MISSIONERLIK FAOLIYATIDA IJTIMOIY TABAQALAR BILAN




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

2. MISSIONERLIK FAOLIYATIDA IJTIMOIY TABAQALAR BILAN 
ISHLASH STRATEGIYASI.
Missionerlar makon va zamonga moslashgan holda o‘z uslub va vositalarini 
doimiy takomillashtirib kelganlar. So‘nggi vaqtlarda ular ma’lum bir ijtimoiy 
qatlamni ajratib olib, maqsadli ish olib borishga intilmoqdalar. Jumladan, 
missionerlar asosiy e’tiborni aralash millat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, 
ilgari hech bir dinga e’tiqod qilmagan, og‘ir xastalikka, judolikka, moddiy 
qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya’ni 
moddiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar. 
Ziyolilarning turli qatlamlari ichida san’at sohasi xodimlari, kutubxonachilar, 
o‘rta maktab o‘qituvchilari, turli idoralar xizmatchilari faol missionerlik targ‘iboti 
obyekti sifatida tanlanayotganini ham qayd etish lozim. Bunday yondashuvda o‘ziga 
xos mantiq bor. Masalan, prozelit san’atkor san’atning hissiy-emotsional ta’sir 
quvvatidan foydalanib, e’tiqodiy bosim o‘tkazishda yuqori samaradorlikka erishishi 
mumkin bo‘lsa, e’tiqodini o‘zgartirgan kutubxonachida esa «o‘lja» sifatida 
tanlanganlar bilan yakka tartibda ishlash imkoniyati mavjud bo‘ladi. 
Missionerlarga tabiatan ishonuvchan, tashqi ta’sirga moyil bo‘lgan va ayni 
paytda, hayotda sabr-bardoshli va fidoiy bo‘lish bilan bir qatorda hamisha ma’naviy-
ruhiy ko‘makka, qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan ayollarga ham alohida 
e’tibor bilan qaramoqdalar. Ularning maqsadi jamiyatda beqarorlikni keltirib 
chiqarish, ijtimoiy va milliy totuvlik asoslariga rahna solishdir. 
Qayd etilgan misollar ham missionerlik obyekti sifatida tanlanayotgan 
qatlamlar doirasi muntazam ravishda kengayib borayotganini ko‘rsatadi. 
Missionerlar o‘zlarining targ‘ibotchilik faoliyatini kuchaytirish maqsadida xilma-xil 
va turli davrlarga mo‘ljallangan dasturlar ishlab chiqqanlar.
Xristian nazariyotchisi Luis Bush xristian missionerlari alohida e’tibor 
qaratishi lozim bo‘lgan hudud - shimoliy kenglikning 10 va 40-parallellari orasida 
joylashgan, deb hisoblab, uni «10/40 OYNA», deb atagan edi. Ushbu parallellar 
orasi esa buddaviylik konfutsiylik xinduiylik, islom, sintoiylik va daosizm dinlari 
keng tarqalgan hududlar hisoblanadi. Bu hududda Osiyoning 40 ga yaqin, Afrika 
qit’asining 20 dan ortiq davlati joylashgan. Missionerlikda eng avvalo hududlarga 


178 
xos xususiyatlar inobatga olinadi. Masalan, «10/40 OYNA» hududiga kiruvchi 
mamlakatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, aholisining diniy qarashlari, turmush 
tarzi, missionerlik faoliyatini olib borishda e’tibor berilishi zarur bo‘lgan jihatlar 
xaqida batafsil ma’lumotlar shakllantirilgan. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda dunyodagi 3000 ga yaqin etnik guruhlar 
to‘laqonli faoliyat yuritadigan cherkovlarga ega emas. «Uiklif» xalqaro xristian 
missiyasi «Xushxabar»ni 600 dan ortiq tilga tarjima qilgan. Ularning harakatlari 
natijasida 45 million kishi «Muqaddas kitob» tarjimasi bilan tanishgan. Hozirgi 
kunda ushbu missiya dunyo bo‘yicha mavjud 6913 ta til guruhidan 1376 tasida ish 
olib bormoqda. Bunda avvalo tilning lingvistik tadqiqoti amalga oshiriladi va bu ish 
oxir-oqibatda «Injil» ni o‘sha tilga tarjima qilish bilan yakunlanadi. Missiyaning 
dunyoning 60 davlatida faoliyat yuritayotgan 5277 ta va maxsus tayyorgarlikdan 
o‘tayotgan 442 ta missioneri oldiga ana shunday vazifa qo‘yilgan. 
Dunyo xalqlarini injillashtirish bo‘yicha mavjud rejalar haqida ham ta’kidlash 
lozim. 2002 yilda nashr etilgan AQSHda «Butunjahon xristianligi tendensiyasi» 
kitobida 2000 yilgi ko‘rsatkichlar va 2025 yilgacha erishishi lozim bo‘lgan holat 
qiyosiy tahlil qilingan. Xususan, unda yozilishicha:
- Yer yuzi aholisining «Injil» bilan tanishtirilishi 73,1 foizdan 100 foizga 
yetkazilishi; 
- dunyo aholisi tarkibidagi xristianlarning ulushi 33 foizdan 40 foizga o‘sishi; 
- xristianlarning 10 foizini tashkil qilgan missionerlarning ulushi 20 foizga 
ko‘tarilishi; 
- xristianlar o‘z daromadlarining 1,8 foizini cherkov hisobiga o‘tkazib 
kelishgan bo‘lishsa, bu ko‘rsatkich 3 foizga yetkazilishi; 
- har 3000 kishiga 1 ta missioner to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich har 1000 
kishiga 1 ta missionerni tashkil etishi; 
- cherkov mavjud bo‘lmagan, aholisi 50 000 dan ortiq 116 ta shaharning 
barchasida cherkovlar yuzaga kelishi; 
- cherkovlar tuzilmagan 1000 dan ortiq etnik guruhning har birida cherkovlar 
tashkil etilishi; 
- Yo umuman tarjima qilinmagan, yoki qisman tarjima qilingan barcha tillarga 
«Injil» tarjima qilinishi lozim. 
Real vokelik va missionerlar tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlarni 
o‘rganish, afsuski, bu rejalarda belgilangan maqsadlarga asta-sekin bo‘lsa-da, 
erishilayotganini ko‘rsatadi. 
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, missionerlikda yoshlarga alohida e’tibor 
berilayotganini ta’kidlash lozim. Yoshlarning faol ijtimoiy kuchga aylanib 
borayotgani bugungi kunda ularning turli mafkuraviy ta’sir va tazyiqlarning asosiy 
obyektiga aylanishiga olib keldi. Bunda ularning jamiyatning hali yetarli tajribaga 
ega bo‘lmagan, tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan va ayni paytda, eng harakatchan 
qatlami ekani inobatga olinmoqda. Missionerlikning taniqli nazariyotchisi Patrik 
Djonstoun talaba yoshlarni missionerlik faoliyatining asosiy obyekti deb qarab, 
o‘zining «Dunyo operatsiyasi» kitobida shunday yozadi: «Butun dunyoda 
universitet va kollejlarda 37 million talaba tahsil oladi. Ularning ko‘plari 20 yildan 


179 
so‘ng yirik mansablarni egallashadi». Ushbu fikrlar missionerlarning jamiyatning 
ertangi kunini belgilab beradigan avlod ongini egallash, nazorat qilishni ko‘zlab ish 
yuritayotganini anglash imkoniyatini beradi. 
Xayriya yordamlari ko‘rsatish ham missionerlikdagi eng qadimiy va samarali 
usullardan biri hisoblanadi. Bunda turli tadbirlar uyushtirilib, ularga asosan yoshlar 
jalb etiladi. Beg‘araz deya taqdim etilayotgan, aslida jamiyatning yordamga muhtoj 
qatlamlarini aniqlash va so‘ngra ular bilan maqsadli ish olib borishni ko‘zlaydigan 
bunday harakatlar hatto «Yangi yil», «Navro‘z», «Xotira va qadrlash kuni» kabi 
xalqimizda keng nishonlanadigan bayramlar davomida ham g‘arazli maqsadlarda 
amalga oshirilishi kuzatilgan.
Missionerlar o‘zlari ko‘rsatayotgan «yordamni» shu bayramlar ruhiga 
moslashtirishga ham harakat qilmoqda. Uyma-uy yurib «Xushxabar» yetkazish 
usulining o‘ziga xos xususiyatlari. Bu usul missionerlarga odamlar bilan kunning 
dolzarb masalalari haqida suhbatlashish, ularning dardlariga qiziqish bildirish va 
ushbu muammolardan chiqish yo‘llarini ko‘rsatib berishni taklif qilib, o‘z 
tashkilotlariga jalb qilishga asoslanadi. Bu missionerlikni amalga oshirishda eng 
yaxshi samara beradigan va katta mablag‘ talab qilmaydigan usullardan biri 
hisoblanadi. Masalan, ushbu usuldan faol foydalayotgan «Iyegovo shohidlari» oqimi 
a’zolari, o‘zlarini go‘yoki, Iso Masih o‘z havoriylariga buyurgan yo‘ldan 
foydalanayotganlarini da’vo qilib, muayyan hududda «tayanch nuqta»ni 
shakllantirish va unga suyangan holda yaqin qo‘shnilar orasida uyma-uy yurib 
adabiyotlarni tarqatish, maktab o‘quvchilari va yoshlar orasida targ‘ibot ishlarini 
olib borishga alohida e’tibor bermoqda. Bunday maqsadli faoliyat natijasida 
iyegovochilar soni yildan yilga ortib bormoqda va bugungi kunda dunyo bo‘yicha 
qariyb 7 millionni tashkil etmoqda.

Download 1,47 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 MISSIONERLIK FAOLIYATIDA IJTIMOIY TABAQALAR BILAN

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish