlarni dinga targ‘ib qilinishi 
agressiv ruhda amalga oshirilayotgani bilan belgilanadi. Muqaddas matnlarning 
marketingi internet orqali katta biznesga aylandi. Diniy va ma’naviy ehtiyojga mos 
keladigan barcha narsani sotib olish mumkin.
Diniy tanishuv saytlarida esa qalban mos insonni topish oddiy bosqichlarda 
amalga oshiriladi. Kompyuter media vositalarida kasalliklarga davo va 
muammolarga yechim topish keng rivojlanmoqda. Guru, yevangelistlar, 


165 
maslahatchi ekstrasenslarga duoli so‘rov yuborish yoki diniy va amaliy 
muammolarga javob topish mumkin. Bunga ko‘pchilikni murojaatning anonimligi 
va kuchli diniy yetakchining ishtiroki jalb etadi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan jarayonlar internet bugungi kundalik turmushimizga 
qay darajada chuqur singib borganini namoyon qilmoqda. Tobora kuchayib 
borayotgan globallashuv jarayonida ma’lumotning mazmuni va strategiyasini tahlil 
qilish muhim. Chunki, bunday xurujlar yoshlarning ma’naviy-axloqiy, psixologik 
dunyoqarashini, siyosiy nuqtainazari va e’tiqodini maqsadli ravishda o‘zgartirishga 
qaratilganligi hech kimga sir emas. Axborot xurujlari va kiber tahdidlardan 
himoyalanish, o‘z navbatida, ularga qarshi kurashish uchun har bir kishi hushyor va 
ogoh bo‘lishi, axborotni tahlil qila bilishi lozimligini davrning o‘zi talab etadi. 
Axborotlar oqimidan foydalanish bo‘yicha yoshlarda sog‘lom immunitetni hosil 
qilish, ijobiy tomonlarini o‘rgatish bilan birga, salbiy oqibatlaridan xabardor etish 
muhim.

Download 1,47 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Kibermakon» tushunchasi va uning mazmunmohiyati

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish