Abu Hanifaning fiqhiy uslubi




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

2. Abu Hanifaning fiqhiy uslubi.
Tadqiqotchilar bildirgan fikrlarni birlashtirib, Abu Hanifaning istinbot (hukm 
chiqarish) uslubini quyidagi asoslarga tayangan deb fikr bildirish mumkin: 
1. Qur’oni karim. Islom dinining barcha ahkomi, axloqu odobning barcha 
me’yorlarini o‘z ichiga qamrab olgan ilohiy manba sifatida o‘zining umumiy 
ko‘rsatmalari va yo‘llanma-lari bilan boshqa manbalarning poydevorini tashkil 
etgani uchun Abu Hanifaning fiqhiy uslubida birinchi va asosiy o‘rinda turadi. 
2. Sunna. Payg‘ambarning so‘zlari, amallari, taqrirlari (tasdiqlari)dan iborat 
bo‘lib, Qur’on oyatlarini izoxlovchi, umumiy hukmlarini hoslashtiruvchi, 


121 
mutlaklarini muqayyad qiluvchi, noaniq bo‘lgan iboralar va hukmlarini aniqlab be-
ruvchi manba sifatida ikkinchi o‘rinda turadi. 
3. Sahobiylar so‘zlari. Ular Payg‘ambarga oyatlar nozil bo‘li-shining 
guvohlari sifatida oyatlarning sababi nuzuli (nima uchun kelganligi) va hadislarning 
Sha’ni vurudi (nima uchun aytilganligi)ni yaxshi tushungan holda, Payg‘ambar 
ilmini ke-lajak uchun tashuvchilar edilar. Shuning uchun Abu Hanifa sa-hobalar 
so‘zlari va ular bajargan amallarga fiqh ilmi bo‘yi-cha katga e’tibor beradi, lekin 
Abu Hanifa nuqtai nazaridan tobiinlarning so‘zlari bunday yuksak darajada 
turmaydi. 
4. Qiyos uslubi. Biron bir muammoning yechimi Qur’on, Sunna yoki sahobiy 
qavlidan topilmasa, Abu Hanifa ra’y va qiyosga asoslanib amal qilardi. Qiyos, "Usul 
ash-Shoshiy" hoshiyasi-da berilgan ta’rifga binoan, "hukmi ma’lum bo‘lmagan 
masa-lani, hukmi aniqlangan masala bilan solishtirib, oralari-da mushtarak illat 
(sabab) mavjud bo‘lsa, aniqgangan hukmni hukmi noaniq masalaga qo‘chirishdir". 
Imom Abu Zahra yozishicha, Abu Hanifa qiyos orqali hukm-larni istinbot 
qilish bo‘yicha eng oliy darajaga yetib borgan edi. Birinchidan, u illatni qidirardi, 
unga erishgandan keyin uni tekshirib, faraz qilishga o‘tardi va hali yuz bermagan 
hodisalarni taxmin qilib, aniqlangan sababni unga tatbiq etishga urinardi. Bunday 
fiqq esa "al-fiqhut-taqtsiriy" ya’ni taxminiy xuquqshunoslik deb atalardi. Bunda 
sodir bo‘lmagan hodisalar taxmin qilinib, hukmi aniqlanardi va bu ish to-pilgan 
illatlarni sinovdan o‘tkazish maqsadida amalga oshi-rilardi168. 
Ta’kidlash kerakki, "Fiqhi taqririy" bo‘yicha Hanafiy mazhabi vakillari, 
ayniqsa, o‘rta osiyolik olimlar katta yutuqlarga erishganlar. Ular yozgan fatvo va 
boshqa fiqhiy asar-lar buning guvohidir. 
5. Istehson. Bu — qiyosi jaliy (qiyosi zohir — ochiq qiyos) doirasidan chiqib, 
unga qarshi bo‘lgan hukmni tanlab olishdir. 
Muhammad ibn Hasan aytishicha: "Abu Hanifa o‘z suhbat-doshlari bilan 
qiyoslashga o‘tganda, ular unga qo‘shilishib muno-zara qilardilar. Ammo istehsonga 
o‘taman deganda, istehsonda masalalar ko‘p bo‘lgani uchun hech kim unga 
qo‘shilmasdi, so‘ngra hammalari to‘xtab unga bo‘isunardilar. U Kufa olimlari fiq-
hini yaxshi bilardi". 
7. Urf. Urf ikki xildir: urfi fosid — nassga zid bo‘lgan urf-odat bo‘lib, islom 
huquqida qo‘llanilmaydi. Urfi sahih — xalqning nassga zid bo‘lmagan urf-odatlari 
bo‘lib, Islom qonunchiligida, ayniqsa, Abu Hanifa mazhabida katta ahami-yatga 
egadir. 
Islom huquqining asosiy manbalari, ayniqsa, Qur’onda oldi-sotdi bitimiga 
doir bir-ikki oyatdan boshqa nass mav-jud emas. Hadis kitoblarida ham bu sohaga 
tegishli hadislar soni 20 dan oshmaydi. Shunday bo‘lsa ham bugun fiqh kitobla-rida 
bu soha bo‘yicha minglab masalani ko‘rish mumkin. Buning sababi shundaki, 
Payg‘ambar zamonida uluslararo muomalot urf-odat asosida tartibga solinar edi, 
Payg‘ambar ko‘pincha urfni qabul qilib, yangi hukm bermasdi. 
Hanafiy mazhabi tarqalishining sabab va omillari. Imom Abu Hanifa asos 
solgan Hanafiy mazhabi Kufa shahri — Iroq diyori markazida yuzaga kelib, oz 
muddat ichida islom dunyosining ko‘p mamlakatlarida tarqalib rivojlandi va 


122 
musulmonlarning katga qismini o‘ziga jalb etib, ahli sunna val jamoaning eng katta 
va keng yoyilgan mazhabiga aylandi. "Islom: yo‘nalishlar, mazhablar, oqimlar" 
kitobi muallifi bergan ma’lumotlarga ko‘ra: "Bugungi kunda dunyodagi taxminan 
1,3 milliard musulmon aholisining 92,5 foizini sunniylar tashkil etib, ular mazhablar 
bo‘yicha quyidagi nisbatda bo‘li-nadilar: Hanafiylar-47%, Shofi’iylar-27%, 
Molikiylar-17%, Hanbaliylar-7,5%ni tashkil qiladi"199. 
Hanafiy mazhabi ikkinchi hijriy asrdan sharqu g‘arb, shimolu janubga o‘z 
nufuzini o‘tkaza boshladi va birinchi bosqichda Abbosiylar davlati hududida 
tarqaldi, so‘ngra ko‘p o‘lkalarda barcha xalqlarning ichiga kirib borib, ular tomo-
nidan qabul qilindi va ayrim mamlakatlar, masalan, Iroq, Eron, Movarounnahr, 
Xuroson va Turkiya hududlarida Abbosiylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, 
G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshoxdar, Misrda Ayyubiylar, Mamluklar, 
Temuriylar, Boburiylar, Shayboniylar davlatlari va Usmoniylar imperiyasi 
tomonidan rasmiy mazhab sifatida qabul qilinib, ularning keng sohali barcha 
hududlarida sud ishla-ri ushbu mazhab asosida olib borilardi. Saljuqiylar bosh vaziri 
Xoja Nizomulmulk (1018—1092) himoyasi ostida Movarounnahr xududida 
Shofi’iy mazhabi bir oz tarqalib, Hanafiylik bilan raqobatga kirishgan bo‘lsa ham, 
Abu Zahraning fikricha, bunday raqobat faqat fiqxiy munozaralar doirasida 
cheklangan bo‘lib, fiqh ilmining rivojiga sabab bo‘lardi hamda undan hech qanday 
adovat va xusumat kelib chiqmasdi. 
Lekin zamon o‘tishi bilan Shofi’iy mazhabi al-Qaffol ash-Shoshiy singari 
buyuk vakillariga ega bo‘lgan bo‘lsa ham, Hanafiy mazhabi qarshisida chekinishga 
majbur bo‘ldi va O‘rta Osiyoning barcha olimlari Hanafiylikni qo‘llab-quvvatlab, 
uning rivojiga katta hissa qo‘shib keldilar. 
Hozirgi kunda Hanafiylikning jo‘g‘rofiy hududi Markaziy Osiyo 
davlatlaridan boshlab, Xitoy, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Eron, Iroq, 
Arabiston, Yaman, Misr, Jazoir, Tunis, Marokash, Turkiya, Indoneziya va boshqa 
musulmon o‘lkalariga yetib boradi. Abu Hanifa mazhabi aytib o‘tilgan 
mamlakatlarning ayrimlarida asosiy mazhab bo‘lsa, ayrimlarida ikkinchi yoki 
uchinchi o‘rinda turadi. 
Hanafiy mazhabi shimoliy Afrika mamlakatlari (Tunis, Jazoir, Marokash)da 
tarqalgan edi. Bu o‘lkalarda hanafiylar soni ko‘p bo‘lmasa ham, bu mazhab olimlari 
katta izzat va hurmatga ega. Tunis poytaxtida sud ishlari hanafiy va molikiy 
mazhablari asosida yuritilib, unda hanafiy sud tizimi moli-kiy sud tizimi bilan birga 
qo‘llaniladi. Hasan Sodiqning ta’kidlashicha, bu yerda hanafiy mazhabining buyuk 
muftiyla-ri mavjud bo‘lib, barcha ustidan ma’naviy rahbarlik maqomida turib, 
"shayxul-islom" nomi bilan ataladilar. 
Shuningdek, odat bo‘yicha "Zaytuna" universiteti o‘qituv-chilarining yarmi 
hanafiylardan va yarmisi esa molikiylardan bo‘ladi. 
Hanafiy mazhabi tarafdorlari Hindistonda 48 mln.ga yetib boradi. Janubiy 
Amerika va Braziliyada 25 mln hanafiy musulmonlari mavjud. 
Hanafiy mazhabining tarqalishi uchun quyidagi omillar sabab bo‘lgan: 
Birinchi omil: 


123 
Ushbu mazhab o‘z mohiyati, ta’limoti va qo‘llagan uslubi bilan jamiyatlarda 
yuz berib turadigan huquqiy muammolarni hal etish imkoniyatiga ega bo‘lib, har 
qanday savolga javob topa oladi. Bunday imkoniyat shundan kelib chiqadiki, 
Hanafiy mazhabi biron bir masala bo‘yicha nass (Qur’on yoki Hadis-lar matni) 
mavjud bo‘lmasa, qiyos va uning eng muhim turi bo‘lmish qiyosi xafiy, ya’ni yopiq 
yoki yashirin qiyos (istehson)-ga tayanib ish olib boradi, shuningdek, urf-odatga 
katta e’ti-bor qaratadi. Bunday uslubdan foydalanish xalq uchun hayot mu-
ammolarini shariat qoidalariga asoslanib yechish uchun bena-zir qulayliklar, bir 
jozibali omil sifatida Hanafiy mazhabining tarqalishi uchun munosib zamin yaratib 
berdi. 
Ikkinchi omil: 
Hanafiylik ilmiy asoslarga tayangan bir mazhab sifatida Abbosiylar buyuk 
imperiyasining mazhabi bo‘lib keldi. Undan keyin G‘aznaviylar, Somoniylar, 
Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Xorazmshoxdar, Temuriylar, Boburiylar, shuningdek, 
Usmoniylar buyuk imperiyasida asosiy va davlat mazhabiga aylanishi uning rivoji 
va tarqalishi uchun katta imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Ushbu davlatlarda, ayniqsa, 
Abbosiylar, G‘aznaviylar, Usmoniylar davlatlarida sud tizimi rivojlandi. Alloma Ibn 
Obidin aytganidek, ularning barcha qozilari va shayxul-islomlari Hanafiy mazhabi 
va-killari bo‘lganlar. 
Uchinchi omil: 
Abu Hanifa shogirdlarining ko‘pligi. Shayx Mahmudxon Tunkiy yozgan 60 
jildlik "Majma’ul-musannifiyn" kitobida zikr etilishicha, uning shogirdlari soni 882 
taga yetib boradi. Uning to‘rtta buyuk shogirdi (Abu Yusuf, Muhammad ibn Hasan, 
Zufar va Abulhasan)dan tashqari, ularning ko‘pchiligi Movarounnahr, Xuroson va 
Eron hududlaridan edilar. Ularning ba’zilari, masalan, Usmon al-Bustiy va boshqa-
lar yuksak ilmiy maqomga ega bo‘lib, ushbu mazhabni yoyish yo‘lida katta xizmat 
ko‘rsatganlar. Ulardan ayrimlari eng salohiyatli faqihlar sifatida uning ilmiy uslubi, 
huquqiy qarashlarini yoritib, ba’zan unga qarshi o‘z fikru mulohaza-larini ham 
bildirganlar. 
To‘rtinchi omil: 
Uning buyuk shogirdlaridan keyin ularning izdoshlari bo‘lmish bir guruh 
faqihlar maydonga kelib, shariat hukml-rini istinbot va istixroj qilish va ularni asrlar 
davomida yuz bergan hodisalarga tatbiq etish muammolariga jiddiyat bi-lan 
yondashganlar. Abu Zahraning ta’kidlashicha, ular mazhabla-riga tegishli bo‘lgan 
juz’iy masalalar asosi bo‘lmish hukmlar-ning illatlari (sabablari)ni belgilab 
olgandan keyin, umumiy va qamrab oluvchi qoidalarga tayangan holda bir-biri bilan 
uyg‘unlashgan masalalarni to‘plashga urindilar. Shunday qilib, mazhab bo‘yicha 
tafriy’, ya’ni juz’iy masalalar (furu’ul-fiqh) va fiqhning barcha tarmoqlarini 
birlashtiruvchi va umumiy tamoyillarga e’tibor beruvchi asosiy qoidalar va umumiy 
na-zariyalar (usulul-fiqh) yuzaga kelib rivojlandi. 
Fikrimizcha, izohlab o‘tilgan to‘rtta omil, Hanafiy mazhabining islom 
dunyosi miqyosida keng ko‘lamda tarqalib rivojlanishining asosiy sabablari 
hisoblanadi. 


124 

Download 1,47 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish