137
birlashtirish mumkin emas. Shuningdek, Quro`n oyatlarda Alloh payg`ambar
Muhammad (s.a.v)ga bu xususda qayta-qayta ko’rsatmalar beradi. Nihoyat, Baqara
surasining 256-oyatida diniy e’tiqod masalasida zo’ravonlik tamoyili aslo mumkin
emasligi aytilgan.
Haqiqiy e’tiqod ichki imondan kelib chiqadi. Shunday ekan, uni zo’rlik bilan
o’rnatib bo’lmaydi. «Dinda zo’rlash yo’q» oyatini, insonga tanlash ixtiyori berilgan
va buning uchun uning o’zi javob beradi ma’nosida tushunish ham mumkin. Bundan
tashqari qiyomatda e’tiqod masalasidagi bahslarni Allohning o’zi hal qiladi.
Ungacha esa insonlar faqat xayrli ishlarda o’zaro musobaqalashmoqlari kerak.
E’tiqod masalasida monopoliya bo’lishi mumkin emas.
Muhammad (sav) hayoti sinchiklab o’rganilsa, u zot hech qachon hech kimni
islomga kirishga majbur qilmaganlari, biron marta u yoki bu harbiy harakat diniy
e’tiqod tufayli bo’lmagani ayon bo’ladi. Payg`ambar olib borgan harbiy
tadbirlarning beistisno barchasi sof mudofaa maqsadlariga xizmat qilgan. Badr (624
y.), Uxud (625 y.) va Xandaq (627 y.)
janglarida makkalik mushriklar