96
Quraysh qabilasidan bo‘lmasa ham, arab bo‘lmasa ham musulmonlar
tomonidan saylangan har qanday odam xalifa bo‘la oladi. Xalifalik shialar
aytganidek, ma’lum jamoat ichida cheklanmagan;
Qur’oni karimni «maxluq», ya’ni «yaratilgan», azaliy emas deb e’tiqod
qiladilar;
Namoz, ro‘za, zakot va boshqa amallarni imonning bir bo‘lagi
va kishi to
barcha amallarni bajarmaguncha dili bilan tasdiqlab, tili bilan aytishi kifoya emas
dedilar.
VII asr ikkinchi yarmida Xavorijlar orasida yigirmaga yaqin turli guruhlar
paydo bo‘ldi. Ular ichida eng yiriklari - ibodiylar, azraqiylar, hamda sufriylardir.
Ibodiya. Ibodiya Xovorij guruhlari orasida eng mo‘tadili hisoblanib,
hozirgacha saqlanib qolgan yagona firqadir. Bu mazhabning
asoschisi Umaviylar
xalifasi Abdulmalik ibn Marvon davrida vafot etgan (vaf. 700 yildan so‘ng)
Abdulloh ibn Ibod (yoki Abod)dir. Mazkur mazhabning ta’limoti mo‘tadil bo‘lib, u
qolgan musulmonlar bilan qiz olib qiz berishdan, ular bilan meros ulashishdan
qaytarmaydi. Shuningdek, ularning ta’limoti hujjat va isbot keltirib e’lon qilgandan
so‘nggina boshqalarga qarshi urush ochishga ijozat beradi. Buning aksi o‘laroq
boshqa chuqur ketgan, adashgan xorijiylar esa boshqa
oqimdagi musulmonlardan
uylanishni, ular so‘ygan hayvon go‘shtini yeyishni, ular bilan o‘zaro meros
ulashishni man etib, e’lonsiz ularga qarshi urush ochishni joiz deb biladilar. Gunohi
kabirani qilganni kofir deb, tovon to‘lab yurgan boshqa din vakillarini o‘ldirishni va
mol-mulkini tortib olishni mumkin deb biladilar.
Al-Ibodiya mazhabi ahlus-sunna mazhabi bilan ko‘plab furu’ masalalarida
o‘zaro keladilar. Bu mazhabning fiqhi ko‘plab qo‘lyozma
va bosma kitoblarda
jamlangan. Eng muhim chop etilgan kitobi Muhammad ibn Yusuf ibn Utfoishning
o‘n turda chop etilgan «Sharh an-Nil» asaridir. Mazkur mazhab vakillari Afrika
janubidagi Mag‘ribda, Umonda istiqomat qiladilar.
Azraqiylar. Azariqa guruhining asoschisi Abu Roshid Nofi’ ibn al-Azraq
(vafoti 685 y.) edi. Xavorij guruhlari orasida eng murosasiz va beshafqat sanalgan
bu guruh hozirgi kungacha yetib kelmagan.
Azoriqa ta’limotiga xos bo‘lgan jihatlar quyidagicha:
Hazrat Alini kofirga chiqarishlari;
Gunohi kabira qilgan musulmonlarni kofir hisoblashlari;
O‘zlaridan bo‘lmagan musulmonlar, ularning
ayol va bolalari qonini
to‘kishni halol deb hisoblashlari;
Hayz ko‘rgan ayollarga ham namoz o‘qish va ro‘za tutishni farz deb
hisoblashlari;
Mayda o‘g‘rilik uchun ham qo‘lni butunlay yelkadan kesib tashlashga
buyurishlari.
Sufriya. Sufriya Xavorijlarning bir guruhi bo‘lib, bu nomning kelib chiqishi
haqida ixtilof mavjud. Kimdir ko‘p sajda va zohidlikdan yuzlarining sarg‘ayganligi
sababli ular o‘zlarini sufriy (sarg‘aygan) deb atagan desalar, boshqalar ibodiylar va
azariqalar kabi biror kishining nomiga nisbatan shunday atalganlar deydilar. Agar
kishi nomidan olingan bo‘lsa, bu guruhning namoyandalari bo‘lgan 4 kishi -
97
Abdulloh ibn Saffor, Ziyod ibn al-Asfar, an-Nu’mon ibn Sufr, al-Muhallab ibn Abi
Sufradan aynan kimning nomi ekanligi haqida ham ixtilof bor.
Ulardan eng
haqiqatga yaqinrog‘i avval azoriqalar bilan birga bo‘lib, keyinchalik ajralib ketgan
sufriylarning yo‘lboshchisi Ziyod ibn al-Asfardir.
Ular azraqiylardan farqli o‘laroq, qo‘zg‘olonlarda qatnashmagan o‘z
dindoshlarini kofirga chiqarmaganlar. Raqiblarning ayol va bolalarini o‘ldirishdan
qaytarganlar. Ongli ravishda «taqiya»ga - o‘z imonini amalda emas, faqat og‘zaki
ravishda yashirishga yo‘l berganlar. Bu firqa VIII asrda ham o‘z faoliyatini davom
ettirganligi haqida ma’lumotlar bor.