180
ma’lumot olish uchun tashkilot manzili yoki telefoni keltiriladi. Risolani o‘qigan va
diniy bilimi sayoz bo‘lgan inson uning ta’siriga tushishi mumkin. Ma’lumotlarga
ko‘ra, «To‘liq injil xristianlari» oqimi yangi vakillarining yarmidan ko‘pi dinni
qabul qilishlarini xristian adabiyotlari ta’siri bilan bog‘lashadi. Adabiyotlarni olib
kirish va tarqatish ko‘pincha mavjud qonunlarga zid ravishda amalga oshiriladi.
Tajribali missionerlar o‘z maqsadlari yo‘lida hatto o‘zbek mumtoz adabiyotdan ham
«unumli» foydalanayotganini ko‘rsatadi.
Xususan, ular o‘z maqsadlari yo‘lida badiiy adabiyot namunalari mazmunini
buzib talqin qilishdan ham toymayotganiniqayd etish lozim. Ayrim missionerlar
respublikamizda masihiylikni targ‘ib qilishda Alisher Navoiy she’rlaridagi muayyan
misralardan foydalanishga intilayotgani ham fikrimizning tasdiqlaydi.
Masalan:
Bir qadah bersang, qo‘yarmen butqa yuz, ey piri dayr,
Ikkisin olib, boshimg‘a hasbatan lilloh, kel.
Garchi kelmay-kelmay o‘lturding Navoiyni valek,
Ey Masih, oning mozori boshig‘a goh-goh kel.
Bu ikki baytning asl mohiyatini tushunib olish uchun avval u qaysi g‘azaldan
yulib
olinganini aniqlash, keyin o‘sha g‘azal matnini tahlil qilish zarur. Chunki
baytlar o‘rtadan uzib olinsa, ulardan ko‘zlangan asl maqsad ochilmay qoladi.
Oqibatda uning turlicha talqinlariga yo‘l ochiladi. Bu ikki bayt Alisher Navoiyning
«Xazoyin ul-maoniy» lirik to‘plamidagi «Favoyid ul-kibar» deb nomlangan
to‘rtinchi devonning 387-g‘azalidan yulib olingan. G‘azal baytlarining nasriy bayoni
quyidagicha: Bir qadah bersang, butga yuz qo‘yaman, ey dayr (butxona, mayxona)
piri, Ikkisini (qadah bilan butni) olib, Xudo haqi, boshimga kel.
Garchi kelmay-
kelmay, Navoiyni o‘ldirding, lekin, Ey Masih (Iso), u(Navoiy)ning mozori boshiga
ba’zan ba’zan kel.
May, jumladan, uning idishi bo‘lmish qadah orqali tasavvufiy she’riyatda ishq
ko‘zda tutiladi. Dayr piri mayxonada qadah tutgani singari, lirik qahramon pirdan
ishq mayi quyishini istayapti. Bundan tashqari, tasavvufda pir muridni Alloh ishqi
yo‘lida tarbiyalaydi. Murid, piri buyursa, may iste’mol qilishi, hatto, butga yuz
qo‘yishi ham mumkin. Ishq oshiqni pirning har qanday buyrug‘i bajarishga tayyor
holga yetgani, ishqi kamol topganiga ishora bor. Ammo bu yerda hech ham
nasroniylik targ‘ibi mavjud emas. G‘azalda yorning kelmay-kelmay, Navoiyni
o‘ldirgani aytilib, Masihdan mozori boshiga ba’zan-ba’zan kelib turishi so‘raladi.
Xo‘sh, nega aynan Masihdan so‘ralyapti?
Birinchidan, «Masih» deganda ham
zimdan Yor ko‘zda tutilgan, bevosita Iso payg‘ambarning o‘zi emas. Chunki lirik
qahramon Yorga oshiq, Iso payg‘ambarga emas. «Yor» deganda esa, albatta, Alloh
taolo ko‘zda tutiladi. Yorni tasavvuf shoirlari ba’zan «sanam» deb ham tilga olib
ketaveradi. Bu yerda esa Masih bekorga tilga olinmayapti. Tasavvuf ramziyotida
Masih – ruh ramzi. Shuning uchun uni ba’zan «Ruhulloh», ya’ni «Allohning ruhi»
deb ham nomlashadi. Lirik qahramon aynan Alloh ruhining mozoriga yo‘qlab kelib
turishini istayapti. Demak, bu tasvirlarning nasroniylikka hech qanday aloqasi yo‘q.
Chunki, islom ta’limotiga ko‘ra, 124 ming payg‘ambarning hammasi – islom
181
payg‘ambarlari. Shuningdek, Dovud (a.s.)ga
tushirilgan Zabur, Muso (a.s.)ga
tushirilgan Tavrot, Iso (a.s.)ga tushirilgan Injil ham, xuddi Muhammad (alayhis-
salom)ga tushirilgan Qur’on kabi samoviy kitoblar hisoblanadi. Faqat bir narsani
yoddan chiqarmaslik kerakki, Tavrot tushganda Zabur,
Injil tushganda Tavrot,
Qur’on tushganda Injil mansux, ya’ni bekor qilingan.
Navoiy asarlarida uchraydigan Muhammad (alayhissalom)dan oldin o‘tgan
payg‘ambarlar haqidagi talqinlarni hozirgi jahon dinshunosligi mezonlari bilan
baholash ko‘pdan-ko‘p xato talqinlarga asos bo‘lishi mumkin. Buni hech qachon
yoddan chiqarmaslik kerak.
Shu xulosalardan kelib chiqilsa, Alisher Navoiyning:
La’lini sevdum, ko‘zining qatlidin qayg‘urmog‘um,
Ne g‘am o‘lmaktin, kishi bo‘lsa Masiho birla do‘st, –degan baytida ham aynan
kishi o‘lganidan keyin ruhi qolishigasuyanilgani uchun ham Masiho tilga olingan.
Lirik qahramon yorning la’l(lab)ini sevganini, ko‘zining qatl etishidan
qayg‘urmaslik lozimligini ta’kidlab, o‘limdan g‘am chekmaslikka undayapti,
chunki, uningcha, o‘lgandan keyin kishi Masiho (ya’ni ruh) bilan do‘st bo‘ladi.
Demak, yuqoridagi misralar «talmeh san’ati»ning, ya’ni joy, tarixiy shaxslar,
payg‘ambarlar, avliyolar nomlarini o‘z fikrini ifoda
etishi uchun badiiy tasvir
vositasi sifatida ishlatishning yorqin namunasidir.
Shuningdek, Missionerlik tashkilotlari xristianlikni targ‘ib qilishda audio,
video va elektron mahsulotlar, ro‘znoma va oynomalar, teledasturlar,
internetda
onlayn o‘quv kurslari tashkil etish yo‘llaridan foydalanmoqdalar. Missionerlik
mazmunidagi SD disklar ishlab chiqarish va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi qator
xalqaro agentliklar ham faoliyat yuritmoqda. Bunday yirik tashkilotlardan biri –
Global Recordings kompaniyasi bo‘lib, u 21 milliy agentlikni birlashtiradi hamda
4562 til lahjalarida mahsulot ishlab chiqaradi.
Yevropa va Amerika qit’alarida missioner da’vatchilar mashhurlik borasida
shou-biznes va kino yulduzlaridan qolishmaydilar. Ma’lum bo‘lishicha, televideniye
orqali da’vat qilishdan eng ko‘p Adventist va To‘liq injil xristianlari jamoalari
foydalanadi.