166
1991 yil «Sahrodagi bo‘ron» operatsiyasi mobaynida axborot texnologiyalari
ilk marotaba harbiy harakatlarning vositasi sifatida ishlatildi. 1996 yil Pentagon
eksperti Robert Banker AQSH mudofaa kuchlarining XXI asr uchun yangi harbiy
doktrinasiga bag‘ishlangan ma’ruza qiladi. Unda mutaxassis
harbiy harakatlar
teatrini an’anaviy harbiy makon hamda kibermakondan iborat ikki muhim asoslarda
tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. Boshqacha aytganda, R.Banker raqib harbiy
kuchlarini bostirish, neytrallashga qaratilgan an’anaviy harbiy konitsepsiyalarning
tabiiy to‘ldiruvchisi sifatida xizmat qilishi zarur bo‘lgan «kibermanyovr»
doktrinasini taklif etadi. Shu tariqa,
quruqlik, dengiz, havo yo‘llaridan tashqari
harbiy harakatlar tizimiga «infomakon» – axborot makoni ham qo‘shiladi. Bunday
yangi shakl va mazmundagi urushlarda raqib tomonning axborot infratuzilmasi va
ruhiyati asosiy obyekt (nishon) bo‘ladi. 1998 yil oktyabrda AQSH mudofaa vazirligi
«Axborot operatsiyalarining birlashgan doktrinasi»ni amalga oshirishga kirishdi.
Aslida, ushbu doktrina avval «Axborot urushining birlashgan doktrinasi» deb
nomlangan edi. Keyinchalik unin nomi o‘zgartirildi. Bunga sabab esa, «axborot
operatsiyalari» va «axborot urushi» tushunchalarining o‘zaro munosabatiga oydinlik
kiritish edi. Shu tariqa axborot operatsiyasi – o‘z axborot tizimlarini himoya qilish
jarayonida raqib tomonning axborotni to‘plash, qayta ishlash,
uzatish va saqlash
borasidagi ishlarini murakkablashtirish maqsadida amalga oshiriladigan xatti-
harakat; axborot urushi esa, qarama-qarshi tomonning siyosiy va xarbiy boshqaruv
tizimi hamda rahbariyatiga qaratilgan kompleks ta’sirlar, axborot operatsiyalari
majmui, deb ta’riflandi. Bunday ta’sirlar orqali tinchlik va urush holatlarida raqib
tomon rahbariyatini informatsion ta’sir o‘tkazayotgan tomonga maqbul qarorlar
qabul qilishiga erishish maqsadi ko‘zlanadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha axborot urushi milliy harbiy strategiyani
ta’minlashda axborot borasida ustunlikka erishish maqsadida amalga oshiriladigan
xattiharakatlarni ifoda etadi. Bunda raqib tomon axborot tizimlariga ta’sir o‘tkazish
bilan bir vaqtda o‘z axborot infratuzilmasi mustahkamlab boriladi.
Axborot
sohasidagi ustunlik muayyan holat haqida axborotni uzluksiz to‘plash, qayta ishlash
va tarqatish qobiliyatini anglatadi. Bunday qobiliyat, o‘ziga xoslik esa, raqib
tomonga xuddi shunday xatti-harakatlarni amalga oshirishda to‘sqinliklar qilish,
qarshiliklar ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, axborot sohasidagi ustunlik
harbiy
holat haqida real tasavvurga, raqib xatti-harakatlarining aniq va interfaol
manzarasiga ega bo‘lish imkonini beradi.
Bir so‘z bilan aytganda, bugungi kunga kelib, axborot sohasi ko‘plab davlatlar
siyosatining ystuvop yo‘nalishiga aylangan. Bu borada davlatlar tomonidan axborot
agressiyasidan himoya tizimi, ommaviy madaniyat ekspansiyaga qarshi chora-
tadbirlar bilan bog‘liq keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ham axborot resurslaridan foydalanish,
axborot almashinuvi va umuman, axborotlashtirishga doir qonun xujjatlari majmui
shakllantirildi.
Jumladan,
«Axborotlashtirish
to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston
Respublikasi Qonunining 4-moddasida «Axborotlashtirish
sohasidagi davlat
siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini
rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga
167
olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan» – degan qoida o‘z aksini
topgan. Hozirda mazkur yo‘nalishdagi konunchilik
amaliyoti boshqa davlatlar
siyosatida ham keng o‘rin egallagan. Zero, axborot xurujlari avj olib, O‘zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, «mafkura
poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega» bo‘lgan bugungi kunda
axborot sohasi bilan bog‘liq jarayonlarga alohida e’tiborni qaratish – inson, jamiyat
va davlat ma’naviymadaniy xavfsizligi va barqarorligining muhim shartidir.