• 1. Islomdagi ilk bo‘linish
  • Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/132
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #139490
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   132
    Bog'liq
    Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

     
    Reja: 
    1. Islomdagi ilk bo‘linish. 
    2. Xavorijlarning ajralishi. 
    3. Shialik kelib chiqishi. 
    4. Sunniylik yo‘nalishi. 
    5. Aqidaviy ta’limotlar.
    Tayanch so‘z va atamalar: Siffin, Jamal, Xalifalik, Fitna, Sunniylik, Fiqhiy 
    mazhab, Aqidaviy ta’limotlar 
     
    1. Islomdagi ilk bo‘linish 
    Islomdagi bo‘linishlarning birlamchi zamini Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan 
    boshlangan edi. Chunki musulmon jamoasiga endi kim boshchilik qiladi, degan 
    masalada barchaning fikri bir xil emasdi. Bunga sabab musulmonlarning marhum 
    yo‘lboshchisi tomonidan jamoaga keyingi rahbar kim bo‘lishi ochiq-oydin 
    ko‘rsatilmaganida edi. Ammo Payg‘ambarga «Xalifa» (o‘rinbosar) bo‘lishga 
    sahobiy Abu Bakr Siddiq uchun alohida «ishora» bo‘lgani manbalarda qayd etilgan. 
    Payg‘ambar alayhis-salom vafotlari arafasida Abu Bakr Siddiqning namozda 
    musulmonlarga imomlik vazifasini o‘tab berishga bergan ko‘rsatmalari yirik 
    sahobiylar tomonidan mazkur «ishora» sifatida qabul qilingan edi. 
    Ilk ikki xalifa davrida musulmonlar orasida birlikka erishilgan bo‘lsa, xalifa 
    Usmon ibn Affon davriga kelib jamoa orasida fitnalar paydo bo‘ldi. Usmon (r.a.)ga 
    uyushtirilgan suiqasd ham ana shu fitnalarning natijasi edi. Xalifa qatl etilgach, 
    uning o‘rniga Ali ibn Abu Tolib (r.a.) saylandi.
    Hazrat Ali (r.a.) qo‘shini tarkibida sobiq xalifa Usmon (r.a.) qotillarining 
    borligi ba’zi musulmonlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Talha ibn Ubaydulloh
    Zubayr ibn Avom va Mu’oviya ibn Abi Sufyon kabi sahobalar Aliga qarshi chiqib, 
    bu holatni shunday talqin qildilar: «Ali qo‘zg‘olonchilarga qarshi kurashda 
    Usmonga yordam bermadi, qodir bo‘la turib odamlarni bu ishdan qaytarmadi
    bundan tashqari u xalifalik mansabiga ko‘tarilganidan keyin Usmonning qasosini 
    olmadi, balki u Usmonni qatl etilishidan manfaatdor bo‘ldi». 
    Bu uch sahobaning shunday fikr bildirishlariga sabab ularning har biri 
    xalifalikka Alidan ko‘ra o‘zlarini loyiqroq deb hisoblab, agar bu mansabda 
    o‘tirganlarida, jamiyatda ildiz otib borayotgan fitnalarni tomiri bilan yulib 
    tashlashga qodir ekanliklarini da’vo qilardilar. Ular o‘z da’volari haq ekanligini turli 
    yo‘llar bilan isbotlardilar: Talha va Zubayr Umar vafotidan oldin xalifa saylash 
    xususida kengashga chaqirilgan olti kishidan birimiz... deyishsa, Muoviya esa 
    Usmonga yaqin qarindosh va uning qasosini olishga loyiq ekanligini ro‘kach qildi. 
    Talha va Zubayr «al-Jamal» («Tuya») jangida halok bo‘ldi. Shundan so‘ng 
    Ali o‘rniga xalifalikka da’vogarlardan birgina Muoviya ibn Abu Sufyon qoldi. 657 
    yili Shomda Muoviya va Ali o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Siffin jangi musulmonlardan 


    95 
    ikki guruhning ajralib chiqishiga sabab bo‘ldi. Bu guruhlar keyinchalik islomdagi 
    ikki katta oqim – xavorij va shialarga aylandi.
    Bu jangda Ali ibn Abu Tolib ortiqcha qon to‘kilishini istamay, qarshi tomon 
    bilan o‘zaro bitim tuzib, urushni to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Alining tutgan bunday 
    murosasozlik siyosatidan uning qo‘shini orasidagi bir guruh kishilar norozi bo‘lib, 
    ajralib chiqdilar. 
    Xuddi shu vaqtda yangi diniy oqim yuzaga keldi. Ya’ni Aliga itoat etishdan 
    bosh tortganlar «Xavorij» deb, Muoviyaga qo‘shilmay Ali atrofiga to‘planganlar esa 
    keyinchalik «Shia» deb nomlana boshlandi. Bu ikki toifaning yonida esa «jumhur» 
    ya’ni qolgan musulmonlar jamoati turardi. Har bir toifaning o‘ziga xos diniy nuqtai 
    nazari va «fiqhi» paydo bo‘ldi. 

    Download 1,47 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   132




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish