182
ibodatxonasi» nomli jamoa tuzishga erishadi. Sekta asoschisining turli «qiliq»lari
shahar jamoatchiligiga ma’lum bo‘lib qolgach, Jons «chirkinliklarga to‘la
shahar»dan ketib, Gayana changalzorlarida «Xudo Podshohligi»ni qurish
lozimligini e’lon qiladi.
Diniy sеktalar o‘z maqsadlariga erishish uchun amal qiladigan qoidalar:
- insonning ma’naviy va jismoniy kamolatga erishishga bo‘lgan intilishidan
foydalanish;
- aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanish;
- oxiratning yaqinligi bilan qo‘rqitish asosan yoshlar va moddiy ehtiyojmand
kimsalarni o‘z ta’sirlariga olish;
-yashirin faoliyat olib borish va sekta ichida bo‘layotgan voqealarning
ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib qolmasligini qattiq nazorat qilish.
1978 yili «Xudo Podshohligi»dagi holatni o‘rgangani borgan AQSH
Kongressi komissiyasi sekta izdoshlari «podshohlikda» juda og‘ir
sharoitlarda
yashayotgani, ularga qullardek munosabatda bo‘linayotgani, Jons barcha
«banda»larini o‘ziga ibodat qilishga majbur qilganiga guvoh bo‘ladi. Kirdikorlari
fosh bo‘lib qolganini bilgan sekta rahbari bir kunning o‘zida barcha izdoshlarini o‘z
jonlariga qasd qilishga majbur qiladi. Oqibatda Jonsga ishongan 912 kishi halok
bo‘ladi.
Shunga o‘xshash holat AQSHning Texas shtatidagi Ueyko shahrida Devid
Koresh tomonidan adventislik zamirida shakllantirilgan «Dovud avlodi» nomli sekta
tarafdorlari bilan ham sodir etiladi. O‘zini «Xaloskor» deb e’lon qilgan, jamoada
o‘zining mutlaq hokimiyatini o‘rnatib, barchaga o‘z mulkidek munosabatda bo‘lgan
sekta rahbari Ueyko shahrida qurilgan maxsus ranchoda izdoshlari bilan rohibona
hayot kechiradi. 1993 yilda politsiya tomonidan uni qo‘lga olish bo‘yicha amalga
oshirilgan tadbir davomida, qamalishni istamagan «payg‘ambar» o‘zi va barcha
sekta a’zolari joylashgan ranchoni portlatib yuboradi. Oqibatda 100ga yaqin kishi,
shu jumladan, 25 nafar bola halok bo‘ladi.
Bunday sektalar qatoriga 1992 yilda Xitoyda Lyu Xunchji tomonidan tuzilgan
va 2 milliondan ortiq tarafdori bo‘lgan «Falungun» sektasini ham kiritish mumkin.
Lyu Xunchji faqat o‘zinigina
zaminni halokatdan, kishilarni qiyinchiliklardan
qutqaruvchi, jismoniy va ma’naviy yetuklikka boshlovchi, gunohlardan forig‘
qilishga qodir, deb hisoblaydi. Jannat faqat uning tarafdorlarigagina nasib qilarmish.
Oxirat bilan qo‘rqitish markaziy o‘rinni egallagan Lyu Xunchji ta’limotiga ergashish
2000 dan ortiq kishining halok bo‘lishi, yuzlab odamlarning ruhiy kasallikka
chalinishiga sabab bo‘lgan.
Buddizm doirasida shakllangan «Aum Sinrikyo»ning 1995 yilda Tokio
metrosida tinch aholiga nisbatan gaz hujumi uyushtirishi oqibatida 12 kishi halok
bo‘lgani, AQSHda paydo bo‘lgan «Osmon darvozasi» sektasi a’zolaridan 60 dan
ortiq kishi o‘z joniga qasd qilgani, Ugandada yuzaga kelgan «Xudoning o‘nta
buyrug‘ini qayta tiklash harakati» sektasi qurbonlari soni 1000 dan ziyodni tashkil
etgani ham bunday sektalar faoliyatining mudhish oqibatlaridan dalolat beradi.
Hozir ayrim rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan yoki norasmiy
faoliyat yuritayotgan
noislomiy diniy jamoalarning vakillari tomonidan ham missionerlik faoliyati amalga
183
oshirilishi kuzatilmoqda. Missionerlar aksariyat holatlarda o‘z jamoasiga jalb
qilishda turli o‘qish kurslarini ochib, o‘z diniga targ‘ib qilish, xorijga o‘qishga yoki
ishga jo‘natish, yoz faslida bolalarni dam olish lagerlariga jalb qilish, hayriya
yordam ko‘rsatish, bepul tibbiy yordam berish va gazeta, jurnal, kitoblar tarqatish
kabi usullardan foydalanmoqda. Ularning diniy ta’limotida Davlat ramzlarini humat
qilish, Konstitutsion burchni bajargan holda harbiy xizmat o‘tash, jamoat ishlarida
qatnashish man etilgan. Bunday holat xalqimiz uchun noan’anaviy bo‘lgan diniy
jamoa va sekta vakillarining maqsadi jamiyatimiz a’zolarini fuqarolik faolligini
so‘ndirish va qaram qilib olishga yo‘naltirilganidan yaqqol dalolat beradi.
Shuningdek, ayrim noislomiy diniy jamoalarda ushbu jamoaga a’zo bo‘lgan shaxs
bilan oila qurishi, jamoadan tashqaridan kelayotgan barcha ma’lumotlarni yolg‘on
va zararli deb bilish belgilab qo‘yilgan, ba’zilarida
oila qurish umuman
ma’qullanmay, ular daromadlarining deyarli barchasini ushbu jamoa rahbariyatiga
topshirishi lozim. Ushbu faktlar mazkur diniy jamoalardagi tartib shaxs, oila va
jamiyat uchun naqadar zararli ekanini tasdiqlaydi.
Umuman olganda, yuqoridagi kabi sektalar, missionerlik tashkilotlari
faoliyatiga chek qo‘yish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib
qolmoqda. Bir qator mamlakatlarda sektalar va missionerlar faoliyati natijasida jabr
ko‘rganlarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish maqsadida maxsus markazlarning
tuzilgani, afsuski, yuqoridagi kabi holatlarning ko‘payib
borayotgani va xatarli
ko‘lam kasb etib, jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy muhitga o‘ta salbiy ta’sir
ko‘rsatayotganini kuzatamiz.
Shuningdek, missionerlikning milliy hayotga tahdidi xususida ham to‘xtalib
o‘tish lozim. Sir emaski, din milliy ma’naviyatning tarkibiy qismi, millatni
birlashtirib turuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Bir tilda gaplashadigan,
umumiy tarix va yagona davlatga ega bo‘lgan, ammo
turli dinlarga yoki diniy
yo‘nalishlarga e’tiqod qiladigan millatlar hamon ichki milliy birlikni ta’minlay
olmayotgani, kichkina bir sabab qayta - qayta nizoli vaziyatlar va fuqarolar
urushining kelib chiqishiga zamin yaratayotgani va mamlakatlar o‘z taraqqiyotida
o‘nlab yillarga orqada qolib ketayotgani ham shunday xulosa chiqarish imkonini
beradi.
Livan aholisining 90 foizdan ortig‘ini arablar tashkil etadi. Rasmiy til arab tili
hisoblanadi. Ammo livanliklarning bir qismi islomga (sunniy, shia, druz), qolgan
qismi xristianlikka (maroniy, pravoslav, katolik) e’tiqod qilishi natijasida milliy
birlikni ta’minlash qiyin kechmoqda. Mamlakatning amaldagi qonunchiligida davlat
boshqaruv idoralarining diniy belgilar asosida shakllantirilishi
mustahkamlab
qo‘yilgani esa, ko‘pgina hollarda xilma-xil omillar ta’sirida uning to‘laqonli
faoliyatiga to‘siq bo‘lmoqda.
Musulmonlar va xristianlar o‘rtasida vaqti-vaqti bilan kelib chiqayotgan
fuqarolar urushi esa bu birlikni ta’minlashni yanada mushkillashtirayotgani
fikrimizning isboti bo‘la oladi.
Turli millat va din vakillari istiqomat qilib kelgan Yugoslaviyaning Serbiya,
Sloveniya, Xorvatiya, Makedoniya, Chernogoriya,
Bosniya va Gersegovina kabi
184
davlatlarga parchalanib ketgani ham etnokonfessional ziddiyatlar qanday og‘ir
oqibatlarga olib kelishi mumkinligining hayotiy-amaliy ifodasidir.
Masalaning ana shu jihatiga e’tibor berilsa, missionerlik harakatlari ortida
diniy zaminda millatni ichidan bo‘lib tashlashga qaratilgan g‘arazli siyosiy
maqsadlar yotganini va u keltirib chiqaradigan fojialarni anglab yetish mumkin.
Bu, missionerlar o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlarga erishadigan bo‘lsalar
ular faoliyat olib borayotgan mamlakatda ham xalqning parokandalikka yuz tutishi
va ma’naviy tanazzulning kelib chiqishi mumkinligi haqida xulosa chiqarish
imkonini beradi.