139
teng bo'ladilar. Fuqarolarning dinga qanday munosabatda bo'lishiga qarab, ular
huquqlarining biron-bir tarzda cheklanishiga yo'l qo'yilmaydi. Shuningdek, har bir
fuqaroga diniy e'tiqodini ro'kach qilib, davlat qonunida unga nisbatan belgilab
qo'yilgan majburiyatlarni baja-rishdan bosh tortishiga ham yo'l qo'yilmaydi.
Dunyoviy davlat — bu, biror dinga imtiyoz berilmasligini, barcha diniy
tashkilotlarning qonun oldida tengligini e'lon qil-gan va uni amalda ham
ta'minlaydigan davlatdir.
Dunyoviy davlat dinning davlatga, amaldagi qonunlarga qarshi targ'ibotiga yo'l
qo'ymaydi, diniy qarama-qarshiliklar, toqatsiz liklarning yuzaga kelishiga ruxsat
bermaydi.
Dunyoviy davlat — bu, o'z ta'lim tizimini dindan ajratgan, o'quv dasturlari
diniy fanlardan xoli bo'lgan hamda ta'lim mazmuniga din singdirilmaydigan davlatdir.
Ayni paytda, dunyoviy davlat — o'z fuqarolariga qonunlarda belgilangan
tartibda diniy ta'lim olishni ham kafolatlaydigan davlatdir.
Dunyoviy davlatda diniy tashkilotlarning faoliyati davlat hisobidan mablag'
bilan ta'minlanmaydi.
Dunyoviy davlat — bu, inson yaratgan qonunlar bilan boshqa riladigan
davlatdir.
Shuni alohida ta'kidlash zarurki, dunyoviy davlatda din davlatdan ajratilsada,
jamiyatdan ajratilmaydi. Binobarin, davlat Konstitutsiyasi va qonunlari asosida
uning amal qilish tartiblari belgilab beriladi.