partiyalarning bo'limlari tuzilishi ham taqiqlanadi




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf


partiyalarning bo'limlari tuzilishi ham taqiqlanadi; 

Terrorchilik, 
narkobiznes 
va 
uyushgan 
jinoyatchilikka 
ko'maklashadigan, shuningdek, boshqa g'arazli maqsadlarni ko'zlovchi diniy 
tashkilotlar, oqimlar, sektalarning faoliyat ko'rsatishi; 


143 

Yashirin diniy faoliyat bilan shug'ullanish; 

Davlat ro'yxatidan o'tmagan diniy tashkilotlarning faoliyat ko'rsatishi; 
Qonunning yuqorida qayd etilgan qoidalariga amal qilmagan fuqarolar jinoiy 
javobgarlikka tortiladilar. Diniy tashkilotlar faoliyati esa tugatiladi. 
Davlat va diniy tashkilotlar qonunga og'ishmay amal qilsalar, jamiyatda 
siyosiy barqarorlik mustahkam bo'ladi va fuqarolar totuvligi tola qaror topadi. 
 
3. O‘ZBEKISTONDA RASMIY RO‘YXATDAN O‘TGAN DINIY 
KONFESSIYALAR VA TASHKILOTLAR. 
«Konfessiya» so`zi (lotincha 

«confessio» ) o`zbek tiliga aynan tarjima 
qilinganda «e`tiqod qilish» degan ma`noni anglatadi. Umuman olganda diniy 
konfessiya deganda muayyan diniy ta`limot doirasida shakillangan va o`ziga xos 
xususiyatlarga ega e`tiqod va ushbu e`tiqodga ergashuvchilar jamoasi tushuniladi. 
Bir din doirasida vujudga kelgan bo`lsada, aqidalar borasida farqlanadigan jamoalar 
ham diniy konfessiaylar jumlasiga kiradi. Shuni inobatga olgan holda, mutaxassislar 
hozirgi kunda dunyoda yuzlab diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydilar
15
.
Xozirgi kunda O`zbekistonda 16 ta diniy konfessiya va 2250 ga yaqin diniy 
tashkilotlar faoliyat yurutmoqda. Jumladan, diniy tashkilotlar –
2056 ta islomiy tashkilotlar; 
157 ta xristian tashkilotlari; 
8 ta yahudiy tashkilotlari; 
6 ta bahoiy jamoasi; 
1 ta Krishnani anglash jamiyati; 
1 ta Budda ibodatxonasi; 
1 ta Bibliyani anglash jamiyati mavjud
16
.
Masjidlardan eng ko`pi Samarqand viloyatida bo`lib, u yerda 285 ta masjid 
faoliyat yuritadi. Toshkent viloyatida 221 ta, Farg`ona viloyatida 192 ta masjid
ro`yxatga olingan
17
. Diniy tashkilotlar orasida ta`lim muassasal ari alohida ahamiyat 
kasb etadi. O`zbekiston Musulmonari idorasi tarkibida 9 ta o`rta maxsus islom bilim 
yurtlari (madrasa), Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi faoliyat olib 
boradi. Shuningdek, Rus provaslav cherkovining Toshkent va O`zbekiston 
yeparxiyasining Toshkentprovaslav seminariyasi hamda Toshkent protestant 
seminariyasi shular jumlasidandir. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi 
huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita har bir diniy konfessiya vakillarini o`zlari 
uchun muqaddas bo`lgan joylarga ziyoratga jo`natish masalari bilan ham 
shug`ullanib keladi. Jumladan musulmonlardan 10 mimgdan oshig`i Umr a, 7200 
nafari Haj ziyoratlariga yuborilgan. Shuningdek, xristian va yahudiylar ham har yili 
Isroilning Quddus shahriga, Rossiy va Gretsiya davlatlariga ziyoratga borishadi. 
15
А.Очилдиев, Ж.Нажмиддинов. Миссионерлик:моҳият, мақсадлар, оқибатлар ва олдини олиш йўллари. (юз 
саволга 

юз жавоб) «Тошкент ислом университети» нашриёти-матбаа бирлашмаси. Т.: 2009. 
16
Qalampir.uz 
17
Azon.uz 


144 
2018 yilning aprel oyida 130 dan ziyod provaslav xristianlar Isroilning Quddus 
shahriga ziyoratni amalga oshirdilar.
Quyida ular haqida qisqacha ma`lumotlar beriladi. 
1. Islom dini. Musulmonlar O`zbekistondagi eng yirik diniy konfessiyani 
tashkil qiladi. Bunga albatta hech kimga sir emaski islom dini VIII-IX asrlardan beri 
xalqimiz tarixi va ma`naviyatining ajralmas qismidir. O`zbekiston musulmonlari 
islomning sunniylik yo`nalishi, hanafiyya mazhabiga e`tiqod qiladilar. Islom dini va 
uning xalqimiz ma`naviyatida tutgan o`rni va din asoslari hamda marosimlari haqida 
keying mavzularda alohida to`xtalib o`tiladi. O`zbeliston musulonlari idorasi 
musulmonlarning asosiy muassasi hisoblanadi. Bu tashkilotga 1943-yilda asos 
solingan. Dastlab tashkilot “O`rta Osiyo va Qozog`iston musulmonlarining Diniy 
boshqarmasi” deb yuritilgan. 1943-yil 20-oktabrda Toshkent shahrida O`rta Osiyo 
va Qozog`iston ulomolarining 1-qurultoyi bo`lib o`tadi. Mazkur quriltoyda Diniy 
boshqarmaga asos solinadi va uning rahbari etib Eshon Boboxon saylanadi. Diniy 
boshqarma tarkibida mintaqadagi beshta respublika – O`zbekiston, Tojikiston, 
Turkmaniston, Qirg`iziston va Qozog`istonda qozilar rahbarlik qiladigan Diniy 
boshqarmaning vakillari tuzilgan. 
O`rta Osiyo va Qozog`iston musulmonlarining Diniy boshqarmasi 
mintaqadagi islom tarixi va madaniyatini ateistik tuzum sharoitida saqlab qolish, 
musulmonlarda birdamlik tuyg`usini kuchaytirish, ulamolarni jipslashtirish hamda 
islom dunyosiga O`rta Osiyo va Qozog`iston musulmonlarini tanishtirishda ijobiy 
o`rin tutgan. Shuningdek, Diniy boshqarmajamiyatda umuminsoniy qadriyatlarni 
targ`ib etish va ma`naviy-axloqiy tarbiya yo`nalishidagi ishlarga salmoqli hisa 
qo`shgan.
Mintaqa mamlakatlari mustqillikni qo`lga kiritganlaridan so`ng, 1992 
yilning iyunida O`rta Osiyo va Qozog`iston musulmonlarining Diniy boshqarmasi 
Movarounnah musulmonlarining Diniy boshqarmasiga aylantirildi. 1995 yilning 
dekabrida O`zbekiston mulmonlari idorasi (O`MI) tuzilgan. Xozirgi kunda O`MI 
tarkibiga 2056 ta masjid, to`qqizta madrasa – o`rta maxsus bilim yurti, shulardan 
ikkitasi ayol-qizlar bilim yurti, Toshkent Islom institute (TII), Mir Arab oily 
madrasasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, “Hadis”, “Fiqh”, 
“Kalom”, “Aqida”,“ Bahouddin Naqshband nomidagi tasavvuf” ilmiy maktablari va 
“Movaraunnahr” nashriyoti kiradi. O`MI tarkibidagi madraslar alohida ahamiya 
kasb etadi. 2017-yilning noyabr oyi hisobotiga ko`ra 2 ta oily va 10 ta o`rta-maxsus 
islom bilim yurtlarida jami bo`lib 1497 nafar talaba ta`lim oladi.
1. Toshkent islom instituti. Talabalar soni 366 nafar. 
2. Mir Arab oily madrasasi (Buxoro). Talabalar soni 60 nafar. 
3. “Ko`kaldosh” bilim yurti. (Toshkent) T alabalar soni 138 nafar. 
4. Sayyid Muhyiddin mahdum bilim yurti. (Andijon) Talabalar soni 123 
nafar. 
5. Mir Arab bilim yurti. (Buxoro) Talabalar soni 131 nafar. 
6. “Hidoya” bilim yurti. (Namangan) talabalar soni 133 nafar. 
7. Fahriddin ar-Roziy bilim yurti. (Urganch) talabalar soni 117 nafar. 


145 
8. Xoja Buxoriy bilim yurti. (Kitob) talabalar soni 122 nafar. 
9. Muhammad al-Beruniy bilim yurti. (Nukus) talabalr soni 119 nafar. 
10. Imom Termiziy bilim yurti. Termiz shahrida. (2020-yil 8-iyun kuni 24-
son O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ro`yxatidan o`tqazildi.) 
11. Xadichai Kubro ayol-qizlar bilim yurti. (Toshkent) talabalar soni 108 
nafar. 
12. Jo`ybori kalon ayol-qizlar bilim yurti. (Buxoro) talabalar soni 80 nafar. 
O`MI yangi tahrirdagi nizomi Ta`sischilar yig`ilishining 2013 yil 29 
avgustdagi qarori bilan tasdiqlanib, 2013-yil 6-dekabrda O`zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi tamonidan ro`yxatga olingan.
Nizomga muvofiq, O`Mining oily rahbar organi Ulamolar kengashi 
hisoblanadi. Ulamolar kengashi kengash raisi (O`MI raisi, muftiy), uning 
o`rinbasarlari (O`MI raisi o`rinbosarlari) va jami 35-45 ta a`zolar (Qoraqolpog`iston 
Respublikasi musulmonlari qoziyoti qozisi, O`MIning viloyatlar va oshkent shahar 
vakillari (bosh imom-xatiblar,) nashriyotlar, diniy o`quv yurtlari rahbarlari, O`MI 
mas`ul xodimlari, masjidlar imom-xatiblari, respublikadagi taniqli islomshunos 
olimlar va mutaxassislar) dan iborat bo`lgan miqdorda Ulamolar kengashi 
yi`g`ilishida saylanadi. Ulamolar kengashi yiliga kamida 2 martya chaqiriladi.
Ulamolar kengashi yig`lishi orasidagi davrda O`MIning faoliyatiga Oliy 
Hay`at rahbarlik qiladi. Oily Hay`at a`zolari 15-21 ta a`zo miqdorida, muftiyning 
tavsiyasi bilan Ulamolar kengashi tamonidan saylanadi.
O`MI raisi – muftiy Ulamolar kengashi yig`ilishida ochiq ovoz berish yo`li 
bilan behs yil muddatga saylanadi. 
O‘MI tarkibida xalqaro aloqalar, masjidlar, fatvo, ta’lim va kadrlar 
tayyorlash, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha, huquqshunoslik, kutubxona, 
«Movarounnahr» nashriyoti, shuningdek, diniy mahsulotlarni ekspertiza qiluvchi va 
taftish hay’atlari va boshqalar mavjud. Idora tomonidan “Hidoyat” va “Muminalar” 
jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasi nasr qilinadi.
Bugungi kunga qadar O`MIni O`rta Osiyo va Qozog`iston musulmonlarining 
Diniy boshqarmasi davrida Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon (1943-1957), 
Ziyovuddin ibn Eshon Boboxon (1957-1982), Shamsuddinxon Boboxonov (1982-
1989), Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1989-1992), Movarounnahr 
musulmonlari idorasi davrida Muxtorjon Abdulloh Buxoriy (1993-1997), 
Abdurashid Qori Abdulmo`min Qori Bahromov (1997-2006) lar idora raisi-muftiy 
lavozimida faoliyat olib bordilar.
Xozirda O`MI raisi-muftiy Usmonxon Alimovdir. 2006-yil 8-avgust kuni 
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylangan. Usmonxon 
Alimov 1950-yil 1-yanvarda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U Buxorodagi Mir 
Arab madrasasida, Toshkent Islom institutida, Marokashdagi Qaroviyin 
universitetida tahsil olgan. Usmonxon Alimov davrida islom din sohasida ko‘plab 
ishlar amalga oshirilganligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan Hastimom majmuasi, 
Shohi-zinda va boshqa ziyortgohlar ta’mirlandi. O‘zbekiston islom sivilizatsiya 
markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil qilindi. 
O`MI bugungi kunda musulmonlarga is lom ahkomlarini yetkazish, ibodat 
va diniy marosimlarni hanafiy mazhablari talablari asosida to`lqonli o`tkazish, 
ma`rifiy islom va diniy bag`rikenglik g`oyalarini targ`ib qilish, diniy mtaassiblikka 


146 
qarshi kurash, islom ta`limoti va tarixiga oid asarlarni to`plash va o`rganisg 
muqaddas ziyoratlarni tashkil etish va xayriya yordami ko`rsatish, masjid va 
muqaddas qadamjolarni ta`mirlash va obodonlashtirish xalqaro islomiy tashkilotlar 
bilan aloqalarni rivojlantirish yo`nalishlarida kengqamrovli ishlarni amalga 
oshirmoqda. 
2. Rus provaslav cherkovi. 
O`zbekistonda islom dinidan so`ng xristianlik dinining provaslav yo`nalishi 
vakillari e`tiqod qiluvchilar soni bo`yicha ikkinch o`rinda turadi. Ma`lumotlarga 
qaraganda mamalakatimiz aholishining 3.5 foizga yaqini o`zini provaslav deb biladi. 
Ularning aksariyatini rus millatiga mansub vakillar tashkil qiladi. Respublika 
bo`yicha 38 ta provaslav diniy tashkiloti mavjud. Jumladan, Toshkent va O`rta 
Osiyo eparxial boshqarmasi (Toshkent), Seminariya (Toshkent), 2 ta ayollar 
(Toshkent sh. va Toshkent sh. Do`stabod sh.) 1 erkaklar monastri (Chichiq sh.) 
hamda 33 ta ibodatxona (Toshkent sh. 4 ta, Qoraqolpog`iston Respublikasida 1 ta, 
viloyatlarda: Andijonda -1, Buxoroda-2, Jizzaxda -1, Navoiyda -3, Nmanganda -1, 
Samarqandda -4, Sirdaryoda -3, Surxondaryoda -1, Toshkentda -7, Farg`onada -3, 
Qashqadaryoda -1, Xorazmda -1.) ro`yxatdan o`tgan. 
3. Rim katolik cherkovi administraturasi. 
Bugungi kunda O`zbekiston xududida 5 ta diniy katolik tashkiloti – 1 ta 
markaz (Toshkent sh.) 4 ta cherkov (Buxoro, Samarqand, Urganch va Farg`ona 
shaharlarida) rasmiy faoliyat ko`rsatmoqda. Shuningdek Toshkent shahrida Rim 
katolik cherkovi “Tereza Ona ordeni” xayriya tashkiloti ham faoliyat ko`rsatmoqda.
4. Arman apostollik cherkovi. 
Arman apostollik cherkovi – eng qadimiy xristian cherkovlaridan biri bo`lib, 
milodiy I asrda yuzaga kelgan. 301-yildan boshlab hozirgi Armaniston hududida 
davlat dini bo`lib qolgan. Cherkov qavmini odatda arman-grigorianlar ham deb 
atashadi. Mazkur nom Chekov asoschisi Grigoriy “Prosvetitel” (240-332) nomi 
bilan bog`liq. 
Sho`rolar davrida Arman apostollik cherkovi ko`pchiligi yopilib, 
cherkovlarning bino;ari dindorlardan tortib olingan edi. O`zbekiston Mustaqillikka 
erishganidan so`ng, 1992-yilda Samarqand shahridagi cherkov binosi Arman 
apostollik cherkoviga qaytarib berildi. 1993-yili Samarqanddagi Arman apostollik 
cherkovi rasmiy ro`yxatdan o`tib, 1995-yil avgustda cherkovning tantanali ochilish 
marosimi bo`lgan. 2007-yili esa Toshkent shahrida arman-grigoryanlarning ikkinchi 
cherkovi Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatdan o`kazildi.
Arman apostollik cherkovininr rahbari Markaziy Osiyo xududida istiqomat 
qiladigan barcha armanlarning diniy yetakchisi hisoblanadi.
5. Nemis yevangel-lyuteranlar cherkovi. 
O`zbekistonga Yevangel-lyuteran dini vakillari XIX asrning ikkinchi 
yarmida chor Rossiyasi harbiylari va ma`muriy hizmatchilari qatorida kirib kelgan. 


147 
Ma`lumotlarga ko`ra, 1886 yili Turkistonda 285 ta lyuteran istiqomat qilgan. 1896 
yili Toshkent shahrida dastlabki ibodatxona –“kirxa” faoliyat yuruta boshlagan. 
1992-yili Nemis yevangel-lyuteranlar cherkovi rasmiy ro`yxatdan o`tdi va 
kirxa lyuteranlarga qaytarib berdi. Hozir Respublikada ikkita (Toshkent shahri va 
Farg`ona viloyatida bittadan) Nemis yevangel-lyuteranlar cherkovlari ro`yxtga 
olingan. Mazkur cherkovlarga asosan nemis millatiga mansub dindorlar boradilar. 
Ibodatlar nemis tilida olib boriladi. Asosiy diniy manbalar Bibliya, “Blagaya vest” 
va “Der Bote –Vestnik” jurnallari hamda Martin Lyuterning kitoblari xisoblanadi.
Nemis yevangel-lyuteranlar cherkovlari o`z faoliyatida amaldagi qonunlarga 
qat`iy rioya etadi. Jamat a`zolari tomonidan tub aholi ichida misseonerlik faoliyati 
o`tkazilishi kuzatilmaydi. 
6. Yevangel xristian-babtistlar cherkovi. 
Babtistlik (grekcha “babtizo” – “suvga botirmoq”, “suvga sho`ng`itib 
cho`qintirmoq”) XVII asrda Angliyada vujudga kelgan protestant yo`nalishlari 
oqimlaridan biri hisoblanib, dastlabki babtistlar jamoasiga Djon Smit (1554-1612) 
ytakchilik qilgan. 
Turkistonga babtistlik ilk bor 1890-yillarda Markaziy Osiyo va Sibir 
hududlaridan ko`chirib kelganlar orqali kirib kelgan. 1909-yilda Toshkentda 
babtistlar jamoasining dastlabki ibodat uyi ochildi. 1991-yilda Samarqandda 
babtistlarning yana bir jamoasi vujudga kelgan. Babtistlar asosan provaslavlar 
orasida faol miseonerlik faoliyati bilan shug`illanganlar.
“Yevangel-xristian-babtistlar” nomi 1944 yili sobiq Sovet Ittifoqida 
protestantlikda o`zaro yaqin ikkita yo`nalishlar –babtistlar va yevangelchilar diniy 
jamoalrining birlashuvi oqibatida yuzaga kelgan. 
O`zbekistonda Yevangel xristian-babtistlar cherkovi uyushmasi tarkibida 23 
ta diniy tshkilot mavjud. Shu jumladan, 1 markaz –Toshkentda, 22 ta cherkov 
ro`yxatga olingan.
Yevangel xristian-babtistlar cherkovi diniy faoliyatni me`yorlovchi 
qonularga rioya etishga harakat qiladi. Diniy marosim va yig`ilishlari aniq 
belgilangan joy va vaqtda amalga oshiriladi. Yevangel xristian-babtistlar cherkovi 
dindorlarini asosiy diniy manbalari qatorida Bibliya va “Vestnik istini” jurnalini 
ko`rsatish mumkin. Diniy tshkilot vakillaridan ayrimlari misseonerlik faoliyati bilan 
shug`ullanganligi aniqlangan. 
7. Yettinchi kun xristian adventistlari cherkovi. 
Adventistlik (lotincha “adventus” – “kelish”, “voqe` bo`lish”, 
“bo`sag`asida”) protestantlik yo`nalishi oqimlaridan biri bo`lib, unga XIX asrning 
birinchi yarmida Nyu-York shtati Xempton shahridagi baptistlar jamoasining voizi 
Uilyam Myuller tamonidan asos solingan. 
1863 yil amelrikalik yosh yozuvchi ayol Yelena Uayt yetakchiligidagi 
adventistlar Yettinchi kun adventistlari nomi ostida yagon atshkilotga birlashgan.
Adventistlar jamoasi O`zbekiston xududiga XIX asrning oxiri, XX asr 
boshlariga to`g`ri keladi. Avvaliga faqat nemis millatiga mansub odamlar e`tiqod 


148 
qilgan.1910 yolda Tshkentda dastlabki kamoalar paydo bo`lib cherkov qurishgan. 
Keyonchalik Samrqanda ham jamoalr vujudga keldi. 1925-yilda adventistlar 
boshqaruvi vujudga keldi.
Hozirgi kunda O`zbekistondagi Adventist cherkovklari boshqaruv markazi 
Qig`izsiztonda joylashgan Markaziy Osiyo unioni tarkibiga kiradi. Respublikada 9 
ta Yettinchi kun adventistlari diniy tashkiloti ro`yxatga olingan. Cherkovda ibodatlar 
rus va o`zbek tilida olib boriladi. Dindorlar asosan nemis va rus millatiga mansub 
fuqoralar ham da oz miqtorda mahalliy aholi vakillari ham bor. Hozirda ayrim 
adventistlar tamonidan missenerlik holati kuzatilmoqda. 
8. Koreys protestant cherkovlari. 
Koreys protestant cherkovlari sifatida tashabbuskor guruhning asosiy koreys 
millatiga mansub fuqoralar tashkil etgan protestant yo`nalishidagi diniy tashkilotlar 
e`tirof etilib, ushbu cherkovlarning aksariyatiga mustaqillikning dastlabki yillarida 
AQSH va Janubiy Koreyadan maxsus yuborilgan pastorlar rahbarlik qilgan. Mazkur 
ruhoniylar mahalliy koreyslar ichida faol misseonerlik bilan shug`ullanganlar. 
Hozirda barcha koreys protestant cherkovlarida mahalliy O`zbekiston fuqorolari 
faoliyat yuritadilar. 
2014-yil 1 oktyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda jami 52 ta koreys protestant 
diniy tashkilotlari rasmiy ro`yxatga olingan. Konfessional jihatdan ular quydagicha 
tasniflanadi. 
1) Babtistlar cherkovi. 
2) Metodistlar cherkovi. 
3) Presviterian cherkovlar. 
4) To`liq injil xristianlari. 
Koreys protestant cherkovlari adeptlari tommonidan respublikaning ayrim 
hudularda aholi ichida, shu jumladan, tub millatiga mansub fuqorolar orasida 
missionerlik faoliyatini olib borishga qaratilgan xatti-harakatlar kuzatilmoqda. 
9. To`liq injilchi xristianlar cherkovi. (pyatidesyyatniklar). 
Pyatidesyatniklik (grekcha “pentererostos” –“elliginchi”) XIX asr oxirlari – 
XX asr boshlarida Amerika Qo`shma Shatatlarida avval protestantlikning 
perfaksionizm, kvakerlik, yevangelchi, metodistlar jamoalari yo`nalishlariga 
mansub bo`lgan dindorlarning bir qismi tomonidan asos solingan protestantlik oqimi 
hisoblanib, bosh maqsad sifatida go`yoki “apostollar xristianligi”ni tiklash g`oyasi 
ilgari surilgan. Asoschisi – metodist ruhoniy Charlz Foks hisoblanadi. 
Turkistonda dastlabki injilchi xristianlar 1923 yili Toshkent shahrida 
vujudga kelgan bo`lib, faol missionerlik faoliyati oqibatida 1920 yilning oxiriga 
qadar ularning soni 900 tadan oshib ketgan. 
Hozirda Respublikamizda injilchi xristianlari diniy tashkilotlari soni 21 tani 
tashkil qiladi. Cherkovlarda ibodatlar rus tilada olib boriladi ba`zi cherkovlarida 
o`zbek tilida olib boorish holatlari ham kuzatiladi. 
To`liq injilchi xristianlar aholi orasida millatidan qat`iy nazar missionerlik 
faoliyatini olib boradilar. 


149 
10. Novoapostol cherkovi 
Novoapostol cherkovining vujudga kelishi 1830-yillarda Angliyadagi Rim 
katolik cherkovlari ichida “katolik-apostol harakati” nomi ostida tanilgan harakat 
bilan bog`liq. Mazkur harakat a`zolari yaqin vaqt ichida go`yoki Iso Masihning 
ikkinchi bor qaytib kelishiga ishonib, cherkovda xristianlikning ilk davri – apostollik 
holatini tiklash lozim, degan g`oyani ilgari surgan.
O`zbekistonda ushbu cherkovga mansub jamoa jamoa 1992-yilda vujudga 
kelgan. Hozir Respublikada Novoapostol cherkoviga mansub 3 ta diniy tshkilot 
ro`yxatga olingan. 
Novoapostol cherkovi aholi orasida missionerlik faoliyati bilan 
shug`ullanmaydi.
11. “Iyegov shohidlari” tashkiloti 
“Iyegov shohidlari” (rus. “Свидетедш Иегова”, inglizcha “Jehovah`s 
Witnesses”, boshqa nomlari – «Издательское общество сторожевой башни 
Сина», Общество «Сторожевой башни») diniy tashkilotining tarixi 1870 yili 
AQShning Pensilvaniya shtatida joylashgan Allegeyni shahrida Charlz Rassel 
(1852-1916) ismli ruhoniy tomonidan tashkil etilgan “Bibliya tadqiqotchilari” nomli 
to`garak bilan bog`liq. 
O`rta Osiyoda “Iyegov shohidlari” tashkilotining birinchi jamoalari 1950-
yillarda paydo bo`lgan va norasmiy ravishda faoliyat ko`rsatib kelgan. 
O`zbekistonda “Iyego shohidlari” tashkilotining a`zolari missionerlik 
faoliyatini olib borishi bilan jamiyatdagi ma`naviy muhitga salbiy ta`sir etmoqda. 
12. “Golos Bojiy” cherkovi. 
Navoiy shahrida joylashgan “Golos Bojiy” cherkovi 1992-2001-yillarda 
To`liq injil xristianlar cherkovlari markazi tarkibida bo`lgan. 2001 yil cherkov 
markadam ajralib chiqib, hozirda protestant yo`nalishidagi mustaqil diniy tashkilot 
sifatida faoliyat olib bormoqda.
Cherkov adeptlari ayrimlarining missionerlik faoliyai bilan shug`ullanishi 
kuzatilmoqda. 
13. Bahoiylik 
Bahoiylik Eron hukumati ta`qibidan qochgan “bobiylik” (arabcha “eshik”) 
oqimiga mansub kishilar tarafidan 1858 yili Iroqda tuzilgan diniy oqim bo`lib, unga 
“bobiylik” tashkilotining yetakchilaridan biri bo`lgan Mirza Husayn Ali (1817-
1892) asos solgan. 
O`zbekiston hududida bahoiylarning ilk vakillari – savdo-sotiq bilan 
shug`ullanuvchi tijoratchilar XIX asr oxirlarida Samarqand shahrida paydo bo`lgan. 
1929-30 yillarda Samarqand shahrida birinchi mahalliy diniy majlis tashkil qilingan.
Mustaqillik yillarida respublikada bahoiylar diniy tashkilot sifatida dastlab 
1994 yilda Toshkent shahar Adliya boshqarmasi tarafidan ro`yxatga olinib, rasmiy 
faoliyat boshlagan. Bahoiylik yo`nalish vakillari faol missionerlik faoliyati bilan 
shug`ullanadi. 


150 
14. Buddaviylik. 
Buddaviylik (sankritda “budha” – “nur bilan to`lgan”) –jahon dinlari orasida 
eng qadimiysi bo`lib, miloddan avvalgi VI-V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan. 
Buddaviylik atamasi XIX asrda yevropaliklar tomonidan kiritilgan. Odatda 
dindorlar o`z dinlarini “Dxarma (qonun, ta`limot)” yoki “Buddxadxarma” (Budda 
ta`limoti) deb ataydilar. 
Ma`lumotlarga ko`ra, O`rta Osiyoga buddaviylik miloddan avvalgi I asrda 
oxirlarida kirib kelgan. Mustaqillik yillarida O`zbekistondagi yagona Budda 
ibodatxonasi 2001 yilning noyabr oyida Toshkent viloyatida ro`yxatga olingan. 
15. Krishnaiylik. 
Krishnaiylik – Hindistondagi qadimiy diniy qo`lyozmalar (vedalar) asosida 
tashkil etilgan diniy yo`nalish hisoblanib, unga hind millatiga mansub, 
“A.Ch.Bxaktivedanta Svami” taxallusi va “Shri Prabxupada” unvoni bilan mash`hur 
bo`lgan Abay Shrin De (1896-1977) ismli shaxs asos solgan. Krishnaiylikning 
markaziy tashkiloti – Krishnani anglash xalqaro jamiyati 1965 yili AQSH da 
ro`yxatdan o`tgan. 
Dastlabki krishnachilar O`zbekistonda 1985 yilda paydo bo`lgan. Hozirgi 
kunda krishnachilarning yagona diniy tashkiloti Toshkent shahrida joylashgan. 
Krishnachilar Respublikada missionerlik faoliyati bilan bog`liq qonunbuzarlik 
holatlari kuzatilgan. 

Download 1,47 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



partiyalarning bo'limlari tuzilishi ham taqiqlanadi

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish