Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

Og‘axoniylar. XIX asrning birinchi yarmida Eronda paydo bo‘lgan diniy-
siyosiy oqim. Mazkur firqa Hasan Ali Shoh (1804-1881) faoliyati bilan bog‘lanadi.
Hasan Ali Shoh Eronda o‘z atrofiga bir qancha qo‘shin yig‘ib, davlatga qarshi 
isyon ko‘tardi. Natijada Eronda davlat to‘ntarishi boshlandi. Inglizlar Fors yurtlariga 
bo‘lgan qiziqishlari tufayli ushbu to‘ntarishga homiylik qildilar. Lekin, bu to‘ntarish 
1840 yilga kelib samarasiz yakunlandi. Hasan Ali Shoh va uning qo‘shinlari asirga 
olindi. Keyinchalik inglizlar asirga olinganlarni katta pul evaziga hamda Erondan 
olib chiqib ketish sharti bilan ozod qildilar. Natijada ular Bombey shahrida o‘zlariga 
qarorgoh barpo qilib, o‘z faoliyatlarini davom ettirdilar.
Bu vaqtga kelib Hasan o‘zini ismoiliy-nizoriylarning imomi deb e’lon qilib, 
Og‘axon laqabini oladi. Uning atrofiga Hindiston ismoiliylari qo‘shildi, natijada 
og‘axoniylar oilasi barpo qilindi. Hasan Ali vafot etgach, o‘g‘li Ali Shoh (vaf. 1885 
y., Ikkinchi Og‘axon nomi bilan tanilgan) otasining ishlarini davom ettirdi. Ikkinchi 
Og‘axon vafotidan so‘ng yakka hokimlik uning o‘g‘li Muhammad Shoh al-
Husayniy (vaf. 1957 y.) Uchinchi Og‘axonga o‘tdi. Uchinchi Og‘axon o‘z vafotidan 
oldin ismoiliylar an’anasiga xilof ravishda hokimlikni katta o‘g‘liga emas, balki 
nevarasi 
Karimxon 
al-Husaynga 
vasiyat 
qildi. 
Karimxon 
Amerika 
universitetlarining birida tahsil olgan va u hozirgi kunda ismoiliylarning 48-imomi, 
To‘rtinchi Og‘axon hisoblanadi. 
Og‘axonlar Fotima (r.a.) naslidan bo‘lib, ular barcha gunohlardan pok va 
muqaddas hisoblanib, iloh darajasiga ko‘tariladilar. Og‘axoniy imomlari Yevropa 
mamlakatlarida badavlat hayot kechirayotgan bo‘lsalarda, ularning tarafdorlari 
imomlarini ulug‘lashda davom etib, topgan boyliklarini beshdan birini berib 
turganliklari sababli Uchinchi Og‘axon dunyoning eng boy kishilaridan biriga 
aylangan edi.
Hozirgi kunda Og‘axoniylar Karachida o‘z markazlarini bunyod etganlar, 
uning tarafdorlari Afrikaning sharqiy qismi Nayrobi, Dorus-Salom, Madagaskar, 
Zanjibar, Kongo, Hindiston va Pokistonda o‘z ta’limotlarini yoyishda davom 


103 
etmoqdalar. Shuningdek, Suriya va Livanda ham uning tarafdorlari mavjud. Hozirgi 
kunda bu aqida tarafdorlarining soni taxminan 20 millionga yaqindir. 

Download 1,47 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish