Tasavvuf tushunchasi va uning mohiyati. Tasavvufning kelib chiqishi,  mazmuni va rivoji.  19




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

18. Tasavvuf tushunchasi va uning mohiyati. Tasavvufning kelib chiqishi, 
mazmuni va rivoji. 
19. Konfessiya tushunchasining mohiyati va O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi 
diniy konfessiyalarning tasnifi. 
20. Diniy tashkilotlarning zamonaviy dunyoviy meʼyorlarga moslashuvining 
ahamiyati. 
21. Vijdon va eʼtiqod erkinligining taʼrifi. 
22. Islom va boshqa diniy aqidalar sinkretlashuvi natijasida shakllangan diniy 
taʼlimotlar tarixi. 
23. Kiber makon, kiber terrorizm, kiber zoʼravonlik (cyberbullying) 
tushunchalarining mohiyati. 
24. Ijtimoiy tarmoqlarda diniy axborot ist’emoli madaniyatini tarbiyalashning 
zarurati. 
25. Missionerlik targ`botida uslub va vositalarning zamonaviylashuvi: kiber 
makonda mafkuraviy tahdidlar. 
26. O‘zbekistonda faoliyati kuzatilgan missionerlik harakatlari va ular 
faoliyatining oqibatlari. 


189 
27. Diniy aqidaparastlik (fanatizm), ekstremizm paydo bo‘lishining ijtimoiytarixiy 
zaminlari va rivojlanishi. 
28. O‘zbekiston davlat siyosatida radikal oqimlarga qarshi kurashning 
yo‘nalishlari. 
29. O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash tajribasi. 
30. O‘zbekiston yoshlarining diniy manbalardagi axloqiy tarbiyaga oid g`oyalarni 
o`rganishning ahamiyati. 
 
 
 


190 
IV. Glossariy. 

ABORIGЕN – biror joyning tub aholisi. 

ABXIDXARMAPITAKA buddizmning muqaddas kitobi Tripitakaning 
falsafa va psixologiyaga oid qismi. 

AVЕSTO (qad. eron-pahlaviy. «o’rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-
qoidalar») zardushtiylikning muqaddas kitobi. 

ALTAR (lot. «baland») xristian cherkovida ibodatxonaning mehrob va 
minbar o’rnatilgan eng baland qismi.

AL-HAJAR AL-ASVAD (arab. «qora tosh») Ka’baning janubiy-sharqiy 
burchagida yerdan 1, 5 m. balandlikda o’rnatilgan muqaddas tosh. 

ANSORLAR – (arab. «yordam beruvchilar») ilk islom tarixida Makkadan 
hijrat qilgan Payg’ambar va muhojirlarga yordam bergan madinalik 
musulmonlar. 

ARAFOT – (arab. «tanimoq, bilmoq» fe’lidan) Makka shahrining sharq 
tomonidagi tepalik. Rivoyatlarga ko’ra, jannatdan tushirilgan Odam Ato va 
Momo Havvo yerda ilk bor mana shu tepalikda uchrashganlar. Shuning 
uchun ham uni «Arafot» - «Tanishuv» deb ataganlar. Haj mavsumida barcha 
hojilar qurbon hayitidan oldingi kun tongdan kun qaytgunga qadar shu 
tepalik atrofidagi maydonda turishlari farz. Shu sababli hayitdan oldingi kun 
«arafa kuni» deb ataladi.

ATARXURRA (Ozarxurra) - zardushtiylikning muqaddas olovi. 

AXRIMAN zardushtiylikdagi yovuzlik ilohiyati.

AXURA-MAZDA zardushtiylikdagi eng oliy yaxshilik ilohiyati.

BIBLIYA (qad. yunon. «kitoblar») xristianlikning muqaddas kitobi.

BRAXMAN Hindistondagi oliy kasta (tabaqa) vakili. Braxmanlik va 
hinduizmdagi din arbobi.

