99
mo‘tazila, qadariya, jahmiya va boshqa turli firqalar aqidalari asoslarini o‘rgandi. U
vaqtda Basra va Kufada mazkur firqalar kabi fors falsafasidan ta’sirlangan oqimlar
ko‘p edi. U yerda Vosil ibn Atodan (mo‘taziliya firqasi asoschisi)
aqida ilmini
mukammal egallagach, o‘zi uchun mo‘taziliylar yo‘lini tanladi.
Keyinchalik Zayd ibn Ali mo‘tadilroq yo‘lni tanladi. Uning fikriga ko‘ra,
imomlik bir shaxs tomonidan tayin qilinmaydi va u o‘z avlodlariga imomlikni
vasiyat
ham qilmaydi, balki Fotimaning zurriyotidan bo‘lgan shijoatli, mujtahid,
xaqni baralla aytuvchi kishi saylanadi.
Zaydiylar e’tiqodiga ko‘ra:
-
bir vaqtning o‘zida ikki o‘lkada ikki imomga bay’at qilish joiz;
-
imomlar
begunoh emas;
-
taqiya (sharoit og‘irlashgan paytda e’tiqodni sir tutish) nojoiz;
-
sahobalar haqida noloyiq so‘zlarni aytish mumkin emas;
-
Abu Bakr, Umar va Usmon (r.a.)lar ham xalifalikka loyiq bo‘lganlar.
Imom Zayd ibn Alining «Majmu’» nomli kitobidagi qarashlari zaydiya
fiqhining asosini tashkil qiladi. U ham boshqa faqihlar kabi birinchi o‘rinda
Qur’onni, keyin esa sunna, ijmo, qiyos, istihson, so‘ngra aqlni shariat asoslaridan
deb hisoblaydi.
Zaydiya fiqhining o‘ziga xos tomonlari quyidagicha:
ahli kitob (samoviy kitobga ega bo‘lgan boshqa din vakillari: yahudiylar,
xristianlar) tomonidan so‘yilgan hayvon go‘shtini yeyish, ular bilan quda-andachilik
qilish harom;
maxsi (oyoq kiyim)ga mas'h tortish joiz emas.
Zaydiya firqasi vakillari hozirgi kunda Yamanda ko‘p uchraydi. Bu firqa bir
necha mayda firqachalarga bo‘lingan.
Ulardan jorudiya, sulaymoniya, batriya,
qosimiya, nosiriya, hoduviyalarni zikr etish mumkin.