• Tayanch so’z va iboralar
  • Joel Ross and Michael Kami “ Rejalar rejalashtirishdan ko’ra kamroq ahamiyatga ega” Dale McConkey
  • Strategik boshqaruv




    Download 94.91 Kb.
    bet1/8
    Sana02.11.2023
    Hajmi94.91 Kb.
    #93021
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    strategik boshqaruv 2-mavzu
    T.ma\'lumot, Rozia KURS ishi, 11-Sinf Ingliz tili imtihon javoblari, 10 sinf adabiyot fani darsligi boyich, Abdusoatova Dildora Baxrom qizi, Toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali (1), aka7141, 1-Amaliy, adabiyotlar ro\'yxati, Shablonlar tushunchasi Hafta 6 Ma’ruza 6-fayllar.org, 03d56af0-97eb-4e5e-ae92-c4b4a35060fa, Reference-3482211022-576, 1, Informatika va axborot texnologiyalari (T.Safarov, Sh.O\'roqov, R.Baxromov)


    2- MAVZU. “STRATEGIK BOSHQARUV” FANINING PREDMETI VA BOSHQARUV JARAYONI
    1.“Strategik boshqaruv” fanining predmeti, vazifalari va mohiyati
    2.Kompaniya missiyasi va strategik qarashlarni belgilash
    3.Strategik boshqarishning maqsadi va uning turlari
    4.Strategiyani tanlash, uni amalga oshirish, amalga
    oshirishini baholash hamda nazorat qilish.


    Tayanch so’z va iboralar: strategiya, tasavvur, kredo, missiya, diversifikatsiya.

    1.“Strategik boshqaruv” fanining predmeti, vazifalari va mohiyati
    Strategiyasiz biror tashkilot aylana ichida harakatlanayotgan shturvalsiz kemaga o’xshaydi. Bu xuddi tuzoq; bunda chiqish uchun joy yo’q”
    Joel Ross and Michael Kami
    Rejalar rejalashtirishdan ko’ra kamroq ahamiyatga ega”
    Dale McConkey
    Agar inson uzoqdagi narsa haqida fikrga ega bo’lmasa, u tez orada qayg’uga botadi. Uzoqdagi narsadan xavotir olmaydigan inson qayg’udan ko’ra ko’proq g’amga botadi.”
    Confucius
    Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashuvi jarayonida erkin raqobat va aholi farovonligini ta’minlashda strategik menejment muhim ahamiyatga ega. Dastlab harbiy sanoatda paydo bo‘lgan bu konsepsiya bugungi kunda mulkchilik shakli turlicha bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ham keng yo‘lga qo‘yilmoqda.
    Strategik boshqaruv inson potensialiga tashkilotning asosi deb qaraladigan, faoliyatni iste’molchilar ehtiyojiga yo‘naltiradigan boshqaruv turidir. Shu o‘rinda boshqaruvning bu turini joriy etishda raqobatda yengib chiqish imkoniyatini beruvchi, tashkilotni saqlab qolish, uning o’zoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan maqsadlarga erishishning bir turi hamdir. Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda strategik boshqaruvdan oqilona foydalanish bugungi dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Bunda ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan to‘ldirish, xizmat ko‘rsatishni zamonaviy talablar asosida tashkil etish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yish, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash, shu asosda aholi daromadlari va turmush farovonligini oshirish ko‘zda tutilgan.
    Mamlakatimiz Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2017 yil 7 fevral kuni tasdiqlangan 2017–2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham strategik menejmentning imkoniyatlaridan keng foydalanish va joriy etish bosh maqsad sifatida olg‘a surilgan. Ushbu Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda bir yillik davlat dasturini tasdiqlash nazarda tutiladi. Uning ilk bosqichi- 2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili», deb nomlandi. Das­turga muvofiq, joylarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari ochildi. Yil mobaynida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari, deputatlar, mutasaddi rahbarlar, sektor rahbarlari ishtirokida xalq bilan muloqot, sayyor yig‘ilishlar, uchrashuvlar o‘tkazildi, muammolar yechimi joylarga chiqib belgilandi. Hayotimizning barcha jab­halaridagi dolzarb muammolarni hal etishning umumdavlat ahamiyatga molik dasturi to’zildi.
    Amaldagi yil esa Yurtboshimiz tomonidan Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb e’lon qilindi. Qabul qilingan dasturga muvofiq 2018 yilda hayotimizning barcha jabhalarida tashabbus, innovatsion g‘oyalar asosida yangicha harakat dasturi amalga oshirilmoqda.
    Strategik menejment” fanining predmeti, vazifalari va mohiyatini o’rganishdan avval strategiya so’zining ma’nosiga tushuncha beramiz. Strategiya grekcha (“strategos”) so‘zidan olingan bo‘lib, “general san’ati” degan ma’noni bildiradi. Bu atama harbiy sohadan kirib kelgan. Hammamizga tarixdan ma’lumki faqatgina generallar g’alabaga erishish uchun strategiyalarni to’zganlar. Masalan puxta o‘ylangan strategiya Aleksandr Makedonskiy, Amir Temurlarga harbiy yurishlarda qo‘l kelgan.
    O‘zbek tilining izohli lug‘atida ham strategiya atamasi:

    • “yirik harbiy operatsiyalar va umuman urush olib borish sanati”;

    • “ijtimoiy-siyosiy kurashga rahbarlik qilish sanati va ilmi” ma’nosida talqin etilgan.

    Harbiy sohada hozir ham bu atama yuqori qo‘mondonlik tomonidan harbiy jarayon (operatsiya)larni rejalashtirish san’ati ma’nosida ishlatiladi.
    Istiqbolni aniq bashorat, tasavvur qilish uchun strategiya zarurdir. Strategiya deganda biz istiqbolni tadqiq qilish, turli senariyalarni tahlil qilish san’atini, istiqbolda raqobat kurashida afzallik beruvchi g‘oya ekanligini, korxonaning umumfaoliyati (fondi, quvvati, harajati, foydasi va hokazo)ni nazorat qiluvchi keng qamrovli tizim ekanligini tushunamiz.
    Strategik menejment nima?
    Bir vaqtlar bir xil sanoat sohasida raqobatlashayotgan 2 kompaniya prezidenti bo’lgan ekan. Bu ikki president birlashishni muhokama qilish uchun sayohatga chiqishibdi. Ular o’rmonga qarab yurishibdi. To’satdan ular orqa oyoqda turib olgan, o’kirayotgan grizli ayig’iga duch kelishibdi. Birinchi president darhol ryugzagini yechib, undan oyoq kiyimini olibdi. Ikkinchi president unga shunday debdi: “Hoy, sen ayiqdan qochib ketolmaysan”. Birinchi prezident javob qaytaribdi: “Men u ayiqdan qochib ketolmasligim mumkin, lekin aminmanki sendan o’zib ketaman”. Bu hikoya yutuqqa erishish raqobatbardosh ustunlikni saqlab qolish uchun strategik boshqaruvni izohlaydi.
    Strategik menejment biror bir tashkilotning maqsadlariga erishishini ta’minlaydigan ko’p vazifali qarorlarning rejasini to’zish, ijrosini bajarish va o’rganib chiqish ilmi va san’ati deb ta’riflanadi. Bu ta’rif shuni nazarda tutadiki, strategik menejment tashkiliy muvaffaqiyatga erishish uchun qo’shma menejment, marketing, moliya, buxgalteriya, ishlab chiqarish operatsiyalari, tadqiqot, information tizimlarga e’tiborini qaratadi. Bu darslikdagi strategik menejment termini strategik rejalashtirish termini bilan sinonim ravishda qo’llaniladi. Strategik rejaashtirish termini biznes olamida tez-tez qo’llaniladi, srategik menejment termini esa akademiyalarda ishlatiladi.
    Uchta yirik amerika avtokompaniyalari ya’ni, Ford, General motors, va Chryslerlarning rahbarlari kongress boshliqlaridan moliyaviy yordam so’rash uchun aniq strategik rejasiz paydo bo’lganda ularga kelajak uchun aniq strategik rejani rivojlantirish uchun kor’rsatmalar berilib, qaytarib yuborilgan. Austan Goolsbee, prezident Obamaning eng kuchli iqtisodiy maslahatchilaridan biri, shunday degan: “Ishonarli biznes rejasiz moliyaviy yordam so’rash bu tentaklikdir.” Goolsbee yana shuni ta’kidlagan: “Agar 3ta avtokompaniyalar rahbarlari ko’prikka muhtoj bo’lsa, bu ko’prik biror joyga olib borishi kerak”.
    Bu o’quv- uslubiy majmua aniq strategik rejani, ya’ni biror yerga yetaklaydigan ko’prikni, qanday rivojlantirish yo’zasidan ko’rstamalar beradi. Bu bo’lim strategik menejment jarayonining amaliy, qo’shma modelini tanishtiradi; bu bo’lim strategik menejmentning asosiy faoliyatlarini, terminlarini ta’riflaydi. Bu bo’lim shuningdek “boxed insert” tushunchasini tanishtiradi. Boxed insert qanday qilib ba’zi firmalar global iqtisodiy inqirozda haqiqatda yaxshi raqobatlashayotganligini tekshirish uchun ba’zi boblarda keltirilgan.
