Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

Vijdon erkinligi nima? Vijdon erkinligi fuqarolarning u yoki bu dinga 
e'tiqod qilish yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslik huquqidir. Vijdon erkinligi 
inson huquqlari masalasining eng muhim qirralaridan biridir. Shuning uchun ham 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948- yilda qabul qilingan «Inson huquqlari 
Deklaratsiyasi»da bu masalaga alohida e'tibor berilgan. Xususan, Deklaratsiyaning 
18- moddasida bunday deb yozib qo'yilgan: «Har bir inson... vijdon va din erkinligi 
huquqiga egadir». 
Mustaqil O'zbekiston Respublikasi ham inson huquqlari bo'yicha Xalqaro 
me'yorlarni tan olgan va mazkur masala xususida xalqaro hamjamiyat qabul qilgan 
hujjatlarga qo'shilgan. Shuning uchun ham davlatimiz Asosiy Qonuni – 
Konstitutsiyamizning 31- moddasida quyidagi satrlar bitilgan: «Hamma uchun vijdon 
erkinligi kafolatlanadi. Наг bir inson xohlagan diniga e'tiqod qilish yoki hech qaysi 
dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l 
qo'yilmaydi». 
Demak, bir kishi boshqasiga, sen u dinga, sen bu dinga e'tiqod qilasan yoki 
sening biror dinga e'tiqod qilishga haqqing yo'q, sen bedinsan, deb ayta olmaydi va 
u yoki bu aqidaga bo'ysunishga majbur eta olmaydi. Dindor kishini ikkinchi shaxs, 
«Diniy e'tiqodingizdan qayting», deb majbur qila olmaydi. Dinga ishonish yoki 
ishonmaslik, dindor yoki dahriy (dinsiz) bo'lish har kimning shaxsiy ishidir. 
Vijdon erkinligi deyilganda, ayni paytda fuqarolarning dinga munosabatidan qat'i 
nazar, ularning teng huquqliligi, barcha dinlarning qonun oldida tengligi, dinga e'tiqod 
qilish yoki qilmaslikka nisbatan hech qanday majburiyatning yo'qligi, diniy tashkilotlar 
(masjid, cherkov, sinagog va h.k.) uchun majburiy yig'imlar to'plashning 


140 
taqiqlanganligi, diniy e'tiqodlar tufayli o'zaro adovat va nafrat qo'zg'atishning 
taqiqlanishi kabi masalalar ham tushuniladi 
Ayni paytda, shu narsani alohida ta'kidlash zarurki, dinga e'tiqod qilish 
erkinligi faqat milliy xavfsizlik va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, 
salomatligi, axloqi, huquqi va erkin-ligini ta'miniash uchun zaruriyat 
tug'ilgandagina cheklanishi mumkin. Binobarin, vijdon erkinligi demokratiyaning 
tarkibiy qismi hamdir. 
Vijdon erkinligining kafolatlari nimalardan iborat? Bu kafo-latlar ko'p 
qirralidir. Ular O'zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to'g'risida»gi qonunida ta'riflab berilgan. Bular: 
 avvalo, dinlarning va diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilganligi; 
 barcha fuqarolar uchun maorif va madaniyat eshiklarining ochiqligi; 
 maktabning dindan va diniy tashkilotlardan ajratilganligi; 
 ta'lim tizimining o'quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo'l 
o'yilmasligi; 
 dindorlarning diniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo'lgan 
muayyan sharoitlarning yaratib berilganligi. 
Sho'ro mustamlakachiligi davrida ham garchand amalda bajarilishi 
ta'minlanmagan bo'lsada, fuqarolar uchun Vijdon erkinligi e'lon qilingan edi. Bu 
erkinlik, hatto sho'ro davlati Konstitutsiyasining alohida moddasida qayd etib ham 
qo'yilgan edi. 
Amalda esa sho'ro davlati dinga qarshi muttasil kurash olib bor-di. Fuqarolar i 
dinga qarshi ruhda tarbiyalash siyosati yuritildi. «Din xalq uchun afyundir», — deb e'lon 
qilindi. Diniy tashkilotlar va din arboblarining faoliyati qattiq nazorat ostiga olindi. 
Insoniyatga Ahmad al-Farg'oniy, Al-Forobiy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon 
Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Zahiriddin 
Muhammad Bobur kabi mashhur daho olimlar va shoirlarimizni, Abu Abdulloh ibn 
Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy kabi ulug' muhaddislami 
tarbiyalab bergan islom madaniyati esa reaksion madaniyat deb qoralandi. 
Biroq, sho'ro davlati jamiyatda dindorlarning kamayishiga erisha olmadi. 
Dinlar va diniy tashkilotlar yashay berdi. Xususan, XIV asrdan beri buyuk va hayotiy 
ta'limot bo'lgan islom dini insonlar qalbidan tobora chuqur joy oldi. 
Buning sababi – islom dinining (boshqa dinlar kabi) insonlar o'rtasida ma'rifat 
tarqatganligida, insonlar o'rtasida xushaxloqlik odob, aql-idrok, mehr-oqibat 
g'oyalarini targ'ib etgariligida, odamlarni rostgo'y, diyonatli bo'lishga da'vat 
qilganligida edi. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq, O'zbekiston hukumati dinga va diniy 
tashkilotlarga, dindorlarga bo'lgan sho'rolar siyosatini butunlay inkor etdi.
Mustaqillik yillarida O'zbekistonda vijdon erkinligi, din, diniy tashkilotlar va 
dindorlarga nisbatan davlat siyosati tub o'zgarishlar amalga oshirildi. 
Xo'sh, bu tub o'zgarishlar nimalarda namoyon bo'lmoqda? 
Birinchidan, vijdon erkinligi masalasining, davlat bilan diniy tashkilotlar 
o'rtasida munosabat masalasining mustahkam huquqiy negizi yaratildi. Bu huquqiy 
negiz – O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda «Vijdon erkinligi va diniy 


141 
tashkilotlar to'g'risida»gi qonundir. Ikkinchidan, 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi hamda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonunda 
fuqarolar va diniy tashkilotlar uchun kafolatlangan huquqiy imkoniyatlar to'la 
ro'yobga chiqarilmoqda.
Uchinchidan, O'zbekiston hukumati musulmonlarning xohish-istaklarini 
inobatga olib, islom dunyosining muqaddas yodgorliklarini, tarixiy obidalarni diniy 
tashkilotlar ixtiyoriga o'tkazdi. 
To'rtinchidan, yangi masjidlar ochildi, eskilari ta'mirlandi. Masjidlar davlat 
ro'yxatidan o'tkazildi. Masjidlarning jamiyat oldidagi mas'uliyati belgilandi. 
Beshinchidan, din arboblari va ruhoniylar uchun ommaviy axborot 
vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratildi. Diniy tashkilotlarga o'z davriy 
nashriarini chop etish yo'lidagi to'siqlar olib tashlandi. Diniy adabiyotlarning chop 
etilishi sezilarli ko'paydi. Xususan, Qur'oni karim va hadislar o'zbek tiliga tarjima 
qilinib, chop etildi. Musulmonlar uchu “Hidoyat” jurnali va “Islom nuri” gazetalari 
nashr etilmoqda. 
Oltinchidan, hamyurtlarimiz hajga va umraga — Makka va Madina 
ziyoratiga, diniy farzni ado qilishga borib kelmoqdalar. Birgina misol. Agar, 1980- 
yillarda butun sobiq sho'ro ittifoqi bo'yicha 25-30 kishi hajga borgan bo'lsa, 
mustaqillik yillarida 116 minga yaqin yurtdoshlarimiz Haj safarida bo`ldilar.
Bugungi kunda “Haj” ziyoratiga O`zbekistondan 7200 dan oshiq xamyurtlarimiz 
borishlari uchun imkoniyatlar ochildi. Mustaqillik yillarida 93 ming 
yurtdoshlaririmiz “Umra” ziyoratida bo`ldilar. Hozirgi paytda Umra ziyoratiga 
borishdagi cheklov butunlay olib tashlanib yil davomida ziyoratga borish 
tashkillashtirilmoqda. Vazirlar mahkamasining 2017 yil 7-iyundagi ““Haj” va 
“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o`tkazishni yanada takomillashtirish chora 
tadbirlari to`g`risida” qarori bu sohadagi ishlarning davomi sifatida ko`rish 
mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan 
2018 yilning yanvar-aprel oylarida “Respublika Qur`on musobaqasi” o`tkazildi. 
Qur`on musobaqalarida yurtimizdagi 5397 nafar qorilar ishtirok etdi. Ulardan 
2114 nafar ayollardir.
Yettinchidan, dastlab Respublikamizda muqaddas Ramazon va Qurbon 
hayitlari Umumxalq bayrami sifatida dam olish kunli sifatida belgilangan bo`lsa, 
endilikda dam olish kunlari uzaytirildi.
Sakkizinchidan, diniy tashkilotlar xalqaro aloqalarni kengaytirish imkoniga 
ega bo'ldilar. 
To'qqizinchidan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida 
Diniy ishlar qo'mitasi tashkil etildi. Qo`mita O`zbekiston Respublikasining birinchi 
Prezidenti I.A.Karimovning 1992 yil 7 martdagi “Ozbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mitani tashkil etish to`g`risida”gi 
Farmoniga muvofiq tashkil etilgan bo`lib, har bir shaxsning vijdon va diniy e`tiqod 
erkinligini huquqi, fuqorolarning dinga bo`lgan munosabatidan qat`iy nazar 
tengligini ta`minlash, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyati bilan bog`liq 
munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vazifalarni hal etish vakolati berilgan 


142 
davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Shuningdek, Toshkent islom universiteti 
negizida Xalqaro Islom Akademiyasi tashkil etildi. Imom Buxoriy va Imom 
Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etildi.
“Diniy-ma`rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to`g`risida”gi Prezident Farmonida O`zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi 
“Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etish belgilangan. Farmonda tegishli idoralarga 
fuqorolaridan zakot, fitr va boshqa xayriya mablag`lari sifatida tushadigan 
mablag`lar “Vaqf” jamoat fondining maxsus hisob raqamiga tushadi va tegishli 
xayrli ishlarga, tarixiy obida va masjidlarni obod qilishga sarflanishi nazarda 
tutilgan.
O'ninchidan, mashhur diniy arboblarning xotiralari ulug'lanmoqda, 
ularning tavalludiga bag'ishlangan yubileylar va anjumanlar katta tayyorgarlik bilan 
keng ko'lamda nishonlanmoqda. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 
tashabbuslari bilan Fazilatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotiralarini 
abadiylashtirish maqsadida Toshkentdagi masjidlardan biriga uning nomini berish va 
uning tarkibida allomaning ilmiy merosini keng ommaga tanishtirish maqsadida muzey 
tashkil qilishga tavsiya berdilar.
O'zbekiston – dunyoviy davlat. Demак, dunyoviy davlatda amal qiladigan 
davlat va din munosabati tamoyillari O'zbekistonda ham amal qiladi. 
Ayni paytda, Respublikamizda davlat va din munosabati masalasida o'ziga 
xos jihatlar ham mavjud. 
Davlat dindor fuqarolarning diniy e'tiqod va haq-huquqlarini qanchalik hurmat-
ehtirom qilsa, dindorlar ham davlat qonunlari va siyosatini shunchalik hurmat va 
ehtirom qilishlari shart. Shundagi-na hech kimning hech kimdan ko'ngli qolmaydi». 
O'zbekiston davlati o'z fuqarolarining diniy e'tiqodlarini hurmat qiladi. 
Ayni paytda, dindorlar va diniy tashkilotlar O'zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilab qo'yilgan quyidagi talablarga ham rioya 
etishlari lozim: 

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish; 

Dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ'ibot olib borish, 
millatlararo adovat uyg'otish va fuqarolararo totuvlikni buzish vositasi sifatida 
foydalanmaslik;   

Diniy tashkilotlarning davlat ro'yxatidan o'tishi; 

Dindorlardan majburiy pul yig'imi yig'maslik va to'lovlar undirmaslik; 

Taqiqlangan g'oyalarni, adabiyotlarni, kino, foto va video 
mahsulotlarni tarqatmaslik va ishlab chiqarmaslik.
O'zbekiston davlatida yana quyidagilar man etilgan: 

Diniy mohiyatdagi siyosiy partiya va jamoat harakatlarini tuzish.
Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57- moddasida aniq 
ifoda qilingan. Ayni paytda, Respublikamizda chet davlatlarda tuzilgan diniy 
Download 1,47 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish