Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

Bahoiylik - XIX asrda Eronda bobiylik yo‘nalishi zamirida vujudga kelgan 
diniy yo‘nalish. Sherozlik Sayid Ali Muhammad (1819-1850) 1844-yilda Bob 
(arabcha «eshik»), ya’ni yangi davrga «eshik» nomini olib, yaqin orada «Xudo 
elchisi»ning namoyon bo‘lishi, kishilarga yangi davrning asosiy qonunlari va 
nizomlarini in’om etishini targ‘ib qila boshlagan.
Bobning yirik izdoshlaridan biri Mirza Husayn Ali Nuriy (1817-1892) 1863 
yilda Bob bashorat etib ketgan xudoning elchisi uning o‘zi ekanini e’lon qiladi va 
Bahoulloh, ya’ni «Allohning jilosi» nomini oladi. Ushbu yo‘nalishnning nomi ham 
Bahoullohning nomidan olingan.
Bahoulloning «Kitobi Aqdas» («Eng muqaddas kitob») va «Kitobi Iqon» 
(«Mustahkam ishonch kitobi») asarlari bahoiylik ta’limotining asoslarini tashkil 
etadi. Yo‘nalish asoschisi o‘ziga islom dini e’tiqodiga ko‘ra, olamlarning 
Yaratuvchisi bo‘lgan «Allohning jilosi» nomini qabul qilgan bo‘lsa-da, bahoiylar 
aqidasiga ko‘ra, bahoiylik mustaqil din, u biror bir dindan ajralib chiqqan sekta ham, 
mazhab ham emas, deb hisoblanadi.
Bahoiylik Hindiston, Uganda, Keniya, Eron, Misr, AQSH, Kanada kabi qator 
mamlakatlarda tarqalgan. Hozirgi vaqtda dunyoda bahoiylarning 9 ta ibodat uyi, 200 


156 
ga yaqin milliy hamda bir qancha mahalliy diniy majlislari mavjud. Bahoiylarning 
umumiy miqdori taxminan 6 million kishini tashkil etadi. 
Bahoiylik ta’limotiga ko‘ra: 
- barcha dinlar bir ildizdan paydo bo‘lgan va payg‘ambarlar birodar 
hisoblanadi; 
- Ibrohim, Muso, Iso va Muhammad payg‘ambarlardan tashqari Budda, 
Zardusht, Krishna, Bob va Bahoulloh ham payg‘ambar hisoblanadi. Bahoiylikda 
ular eng buyuk 9 ta payg‘ambar sifatida e’tirof etiladi;
- xudo har ming yilda yer yuziga yangi payg‘ambar tushiradi
- jannat va do‘zax, oxirat, shayton va farishtalar inkor qilinadi;
- hozirgi barcha dinlar bir-birlarini inkor qiladi, shuning uchun ham, ularni 
birlashtirish va insonlar orasidagi turli farqlarni yo‘qotish lozim. Bahoiylar 
da’vosiga ko‘ra, bunday birlashtiruvchilik vazifasini bahoiylik bajarishi lozim.
- Vatan, millat degan tushunchalar ma’nisiz hisoblanadi. Zero, ularning 
fikricha, Yer yuzining hamma joyi Vatan hisoblanadi.
Bahoiylikda ruhoniylar yo‘q. Mahalliy jamoalarni yilda bir marotaba (21 
aprel) yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadigan 9 kishidan iborat Mahalliy diniy 
majlis boshqaradi. Bahoiylar yirik jamoasi mavjud bo‘lgan har bir davlatda Milliy 
diniy majlis saylanadi. O‘z navbatida Milliy diniy majlis vakillari 9 kishidan iborat 
bo‘lgan Umumjahon Adolat Uyi a’zolarini saylaydilar. Har besh yilda saylanadigan 
Umumjahon Adolat Uyi umumjahon bahoiylar jamiyatining faoliyatini boshqarib 
boradi. 
Bahoiylikda har biri 19 kunlik 19 oydan iborat bo‘lgan diniy taqvim qabul 
qilingan. Har 19 kunda jamoaning barcha a’zolari ibodat qilish, jamoa bilan bog‘liq 
bo‘lgan ishlarni muhokama qilish, o‘zaro birodarlik aloqalarini mustahkamlash 
uchun yig‘iladilar. 
Kuniga uch marta Isroilning Akka shahriga qarab ibodat qilinadi. Umumiy 
ibodat duo o‘qish, meditatsiya hamda bahoiylikning asosiy kitoblari va jahon dinlari 
muqaddas kitoblaridan matnlar o‘qish orqali amalga oshiriladi. Har yili 2 martdan 
20 martgacha bahoiylar kun chiqardan kun botgunga qadar ovqat va suvdan o‘zlarini 
tiyib, ro‘za tutadilar. 
Bahoiylarning muqaddas ibodatxonasi Akka shahrida joylashgan. Xayfa 
shahri muqaddas shahar hisoblanib, dunyo bahoiylarining ziyoratgohi hisoblanadi. 
Bu yerda Bob ibodatxonasi, 1957 yilda bahoiylikning rahbarlik organi sifatida 
tashkil etilgan Umumjahon Adolat Uyining qarorgohi joylashgan.
O‘zbekiston hududida bahoiylarning ilk vakillari - savdo-sotiq bilan 
shug‘ullanuvchi tijoratchilar - XIX asr oxirlarida Samarqand shahrida paydo 
bo‘lgan.
Tajriba bahoiylar ham yoshlar o‘rtasida o‘z g‘oyalarini yoyishga alohida 
e’tibor berayotganliklarini ko‘rsatadi. Xususan, ular o‘z ta’limotlari taqdimoti 
kunlarini o‘tkazish va uyma-uy yurib bunday taqdimotlarga chorlovchi 
taklifnomalar tarqatish amaliyotini yo‘lga qo‘yganliklarini ta’kidlash zarur.
Mamlakatimizda bahoiylar tomonidan chet tillarini o‘rganish bo‘yicha kurslar 
tashkil etish orqali yoshlar orasida o‘z qarashlarini tarqatishga harakat qilganlari 


157 
kuzatilgan. Bunday faoliyatni asosan chet el fuqarolari amalga oshirganlar. Olib 
borilgan maqsadli ishlar natijasida bunday harakatlarning oldi olingan. 
Bahoiylarning missionerlik faoliyati haqida gap ketar ekan, ular o‘z 
suhbatlarida «Alloh», «Alhamdulillah», «Bismillohir-rahmonir-rohim» kabi islomiy 
tushunchalarni tez-tez ishlatishlarini, islom dinida tan olingan Ibrohim, Muso, Iso 
va Muhammad payg‘ambarlar ularning ta’limotida tan olinishi hamda «Qur’on» ular 
uchun ham muqaddas manba hisoblanishini bot-bot takrorlaydilar. Bunday uslub bir 
tomondan, musulmonlarning hushyorligini yo‘qotish orqali e’tiqodiy ta’sir 
o‘tkazishga qaratilganini, ikkinchi tomondan, diniy bilimlari sayoz insonlar orasida 
targ‘ibot olib borishni anchagina yengillashtirishini ta’kidlash zarur.
2011 yilning iyuliga qadar Respublikamizda bahoiy jamoalarining 6 ta diniy 
tashkiloti ro‘yxatga olingan. 

Download 1,47 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish