185
xususiy tartibda diniy ta’limotdan saboq berish bilan bog‘liq
harakatlar sodir
etilganda belgilangan eng kam ish haqining tegishli miqdoridagi jarima solinishiga
yoki belgilangan muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi haqidagi
qoidalar mustahkamlab qo‘yilganini ta’kidlash zarur.
Amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, muayyan hollarda birinchi marta qonunni
buzgan shaxs yoki tashkilotga ma’muriy jazo qo‘llaniladi. Agarda o‘sha shaxs yoki
tashkilot shundan keyin ham qonunni buzishda davom etsa,
unga endi jinoyat
kodeksidagi choralar qo‘llaniladi. Masalan, «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat
kodeksi» normalariga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik
to‘g‘risidagi kodeksi»ning yuqorida qayd etilgan bandlaridagi harakatlar ma’muriy
jazo qo‘llangandan keyin yana sodir etilsa, bu «O‘zbekiston Respublikasining
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi»da belgilanganidan ko‘ra og‘irroq
jazolar qo‘llanishiga olib keladi.
Shu bilan birga, «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi»da
«O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi»da
nazarda tutilmagan bir qator harakatlar uchun ham jazolar belgilanganini qayd etish
zarur. Jumladan:
- voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga
jalb etish;
- voyaga yetmagan bolalarni ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning
o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o‘qitish;
- dindorlardan majburiy yig‘im undirish va soliq olish;
- diniy ta’lim olishda hamda fuqaro dinga nisbatan, dinga e’tiqod qilish yoki
e’tiqod qilmaslikka nisbatan, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda
qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan o‘z munosabatini belgilayotgan paytda
majburlash bilan bog‘liq diniy faoliyat yuritish;
- g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof
ravishda tuzish yoki ularning faoliyatini tiklash;
- g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki tashkilotlari
faoliyatida faol
qatnashish bilan bog‘liq harakatlar belgilangan eng kam ish haqining tegishli
miqdorida jarima solinishiga yoki belgilangan muddatga axloq tuzatish ishlari, yoki
qamoq yohud ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qo‘yilgan.
Mamlakatimizda missionerlik va prozelitizmning oldini olish, ayniqsa
yoshlarni bunday zararli oqimlar domiga tushib qolishlarining oldini olish bo‘yicha
tizimli chora-tadbirlar amalga oshirishni taqozo qilmoqda.
Bu vazifani
muvaffaqiyatli hal etishda yosh avlodni hozirgi davrda mamlakatimizda din
sohasida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, yaratilgan imkoniyatlar bilan muntazam
asosda tanishtirib borish muhim ahamiyatga ega.
Shu bilan birga, qiziqishlari, bilim darajalarini inobatga olgan va differensial
yondashgan holda yoshlarning din, shu jumladan, xalqimiz asrlar davomida e’tiqod
qilib kelgan islom dini haqidagi bilimlarni va milliy-diniy an’analar asoslarini
sog‘lom asosda egallashlariga ko‘maklashish
ham bugungi kunning dolzarb
vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Bunday bilimlar obyektiv bo‘lishi, voqelikni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishi va
o‘z mohiyatiga ko‘ra, Vatan va millat manfaatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lmog‘i
186
kerak. Yoshlarimizning missionerlikning mohiyati haqida xolis va yetarli bilimga
ega bo‘lishlari unga qarshi immunitetni shakllantirishning asosiy shartlaridan biri
hisoblanadi.
Tahlillar hech bir mintaqa, hech bir davlat bunday tahdiddan xoli emasligini
ko‘rsatadi. Bunday holatlarning oldini olish uchun esa missionerlikning mohiyatini
to‘g‘ri va chuqurroq anglash, uni bartaraf etish yo‘lida maqsadli, tizimli va tadrijiy
faoliyat olib borish zarur bo‘ladi. Egallangan bilimlar qanchalik xolis va chuqur
bo‘lsa, uning zamirida yuzaga keladigan baholar,
qadriyatlar ham shunchalik
mustahkam bo‘ladi. Shakllangan qadriyatlar tizimi esa turli tahdidlarning oldini
olishga xizmat qiladi.