BUDDA (sanskr. «nurlangan, oliy haqiqatga erishgan») buddizm asoschisi 
Siddxartxa Gautamaga berilgan nom.

VARNA – (sanskr. «sifat, rang») qadimiy hind jamiyatidagi diniy-sinfiy 
kasta.

VASANIYA (arab. «vasan» – «yog’ochdan ishlangan but») butparastlik.

VAHY ilohiyat bilan insonlarning payg’ambarlar orqali muloqot yo’li.

VЕDA (sanskr. «bashorat») Qadimiy Hindistonning shimolida yashagan 
xalqlarning muqaddas kitobi.

VIJDON ERKINLIGI diniy e’tiqod erkinligi.

VINAYA-PITAKA Tripitakaning rahboniylik odobi va xonaqoh nizomiga 
bag’ishlangan qismi.

VISHTASPA zardushtiylikni qabul qilib, uni tarqalishida Zardushtga 
yaqindan yordam bergan Baqtriya podshosi.

GALAXA yahudiylikdagi diniy, oilaviy va fuqarolik qonunlari majmui.

DAO daosizm dinidagi oliy ilohiyat.

DA`VAT (arab. «chaqirish») dinga targ’ib qilish.

DIAKON xristianlikdagi eng quyi tabaqa ruhoniysi.


191 

DINIY JAMOA diniy tashkilotning boshlang’ich shakli bo’lib, diniy 
marosimlar va boshqa diniy faoliyatlar uchun unga birlashganlar.

DINIY IDORA diniy tashkilot markazi.

DINIY TASHKILOT diniy jamoalarning eng yuqori rasmiy uyushmasi.

YEPISKOP (qad. yunon. «nazorat qiluvchi») ko’p xristian cherkovlarida – 
oliy ierarx. Barcha arxiereylarning (patriarx, mitropolit, arxiepiskop) 
umumlashgan nomi.

YESSЕYLAR qadimiy yahudiylikdagi oqim.

JOHILIYA (arab. «yagona Allohni tanimaslik») Arabiston yarim orolining 
islom dinidan avvalgi davri shunday atalgan.

ZAIF (arab. «kuchsiz, kasal») ishonchli ekanligiga shubha bo’lgan hadis.

ZAKOT (arab. «tozalanish, poklanish») islomning besh ruknlaridan biri. 
Mol-mulk nisobiga (muayyan miqdorga) yetgach, uning qirqdan birini 
kambag’allar foydasiga sadaqa sifatida beriladi. 

ZARDUSHT mil. av. VI-V asrlarda yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoir, 
payg’ambar. Zardushtiylik dinining asoschisi.

ZINO – o’zaro nikohda bo’lmagan erkak va ayolning jinsiy aloqasi. Zino 
aksariyat dinlarda katta gunohlardan sanaladi.

ZOOANTROPOMORFIZM – (qad. yunon. «zoo» – hayvon, «antropo» – 
inson, «morf» – shakl) diniy va mifologik obrazlarni hayvon shaklida, 
insonga xos xususiyatlarga ega deb tasvirlash.

ZOOMORFIK – hayvon qiyofasidagi.

IBTIDOIY FAYLASUF evolyutsion pozitivistlarning chiqargan xulosasiga 
ko’ra, borliq va koinot haqida fikrlar yuritib, dinning kelib chiqishiga 
sababchi bo’lgan ibtidoiy odam.

IJTIHOD islomda yangi paydo bo’lgan diniy muammolarni hal qilishning 
o’ziga xos usuli.

IKONA xristianlikdagi avliyolar portreti tushirilgan rasmlar. Ular 
cherkovlarda ibodat buyumi bo’lib xizmat qiladi.

INDUL GЕNTSIYA katolik cherkovi tomonidan dindorlarga qilingan yoki 
qilinishi mumkin bo’lgan gunohlarni kechirish haqida beriladigan 
guvohnoma. U pul yoki cherkov oldidagi xizmatlar evaziga beriladi.

