II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudojoʻylik, diniy eʼtiqod,
aqida, ilohiyot tushunchalarining mohiyati. Dinning funksiyalari va ijtimoiy
ahamiyati. Din dunyoqarash shakli va uning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri. Dinlarning
tasnifi. Dinlar paydo bo‘lishining geografik va xronologik tasnifi. Diniy
eʼtiqodlarning evolyutsiyasi: poleteizm, genoteizm, monoteizm. Ibtidoiy eʼtiqodlar,
milliy dinlar, jahon dinlarining shakllanishi va o‘ziga xos jihatlari. Diniy
taʼlimotlarda xudo va g‘ayritabiiy kuchlar haqidagi eʼtiqodlar dinamikasi.
Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi, predmeti, funksiyalari, kategoriyalari.
Dinshunoslikning boshqa ijtimiy fanlar bilan o`zaro aloqasi. Ijtimoy muhit va diniy
an’analarning shaxsning diniy e’tiqodi va individual tarbiyasiga ta’siri. Dinlarni
tadqiq etish metodologiyasi: tipologik, qiyosiy, tarkibiy-funksional, genetik tahlil.
Qiyosiy dinshunosliklikning metodlari.
2-mavzu. Milliy dinlar. Yahudiylik dinining yuzaga kelishi. Tavrot yahudiylik dinining muqaddas
kitobi. Yahudiylik ta'limoti, an'ana va marosimlari. Markaziy Osiyoda yahudiylik.
Hinduizm dinining mazmun mohiyati. Vedalar. Braxmanlik. Hinduiylik ta'limoti va
xudolar panteoni. Jayniylik. Sikxiylik ta'limoti va manbalari. Konfutsiylik ta'limoti
va uning Xitoy milliy diniga aylanish jarayonlari. Konfutsiylik ta'limotida ijtimoiy-
axloqiy masalalar. Daochilik – falsafiy ta'limot. “Dao” tushunchasi tahlili.
Sintoiylik. Yapon xalqi an'analari. Kami kulti.
3-mavzu: Zardushtiylik dini Zardushtiylik dinining vujudga kelishi. Zardushtiylik shakllangan tarixiy
sharoit. Zardushtiylik ta'limoti. Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal tamoyili. Govmard
va shoh Yima. Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari.
200
Zardushtiylikda tabiatning ulug’lanishi. Zardushtiylikning diniy iyerarxiyasi.
“Avesto” matnlari. Avestoning tarkibiy tuzilishi.