• Tekshirdi: Ilmurodova D.
  • Raqamli texnalogiyalar vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali akt 11-22 guruh




    Download 186.32 Kb.
    bet1/2
    Sana26.03.2024
    Hajmi186.32 Kb.
    #177492
      1   2
    Bog'liq
    Ta\'limga kirish a№2
    Harakatga doir masala(matematika test), IELTS Reading Strategies By Rachel Mitchell, Презентация Microsoft PowerPoint, python da matnli masalalar, 1678438480, jamiyatda-diniy-fanatizm-va-dinda-qarashlar-xilma-xilligi, Mavzu Axborotlashgan jamiyat va uning rivojlanish istiqbollari, PYTHON DASTURLASH TILI AFZALLIKLARI Ostanakulov Akhrorjon, Plategnoe-poruchenie-Blank, 7-var1, O’QISH DARSLARIDA VATAN POSBONLARI MAVZUSINI O’RGANISH 3-SINF, yTss98Y2EP mhiukxVXezkYEFdT4a4l5, 1-ma\'ruza (2), Mektepke shekemgi tálim jasındaǵı balalar ushın gimnastika, Mundarija kirish. I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni innovats




    Raqamli texnalogiyalar vazirligi
    Muhammad al-Xorazmiy
    nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali
    AKT 11-22 guruh
    2-bosqich talabasi Meyliyev Adhamning
    Ta’limga kirish”
    fanidan bajargan
    Amaliy mashg’ulot №2
    Bajardi: Meyliyev A.
    Tekshirdi: Ilmurodova D.


    1. Jadidlarning ta’limga qo’shgan hissalari

    2. Rivojlangan davlatlarda ta’lim tizimi

    Kalit so‘zlar: Jadidlar, madrasa, Toshkent, Munavvarqori, Musulmon xalq dorilfununi, poydevor, dunyoviy ta'lim;