ISNOD (arab. «suyanish») hadisni rivoyat qilgan roviy ismlarining ketma-
ket zanjiri.

ISROIL (ivrit. «isro» – «banda», «iyl» – «xudo») Ya’qub payg’ambarning 
ikkinchi nomi, yahudiylar unga nisbat berilib, «Isroil bolalari» deb ataladi.

IISUS NAVIN – Qadimiy Ahd rivoyatlariga ko’ra, Musoning yordamchisi 
va noibi, Isroil qabilalari uchun Kan’onni (Falastinni) bosib olgan sarkarda.

YOM-KIPUR yahudiylik dinida nishonlanadigan gunohlardan poklanish 
bayrami.

KARMA (sanskr. «harakat, burch, faoliyat») hindlarning diniy 
ta’limotlarida alohida mistik kuch, insonni qayta dunyoga kelishiga hal 
etuvchi ta’sir ko’rsatadigan amallar to’plami.


192 

KAROMAT – (arab. «ulug’lik, buyuklik») islom ta’limotiga ko’ra, Alloh 
tomonidan uning do’stlari – avliyolarga ato etiladigan sehrdan farqli 
g’ayrioddiy qudrat.

KASTA (portugal. «irq, qavm, tabaqa») muayyan kasb bilan 
shug’ullanadigan, o’ziga xos turmush tarzi, urf-odatlari, an’analari, tartib-
qoidalari va h.k. bilan o’zgalardan ajratilgan ijtimoiy guruh.

KA`BA (arab. «kub») Makka shahrida hozirgi davrda Baytul Harom 
(Muqaddas Masjid) ichida joylashgan islom dinining qiblasi hisoblanmish 
bino. Islom ta’limotiga binoan, uni buyuk to’fondan so’ng Ibrohim 
payg’ambar o’g’li Ismoil bilan qayta tiklagan.

KONFЕSSIYA (lot. «e’tirof, e’tiqod») din, diniy e’tiqod.

KONFUTSIY Qadimgi Xitoy faylasufi va pedagogi, konfutsiychilikning 
asoschisi.

KOSMOGONIYA – astronomiyaning osmon jismlari, ularning paydo 
bo’lishi va o’zgarishlari haqidagi bo’limi. Bu yerda osmon jismlarini 
ilohiylashtirish.

KRISHNA hinduizmdagi e’tiborli xudolardan biri.

LINGA – (qad. Hind. «tavsifnoma, jins belgisi») qadimiy hind 
mifologiyasida ilohiy yaratuvchilikning ramzi.

MAGIYA (qad. yunon. «magus», arab. «majus») sehrgarlik.

MAZHAB (arab. «yo’l») islomdagi shariat qonunlari tizimi va yo’nalishi.

MATRIARXAT – onalik davriga oid, jamiyatda ayolning roli ustun bo’lgan 
davr.

MAXAYANA (sanskr. «katta arava») buddizmdagi oqim.

MЕDITATSIYA (lot. «fikrlash, o’ylash») shaxsning ruhiy faolliyatga 
chuqur berilish holati.

MIRMADAN – Qadimgi Yunoniston xalqlaridan biri.

MISTITSIZM (qad. yunon. «yashirin, sirli») ilohiyot olami bilan bevosita 
muloqot qilish mumkinligi haqidagi ta’limot.

MITRA zardushtiylikdagi quyosh xudosi.

MITROPOLIT (qad. yunon. «bosh shahar, poytaxt, mitropoliya odami») 
pravoslav cherkovining poytaxt shaharlardagi oliy ruhoniylik unvoni.

MIF (qad. yunon. «hikoyat, rivoyat») biror xalq orasida mashhur bo’lgan 
hikoyat, rivoyat, asotir.

MODЕRNIZM dinni hozirgi zamon voqeligiga moslashtirishni yoqlab 
chiquvchi oqim.

MONOTЕIZM (qad. yunon. «mono» – «yagona», «teo» – «ilohiyat») 
yakkaxudolik.

MUJTAHID ijtihod qilish darajasiga yetgan faqih olim.

MURID (arab. «xohlovchi») sufizm yo’liga kirib, murshidga qo’l bergan 
shogird.

MURSHID (arab. «to’g’ri yo’lga boshlovchi») sufizm yo’liga kirganlarni 
hidoyatga boshlovchi ustoz, shayx.

MUSULMON (arab-fors. «muslimlar») islom diniga e’tiqod qiluvchi kishi.


193 

MUSHAF (arab. «sahifalangan») Qur’oni karimning nomlaridan biri.

MUTAASSIBLIK o’z g’oyasini «to’g’ri» deb, boshqacha fikr egalarini tan 
olmaslik va ularni buzg’unchilikda ayblash.

MUSHRIK ko’pxudolikda ayblangan odam.

MUQADDAS RUH xristianlikdagi Xudoning uch ko’rinishidan biri.

MUHADDIS (arab. «hadis so’zlovchi») hadislar bilan shug’ullanuvchi 
olim.

MUHOJIRLAR – (arab. «muhojir, emigrant») ilk islom tarixida Payg’ambar 
bilan Madinaga hijrat qilgan makkalik musulmonlar.

NIRVANA (sanskr. «so’lish») buddizm va jaynizm diniy falsafalariga 
ko’ra, ruhning sansara kishanlaridan to’la ozod bo’lishi va oliy maqomga 
erishish.

NOM - mil. av. IV asrlarda Qadimgi Misrda qabilalar nom deb atalgan.

OXIRAT – (arab. «boshqa, oxirgi, ikkinchi») bu dunyo oxiriga yetganidan 
keyin barcha qayta tirilib, bu dunyoda qilgan amallariga yarasha mukofot 
yoki jazo oladigan ikkinchi hayot.

OYAT (arab. «belgi; mo’’jiza») Qur’on suralarini tashkil etuvchi qism, 
«jumlalar».

PЕRGAMЕNT qog’oz kashf etilguniga qadar yozuv materiali sifatida 
ishlatilgan teri.

PANISLOMIZM XIX asrning oxirlarida O’rta Sharqda vujudga kelgan 
islom mamlakatlarini yagona bayroq ostida birlashtirish g’oyasini ko’tarib 
chiqqan siyosiy oqim.

PAPA – katolik oqimining bosh ruhoniysi.

PASXA xochga mixlangan Iso Masihning qayta tirilishi xotirasiga 
bag’ishlab o’tkazildigan xristianlikdagi yirik bayram.

PATRIARX (qad. yunon. «ota, asos soluvchi») ortodoksal cherkovdagi 
(pravoslavie) oliy diniy martaba bo’lib, undagi 14 ta avtokefal – mustaqil 
cherkovlar boshliqlari shu nom bilan ataladilar.

PЕSAX yahudiylarning Qadimgi Misrdan qochib chiqib, ozod bo’lishi 
munosabati bilan nishonlanadigan bayram.

PIR murshid.

POZITIVIZM filosofiyada XIX asrning 30-yillarida vujudga kelgan, pozitiv 
(aniq) fanlarni birdan-bir haqiqiy bilimlardir deb e’tirof etgan oqim.

POLITЕIZM (qad. yunon. «poli» – «ko’p», «teo» – «xudo») ko’pxudolilik.

PORA (JUZ’) (fors. «pora», arab. «juz’» - «qism, bo’lim») Qur’onning 
o’ttizdan bir qismi.

POST xristian dinidagi ro’za. Post kunlari xristianlarga faqat o’simlik 
maxsulotlarini yeyish ruxsat etiladi.

RAVVIN yahudiy din arbobi. U yahudiy jamoasi diniy va oilaviy 
masalalarda hakamlik qiladi.

RISOLAT payg’ambarlik.

ROVIY (arab. «rivoyatchi») hadis rivoyat qiluvchi kishi.

ROSH-HASHONA yahudiylikdagi yangi yil bayrami.


194 

SADUQIYLAR qadimiy yahudiylikdagi oqim.

SAFO – Makka shahrida, Ka’ba yaqinidagi tepalik. Haj va umra qiluvchilar 
Safo va Marva tepaliklari orasida yetti bor yugurishlari lozim.

SAHIH (arab. «sog’lom; to’g’ri») olimlar tarafidan ishonchli, to’g’ri deb 
topilgan hadis.

SAHOBA – Payg’ambar bilan hamsuhbat bo’lgan ilk musulmonlar.

SIDDXARTXA Buddaning shaxsiy ismi.

SINAGOGA yahudiylar ibodatxonasi.

SINION - Quddus yaqinidagi tepalik.

SIONIZM yahudiylikdagi diniy-siyosiy oqim.

SUNNAT islomda Payg’ambar amallari.

SURA (arab. «devor, to’siq») Qur’onni tashkil etuvchi qismlar. Qur’on 
jamlanish davrida ularning umumiy soni 114 ta deb belgilangan.

SUTRA – (sanskr. «ip») Qadimgi Hindiston diniy-falsafiy ta’limotlarini 
lo’nda iboralar shaklidagi qisqa bayoni. Diniy-falsafiy adabiyot turi.

SUTTA-PITAKA Tripitakaning din mazmuniga bag’ishlangan qismi.

SUFIY islomdagi mistik-asketik oqim vakili.

TABU – totemistik tasavvurlar mavjud bo’lgan jamiyatdagi diniy taqiq. Bu 
tasavvurlarga ko’ra, tabuni buzgan odam ruhlar va xudolar tomonidan unga 
og’ir kasallik yoki o’lim yuborish bilan jazolanadi. Tabu ma’lum bir 
buyumga tegmaslik, ma’lum so’zni aytmaslik, ma’lum hayvonlarning 
go’shtini yemaslik kabilardan iborat bo’lishi mumkin.

TAVAKKUL tasavvuf ta’limotiga ko’ra, o’z irodasini Allohga ishonib 
topshirish.

TALMUD (ivrit. «lameyd» «o’rganish» so’zidan) Tavrotga yozilgan 
sharhlar to’plami.

TAFSIR (arab. «bayon qilish») Qur’on oyatlariga o’ziga xos ravishda 
ma’no berish.

TЕRRORIZM (fr. – «qo’rqitish») o’z fikrini zo’ravonlik yo’li bilan 
boshqalarga o’tkazish. Bu yo’lda suiqasd, qo’poruvchilik kabi usullardan 
foydalaniladi.

TIPITAKA Tripitaka so’zining o’zgargan shakli.

TOBI‘UN (arab. «ergashuvchilar») Payg’ambar sahobalarini ko’rgan va 
ularga ergashgan kishilar.

TORA (arab. «Tavrot») Muso payg’ambarga nozil bo’lgan kitob.

TOTЕM (Shimoliy Amerikadagi Ojibva qabilasining tilida - «uning 
urug’i») totemizmda muqaddas sanaladigan o’simlik va hayvon.

TRADITSIONALIZM an’anachilik. Dindagi ratsionalizmga qarshi o’laroq, 
naql (taqlid) printsipiga asoslanuvchi oqim.

TRIPITAKA (sanskr. «uch savat») buddizmning muqaddas kitobi.

FARZIYLAR qadimiy yahudiylikdagi oqim.

FARISHTA nurdan yaratilgan nafs va xohishga ega bo’lmagan, faqatgina 
unga xudo tomonidan buyurilgan muayyan vazifalarni og’ishmay 
bajaradigan, insonlar ko’ziga ko’rinmaydigan maxluq.


195 

FANATIZM mutaassiblik.