    «Strategik boshqaruv» termini yuqori darajadagi boshqaruvni ishlab chiqarish darajasidagi joriy boshqaruvdan farqini aks ettirish uchun 60-70-yillarda muomalaga kiritilgan. Operativ boshqaruvdan strategik boshqaruvga o’tishning mohiyatini aks ettiruvchi asosiy g’oya sifatida yuqori rahbariyat diqqat markazini atrof muhitdagi o’zgarishlarga muvofiq tarzda va o’z vaqtida ta’sir ko’rsatish uchun tashqi muhitga o’tkazish zaruriyati sifatidagi g’oya bo’ldi.
    Strategik boshqaruv nazariyasining nufuzli ishlab chiqaruvchilari tomonidan taklif etilgan bir qancha ta’riflarni ko’rib chiqaylik. Shendel va Xatten uni «tashkilotni uning atorfidagi muhit bilan aloqani aniqlash va o’rnatish jarayoni» sifatida tushunganlar. Ushbu jarayon tanlangan maqsadlarni amalga oshirish va resurslarni taqsimlash vositasida atrof muhit bilan kungildagiday o’zaro munosabatlar xolatiga erishish xarakatlaridan iborat. Xichchens buyicha «strategik boshqaruv - bu tashkilotni uning atrof muhiti bilan o’zaro ta’sirini boshqarish vositasida tashkilot vazifalarini amalga oshirish maqsadidagi boshqarish jarayoni: Pirs va Robinson strategik boshqaruvni «tashkilot maqsadiga erishish uchun ishlab chiqilgan strategiyalarni shakllantirish va bajarish bo’yicha qarorlar va harakatlar to’plami» sifatida aniqlaydilar. Strategik boshqaruvning u yoki bu aspektlari va xususiyatlariga ko’proq e’tibor beruvchi bir qator ta’riflar bor.
    Demak, strategik boshqaruvni tashkilotning asosi sifatida inson potentsialiga suyanuvchi, ishlab chiqarish faoliyatini iste’molchilar talab-lariga yo’naltiruvchi, tashkilotda egiluvchan boshqaruv va o’z vaktida o’zgarishlarni amalga oshiruvchi boshqaruv sifatida aniqlash mumkin.
    Strategik boshqaruv murakkablashib borayotgan raqobat kurashida muvaffaqiyatga erishishning eng muhim omili bo’lishiga qaramay tashkilot harakatlarida strategiyaning yo’qligini kuzatish mumkin. Strategik bosh-qaruvning yo’qligi quyidagi ikki shaklda namoyon bo’ldi.
    Birinchidan, tashkilotlar o’z faoliyatini atrof muhit umuman o’zgarmaydi yoki unda katta o’zgarishlar bo’lmaydi degan taxmindan kelib chiqqan xolda rejalashtiradilar. Nostrategik boshqaruvda ham hozirda, ham kelajakda aniq harakatlar rejasi tuziladi. Nimaki va qachon qilishni o’z ichiga olgan uzoq muddatli rejalarni tuzish va dastlabki davrda kelgusi yillar uchun echim izlash, «ko’p uzoq yillarga» sotib olish - bularning barchasi nostrategik boshqaruvning belgilaridir. Uzoq muddatli istiqbolni qurish-boshqaruvning juda muhim tarkibiy kismidir.
    Strategik boshqaruv xolatida tashkilot atrof muhit va tashkilot hayotining sharoitlari o’zgarishidan kelib chiqqan xolda kelajakda ko’zda tutish maqsadlarga erishish uchun har bir hozirgi lahzada u aynan hozirgi paytda nima strategik boshqaruvda kelajakdan turib hozirgi paytga nazar tashlanadi. Tashkilotga ma’lum kelajakni ta’minlovchi xozirgi davrdagi tashkilot harakatlari aniqlanadi va amalga oshiriladi. Bunda strategik boshqaruv uchun shu narsa ham xarakterliki, nafaqat kelajakda korxonaning ko’zda tutilgan xolati qayd qilinadi, balki shu ham strategik boshqaruvning eng muhim vazifalaridan xisoblanadi, ko’zda tutilgan maqsadlarga erishish imkoniyatini beruvchi atrofdagi o’zgarishlarga aks ta’sir ko’rsatish qobiliyati ishlab chiqiladi.
    Ikkinchidan, nostrategik boshqaruvda xarakat dasturini ishlab chiqish tashkilotning ichki imkoniyatlari va resurslari tahlilidan boshlanadi. Bunday yondashuvda tashkilot faqat qanday miqdorda mahsulot ishlab chiqarish va bunda qancha harakat qilishnigina aniqlashi mumkin. Ishlab chiqarish hajmi va xarajatlar miqdori firma tomonidan yaratilgan javob bera olmaydi, kanday miqdorda va narxda mahsulot sotib olinishini bozor aniqlaydi.
    Yaqqol afzalliklar bilan bir qatorda strategik boshqaruv undan foydalanish bo’yicha kamchilik va cheklovlarga ega va bular ushbu boshqaruv turi boshqa turlar singari har qanday vazifa va masalalarni hal qilishda xar qanday xolatda qullashning universalligiga ega emasligini ko’rsatadi.
    Birinchidan, strategik boshqaruv o’z moxiyatidan kelib chiqqan xolda kelajakning aniq va batafsil sur’ati, ifodasini bera olmaydi. Strategik boshqaruvda shakllanuvchi tashkilotning kelajakdagi istalgan xolati - bu uning ichki va tashqi xolatining batafsil tasviri emas balki kelajakda korxona qanday xolatda bqlishiga, bozor va biznesda qanday pozitsiyani egallashga, qaysi ishbilarmonlik guruhlariga kirishiga va h.k. sifatli istakdir. Bularning barchasini majmui kelajakda raqobat kurashida tashkilot yutib chiqadimi yoki yo’qmi? Shuni aniqlab berish lozim.
    Ikkinchidan, strategik boshqaruv protsedura va chizmalar yig’indisidan iborat bo’lishi mumkin emas. Unda ma’lum masalalarni hal qilishda yoki aniq vaziyatlarda nima va qanday qilish lozimligini ko’rsatuvchi nazariya yo’q. Strategik boshqaruv - bu ko’proq biznes va menejmentning ma’lum falsafasi yoki mafkurasidir. Har bir menejer tomonidan u ma’lum ma’noda o’zgacha tushuniladi va amalga oshiriladi. Albatta, muammolarni tahlil qilish va strategiyani tanlash, shuningdek strategik rejalashtirishni amalga oshirish va strategiyaning amaliy realiza-tsiyasining bir qator tavsiyalari, qoidalari va mantiqiy chizmalari mavjud. Lekin umuman olganda, strategik boshqaruv-bu strategik maqsadlarga tashkilotni etkazish-da yuqori raxbariyat intuitsiyasi va san’atining simbiozi, xizmatchilarning yuqori malakasi va ijodi va nixoyat, barcha xodimlarning tashkilot vazi-falarini amalga oshirishga, maqsadlariga erishishning eng yaxshi yo’llarini izlashga aktiv kirishishidir.
    Uchinchidan, tashkilotda strategik boshqaruv jarayonining amalga oshi-rilishi boshlanishi uchun vaqt va resurslarni katta xarajati talab qilinadi. Strategik rejalashtirishni yaratish va amalga oshirish zarur. Shu-ningdek, atrofni kuzatuvchi va tashkilotni muhitga kirituvchi xizmatlarni yaratish zarur. Marketing, jamoa munosabatlari bo’yicha xizmatlar va h.k. katta ahamiyatga ega bo’ladi va katta miqdorda qo’shimcha xarajatlarni talab qiladi.
    To’rtinchidan, strategik oldindan ko’ra bilish xatolarining salbiy oqibatlari keskin kuchayadi. Qisqa muddatda umuman yangi mahsulotlar yaratilganda, qiqsa davrda qo’yilmalarning yo’nalishi keskin o’zgarganda, kutilmaganda biznes uchun yangi imkoniyatlar vujudga kelganda va uzoq yillar davomida mavjud bo’lgan imkoniyatlar ko’z oldidan yo’qolganda, noto’g’ri oldindan ko’ra bilish va strategik tanlovning xatoliklari uchun haq ko’pincha tashkilotga qimmatga tushadi. Ayniqsa, faoliyat yuritishning noal-ternativ yo’lini prognoz oqibatlari yomon bo’ladi.
    Beshinchidan, strategik boshqaruvni amalga oshirishda asosiy e’tibor strategik rejalashtirishga beriladi. Aslida esa strategik boshqaruvning asosiy tarkibiy qismi bo’lib strategik rejani amalga oshirish hisob-lanadi.bu birinchi navbatda strategiyani realizatsiya qilish imkoniyatini beruvchi tashkiliy madaniyatni yaratish, mativlashtirish va mehnatni tashkil etish tizimlarini yaratish, tashkilotda ma’lum egiluvchanlikni yaratishni va h.k.ni ko’zda tutadi. Bunda strategik boshqaruvda bajarish jarayoni rejalashtirishga aktiv teskari ta’sir ko’rsatadi, bu esa bajarish bosqi-chining ahamiyatini yanada oshiradi. Shuning uchun agar tashkilotda strategik rejalashtirish podsistemasi yaratilgan bo’lsa va shu bilan birga strategik bajarish podsistemasini yaratish uchun imkoniyatlar bo’lmasa, u strategik boshqaruvga o’ta olmaydi.
    Strategiya umumiy tarzda firmaning mavqeini mustahkamlash, iste’molchilarning talablarini qondirish va qo’yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan boshqarish rejasi sanaladi. Aniq strategiyani tanlash rivoj-lanishning mumkin bo’lgan turli yo’llari va usullari ichidan eng maqbulini tanlab olish demakdir.
    Firmani boshqarish rejasi o’z ichiga quyidagi asosiy funktsiya va bo’linmalarni oladi: ta’minot, ishlab chiqarish, moliya, marketing, xodimlar, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar. Strategii tanlash bu biznes echimlari va raqobatga bardoshlilik harakatlarini yagona tizimga bolashni anglatadi.
    Strategiyani ishlab chiqish menejerlarning asosiy funktsiyala-ridan biridir. Ba’zi menejerlar kuchli strategiya ishlab chiqadilar, biroq uni hayotga tadbiq eta olmaydilar. Boshqa menejerlar o’rtacha strategiya ishlab chiqadilar va uni mohirona amalga oshiradilar ham. Strategiya qanchalik yaxshi o’ylangan va mohirona amalga oshirilgan bo’lsa, kompaniyaning mavqei shunchalik kuchayadi. Boshqarish yaxshi tashkil ztilgan kompaniyalar ham kutil-magan noxush vaziyatlarga duch keladi Pirovard natijada yaxshi strategiya bozorda kuchli mavqeni egallash, kutilmagan holatlar, kuchli raqobat va ichki muammolarga qaramay, muvaffaqiyatli ishlashga zamin yaratadi.
    «Menejment asoslari» kursidan birinchi malumki, menejerning vazifasi quyidagilarni aniqlashdan iborat:
    -biz qaerdamiz?
    -qayoqqa ketyapmiz?
    -faoliyatimizning maqsadi nimadan iborat?
    -maqsadga erishish yo’llari qanaqa?
    -optimal yo’lni tanlash mezonlari nimalardan iborat?
    -pirovard natija qanday bo’lishi kerak?
    Bu savollariga javob topish kelgusi boshqaruv tsikllarida foydalanish, maqsad va natijalarni aniqlash uchun o’ta muhim.
    Strategik boshqaruv kompaniyaning uzoq muddatli maqsadlar va faoliyatiga ta’alluqli. Aytish mumkinki, strategiyani (harakatlar tarzini) va uning aniq vositalarini ifodalash boshqaruv negizini tashkil qiladi va kompaniyada menejmentni yaxshi yo’lga qo’yilganligini ko’rsatuvchi eng to’g’ri belgi bo’lib xizmat qiladi.
    Strategik boshqaruv tning mazmuni quyidagilardan iborat:
    - firma biznesining yo’nalish va asosiy maqsadlyarini belgilab olish;

    • firmaning tashqi muhitini tahlil qilish;

    • undagi ichki vaziyatni tahlil qilish;

    • firma yoki xo’jalikning o’rta bo’g’inlarida strategiyani tanlash va ishlab chiqish;

    • diversiyalangan firma portfelini tahlil qilish;

    • uning tashkiliy tuzilmasini loyihalash;

    • integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash;

    • «strategiya - tuzilma - nazorat» majmuasini boshqarish,

    • firma faoliyatining ba’zi sohalardagi siyosati va uning fe’l-atvor me’yorlarini belgilash;

    • kompaniya strategiya va natijalarining teskari aloqasini taminlash;



    Download 94.91 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 94.91 Kb.