138
tortib
Hindiston, Pomir tog’larida ham yashagani aytiladi. Ularning bir yerdagisi
zardusht, ikkinchi yerdagisi otashparast bo’lishi hech gap emas.
Markaziy Osiyo axolisi ilk o’rta asrlardayoq diniy bag’rikenglikni o’zida
namoyon qildi. Buni kushonlar davrida buddaviylik davlat dini deb e’lon
qilinganligi, lekin oddiy odamlar o`zlarining dinlarida bo`lishiga mone`lik
qilinmagan. Shuningdek, barcha dinlar paralel mavjud bo’lganligida ko’rishimiz
mumkin.
IX asrdan boshlab hozirgi O’zbekiston hududida islom dini sunna
yo’nalishining hanafiy (Imom A’zam) mazhabi qaror topdi. Bu ham bejiz bo’lmasa
kerak, zero Imom A’zam mazhabi o’zga dinlar va mahalliy urf-odatlarga nisbatan
erkinlik berish bilan boshqa mazhablardan ajralib turadi. Hanafiylik ta’limotini
takomulga etkazgan vatandoshlarimiz
- al-Moturidiy, Abul Mu’in Nasafiy va al-
Marg`inoniy kabi allomalar musulmonlar orasidagi g`oyaviy tarafkashlikka barham
berish, islom dinining «ahli sunna va jamoa» yo’li barqaror bo’lib qolishiga katta
hissa qo’shdilar. Nafaqat buyuk allomalar, balki O’rta Osiyo hukmdorlari ham bu
yo’lda kurashdilar. Masalan, X asr o’rtalarida musulmon dunyosida shia yo’nalishi
(Shimoliy Afrika, Misr, Suriya, Hijozda - fotimiylar, Yamanda-zaydiylar va hatto
abbosiylar poytaxti Bag`dodda-buvayhiylar) ustunlikka erishgan bir paytda O’rta
Osiyolik tohiriy, somoniy, g`aznaviy va qoraxoniy hokimlar «ahli sunna va
jamoa»ni qattiq turib himoya qildilar.
Buyuk bobomiz Amir Temur «ahli sunna va jamoa»ga
doim sodiq, diniy
aqidaparastlikka qat’iy qarshi bo’lgan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, sobiq «qizil imperiya» tarkibiga majburan
kiritilgan O’zbekiston fuqarolarining aksariyatida «sovet kishisi»dan tashqari yana
bir «narsa» bor edi. Bu «narsa» - etnik, til va irqiy mansublikdan qat’i nazar
musulmonchilik edi. Jahondagi barcha musulmonlar hech bo’lmaganda ikki
madaniy muhitda yashaydilar. Biri - ona Vatanning etnik tarkibi bilan bog`liq
mahalliy madaniyati, ikkinchisi - islomga kirgach
shakllangan musulmon
madaniyati. Uzoq tarixga ega bo’lgan musulmon jamoalarida mazkur ikkala muhit
bir-birlari bilan chambarchas bog`lanib ketgan.
Xozirgi kunda ham diniy ba`g`rikenglik O`zbekistonda 16 ta diniy
konfessiyaga mansub dindorlar 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinch-totuv va
osoyishta umurguzaronlik qilmoqdalar. Bu xalqimizning azal-azaldan bag`rikeng va
oliyjanob ekanligining yorqin ifodasidir. Zero, hamjihatlik yorqin kelajak va
taraqqiyot garovidir.