      1. Jadidlarning ta’limga qo’shgan hissalari

    Insoniyat tarixida oliy ta‘lim va ilm-fan maskanlari universitet hamda boshqa oliy o‘quv yurtlarining tutgan o‘rni va ahamiyati benihoyat katta. Ular millat, jamiyat nufuzi va taraqqiyotini belgilovchi asosiy me'zonlardan biri sifatida paydo bo‘lib, rivojlanib kelmoqda. Ularda kashfiyotchilar va olimlar, adib-u shoirlar tahsil olib voyaga yetadilar.
    Jadidchilik harakatining umuminsoniy va umummillat, taraqqiyot, islohatchilik, yaratuvchilik sohasidagi asosiy g‘oyalaridan biri yevropacha dunyoviy oliy ta'limni hayotga joriy etish bo‘ldi. Ularning asosiy maqsadi Vatanni ozod va obot etish, millatni taraqqiy ettirish, nufuzi va mavqeini ko‘tarish, boy-badavlat qilish bo‘ldi. Shuning uchun ham jadidchilik harakatida oliy ta'lim va universitet tashkil etish g‘oyasi eng muhim asosiy masalalardan biri bo‘ldi. "Buyuk millatparvar va taraqqiyot fidoyisi bo‘lgan jadidlarning asosiy maqsadlaridan biri jadid xalq maorifini boshlang‘ich, o‘rta maxsus(hozirgi kollej va litsey misol) va oliy o‘quv yurtlari tizimidan iborat qilib yaratish bo‘lgan edi. Ular juda katta qiyinchilik va qarshiliklarni yengib mana shunday jadid xalq maorifini yaratishga muvaffaq bo‘ldilar"*1+. Bu g‘oya ilk bor 1892-yilda jadidchilikni asoschisi qrimlik Ismoil Gaspralining Turkiston general-gubernatori A.B.Verevskiyga yozgan maxsus maktubida rasman mana bunday bayon etiladi: "Mavjud madrasalardan ba'zi birlari oliy darajada qayta qurilib, isloh qilinsa, harbiylar kabi imtiyozlarga ega bo‘lsa, diniy boshqarma tasarrufidan ozod qilinsa, ham diniy, ham pedagogik xizmat qilish huquqiga ega bo‘lar edi... Ularni vaqf, vaqflar bo‘lmagan joylarda esa jamoat yoki davlat mablag‘i asosida tashkil etsa bo‘ladi". Bu tarixiy maktubda bundan tashqari, rus rilini o‘rganish, jadid maktablarida savod chiqarishni eski 5-6 yil o‘rniga 1-2 yilga tushirish, madrasalarda esa o‘qishni 15-20 yildan 4-5 yilgacha qisqartirishning aniq yo‘llari ham ko‘rsatilgan edi.
    Jadid matbuotida ham zamonaviy oliy ta'lim eng dolzarb masala sifatida keng targ‘ib qilindi.
    Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘zining "Ehtiyoji millat" nomli maqolasida shunday deb yozadi: "...Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur. Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqa millatlarga poymol bo‘lur"*2+.
    Buyuk mutafakkir Abdulla Avloniyning "Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir" degan hikmati jadidchilik harakatining asosiy tamal toshi, g‘oyaviy -mafkuraviy asosi va harakat dasturi bo‘ldi*3+.
    Birinchi o‘zbek professori, jadid va millatparvar Abdurauf Fitrat Turkiyada o‘qib yurgan paytlaridayoq o‘z ona shahri Buxoroda tibbiyot madrasasini tashkil etishni orzu qilar edi. O‘zining 1912-yilda yozilgan "Hind sayyohi bayonoti" nomli asarida "Bir johil kishining olim bo‘lishi uchun uch narsa kerak: pul, madrasa, sa'y-u amal" deydi.
    "Jadidlar Munavvarqori rahbarligida katta bir ishonch va umid bilan dorilfunun ochishga bel bog‘lab turgan bir paytda Turkiston Xalq Komissarlari Soveti Toshkentda Xalq universiteti tashkil etish haqida 1918-yil 16-martda maxsus qaror qabul qiladi. Unda faqat ruslar manfaati va ehriyoji e'tiborga olinadi. Sovet hukumatining bu oliy ta'lim haqidagi ilk qarori mustamlakachilik ruhida bo‘lib, u chor Rossiyasi davrida general-gubernator Duxovskiy tomonidan olg‘a surilgan ruslar uchun oliy o‘quv yurti tashkil etish g‘oyasini amalga oshirishga xizmat qiladi"*4+. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, o‘zbek tilida rasmiy ravishda "dorilfunun" atamasi universitetga nisbatan XX asr 30-yillarigacha ishlatib kelingan. Buni universitetning rasmiy hujjatlari va nashrlarida ko‘rish mumkin. Oradan roppa-rosa 24 kun vaqt o‘tib, Toshkentning Yangi shahar qismida rus xalq universiteti tashkil etish harakati nihoyalanayogan bir paytda Munavvarqori Abdurashidxonov o‘z safdoshlari va oliy ta'lim fidoyilari bo‘lgan jadidlarning faol guruhini o‘z uyiga to‘plab, vaziyatni tushuntirish bilan birga, aniq maqsadni o‘rtaga qo‘yadi. Va shu kuniyoq, Munavvarqori rahbarligida 9 kishidan iborat "Musulmon xalq dorilfununining tashkilot komissiyasi" tuziladi. "Tashkilot hay'ati" (yoki komissiyasi) juda tezlik bilan ishga kirishib, tarixda ko‘rinmagan milliy dunyoviy, yevropaviy oliy ta'lim o‘chog‘i — Musulmon xalq dorilfununi tashkil etish yo‘lida bir oydan biroz ortiq vaqt ichida o‘nta majlis o‘tkazadi. Bularda eng muhim tashkiliy, ilmiy-ijodiy masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilinadi. Bu Tashkilot a'zolaridan Munavvarqori, Burhon Habib, Muxtor Bakir, Murod Xo‘ja, Iso To‘xtaboyev, Sodiq Abdusattarov, Abdusamiqori Ziyoboyev va boshqalarning xizmatlari alohida tahsinga sazovordir. Nihoyat, 3-may kuni Tashkilot komissiyasining navbatdan tashqari kengaytirilgan majlisi bo‘lib, unda Musulmon xalq dorilfununi rahbariyatiga saylov bo‘ladi. Tashkilot raisligiga Munavvarqori Abdurashidxonov saylanadi.
    Munavvarqori rahbarligida oliy ta'lim fidoyilarining mehnati bilan 1918-yil 12-may shanba kuni Musulmon Xalq dorilfununining rasmiy tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Munavvarqori qisqa nutq so‘zlab, yig‘ilishni ochadi. U o‘z nutqida musulmonlar chorizm davrida rus yo‘qsillari bilan birgalikda yarim asr qullikda yashaganini, ozodlik katta talofatlar evaziga qo‘lga kiritilganini alohida ta'kidlaydi. Shundan so‘ng Munavvarqori harbiylarga xos usulda yig‘ilganlarni hurriyat shahidlarini xotirlab bir necha daqiqa sukut saqlashga chaqiradi. So‘ngra musulmon hurriyat shahidlari uchun Samig‘qori afandi tarafidan Kalomi Sharifdan biroz o‘qilib bag‘ishlanadi. Turkiston jumhuriyati xalq komissarlari dorilfununning vazifalari va uning umummilliy tabiati haqida o‘z so‘zlarini aytdilar. Musulmon xalq dorilfununi haqiqatdan ham dunyoviy ilm-fan va usullarga asoslangan hozirgi zamon xalq maorifining dastlabki asosiy tayanch markazi sifatida faoliyat yuritdi.
    Musulmon xalq dorilfununi ochilishi katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Buni o‘sha davrdagi taniqli olim A.A.Divayev quvonch bilan shunday ifodalaydi: "Mana, bugun Toshkentda Musulmon dorilfununi ochilishi tantanasida qatnashishga muyassar bo‘ldik. Turkiston uchun tong otdi, yorug‘ quyosh balqidi... Yashasin Turkiston xalqining tayanchi va umidi bo‘lgan o‘quv yurti"*4+.
    1919-yil dekabr oyiga kelib, xalq dorilfununi RSFSRda qabul qilingan umumiy qoida asosida Turkiston davlat dorilfununiga aylantiriladi. Bu katta ilmiy-madaniy voqea Turkiston hukumati va dorilfunun jamoatchiligi tomonidan rasman katta tantana bilan nishonlanadi.
    "Hozirgi O‘zMU dastlab rus tilli oliy ta'lim, ilm-fan, ilmiy ijod va kashfiyotlar, ta'lim- tarbiya va mutaxassislar maskani bo‘ldi. Ammo vaqt o‘tib, milliy olim va mutaxassislar ko‘payishi bilan haqiqiy milliy hamda millatlararo mo‘tabar ilmiy-o‘quv markaziga aylandi. Bu universitetda turli xil millatlarga mansub minglab olim va ijodkorlar tarbiya topib, o‘z millati va Vatanining faxri hamda hamisha ardoqlanuvchi farzandi sifatida tarixda qoldi. Shuning uchun ham Bu universitet O‘zbekistondagi barcha millatlarning faxriga aylandi"*5+. Munavvarqori Abdurashidxonov oliy ta'lm va milliy universitet asoschisi bo‘lishi bilan birga, millatning ma'naviy otasi darajasiga ko‘tarilgan va uning uchun jonini tikkan buyuk inson edi. U milliy hukumat "Turkiston muxtoriyati" qonga botirilgandan so‘ng milliy universitet tashkil etdi, Vatanni ozod etish yo‘lida jonini ham ayamadi*6+.
    Xulosa shuki, 1918-yil 12-may milliy oliy ta'lim maskaniga asos solingan, Milliy universitetning poydevori qo‘yilgan muborak kun bo‘lib tarixga kirdi. Ma'rifatparvar jadidlar o‘z yurtini rivojlantirish uchun bor kuchlarini bilimga, ilimga qaratdi. Yurtda bilimlilar soni ko‘payar ekan, rivojlanish bo‘ladi, yangilanish bo‘ladi. Jadidlar hayotning aynan shu jabhalarini ko‘ra oldilar. Ko‘plab yoshlarni Turkiya, Germaniya hatto Fransiyaga ham o‘qishga yuborishdi va xorijda ta'lim olish uchun yuborilgan yoshlar soni yildan yilga ko‘payaverdi. Xorijda o‘qish yaxshigina mablag‘ talab qiladi. Hattoki o‘sha cheteldagi talabalar uchun o‘z yonidan ham mablag‘ sarfladilar. Jadidlar millat va Vatan ozodligi, taraqqiyoti yo‘lidagi maqsad-u vazifalaridan biri tarixda ilk bor dunyoviy milliy oliy ta'limga asos solish, universitet va institutlar tashkil etish edi. Bunga ular barcha qiyinchiliklarni mardanavor yengib erishdiar.


      1. Rivojlangan davlatlarda ta’lim tizimi

    Rivojlangan davlatlarda ta'lim tizimi o'zida bir nechta afzalliklarni o'z ichiga oladi va o'quvchilarni yuqori sifatli, innovatsion, va ma'naviy ravishda tayyorlashga qaratilgan. Bundan tashqari, rivojlangan davlatlarda ta'lim tizimi sodda o'quvchilarni rivojlantirishda, o'quvchilarning potensialini chegaralashmay, inovatsiyalarga imkoniyat yaratishda ham muhim rol o'ynaydi.

    Download 186.32 Kb.
      1   2




    Download 186.32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli texnalogiyalar vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali akt 11-22 guruh

    Download 186.32 Kb.