FATVO faqihning dinda paydo bo’lgan yangi muammolarni Qur’onga zid 
kelmaydigan ravishda hal qilib chiqargan hukmi.

FATH (arab. «ochish») biror shahar yoki mamlakatga harbiy yo’l bilan 
islomni olib kirish.

FAQIH fiqh ilmining bilimdoni.

FЕTISH (fr. «but, sanam, tumor») tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig’inish.

FIR`AVN – ilohiyat darajasiga ko’tarilgan qadimgi Misr podshohlari tituli.

FIQH (arab. «tushunish») shariat qonun-qoidalarini o’rganuvchi fan.

FUNDAMЕNTALIZM ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va 
bu yo’l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan 
fikrni ilgari surish ta’limoti.

XINAYANA (sanskr. «kichik arava») buddizmdagi oqim.

XONAQOH 1) sufiylar jamlanib zikru samo bilan mashg’ul bo’ladigan 
maxsus bino; 2) masjidning mehrob va minbar o’rnatilgan qismi.

XOCH krest, chormix.

SHAMAN (tungus. «sehrgar») ruhlar olami bilan muloqot qiluvchi ruhoniy.

SHOYIXЕT - yahudiylikdagi ruhoniylikning boshlang’ich darajalaridan biri 
bo’lib, uni egallagan kishi qurbonlik yoki kundalik iste’mol uchun atalgan 
hayvonni so’yish huquqiga ega bo’ladi.

SHOM - Suriyaning qadimiy nomi.

SHOPUR 243-273 yillarda hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasi 
hukmdori, Avestoning bizgacha yetib kelgan nusxasini tartibga soldirgan.

EVOLYUTSIONIZM – dinshunoslikda din ham dunyoning shakllanishi 
kabi bosqichma-bosqich soddadan murakkabga qarab rivojlangan, degan 
g’oyani ilgari suruvchi ta’limot.

EKSTRЕMIZM o’z maqsadi yo’lida turli haddan ortiq keskin tadbir-
choralar ko’rishga tarafdorlik.

ERAN-VЕJ Avestoda zikr qilingan Zardushtning vatani.

ESXATOLOGIYA – dunyoning oxiri, narigi dunyo, jannat, do’zax haqidagi 
tasavvurlar majmui.

E`TIQOD dunyoqarash. Biror dinga e’tiqod qilish uni haq deb bilib, uning 
ta’limotini tan olish.

YASNA Avestodan bizgacha yetib kelgan to’rt kitobning ikkinchisi.

YASRIB - Madina shahrining hijratdan avvalgi nomi.

YASHT Avestoning 1-qismi.

YAHVЕ yahudiylik ta’limotiga ko’ra, dunyolarni yaratuvchi yagona 
qudratli Xudo.

YAHUDO Ya’qub payg’ambarning farzandlaridan biri. Uning avlodlari 
«yahudiylar» deb ataladi.

QIYOMAT (arab. «tik turish») bu dunyoning oxiri.

QIROAT (arab. «o’qish») Qur’onni o’ziga xos qoidalarga muvofiq tilovat 
qilish.

QORATOSH – qarang: al-Hajar al-asvad.


196 

QUR`ON (suryoniy «kerain» - «muqaddas yozuv») islom dinining 
muqaddas kitobi.

HADIS (arab. «yangi; so’z») Muhammad payg’ambarning aytgan so’zlari, 
qilgan ishlari haqidagi rivoyatlar.

HANIFLIK islomdan avval Arabiston yarim orolida mavjud bo’lgan 
yakkaxudolik g’oyasi.

HOSHIMIYLAR - Makkada yashagan Quraysh qabilasidan bo’lgan Hoshim 
ibn Abdumanofning avlodlari. 


197 


198 

Download 1,47 Mb.
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Tasavvuf tushunchasi va uning mohiyati. Tasavvufning kelib chiqishi,  mazmuni va rivoji.  19

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish