• Imomiylar yoki «Isno ashariya».
  • Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/132
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #139490
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   132
    Bog'liq
    Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

    3. Shialik 
    Islomdagi uch yirik yo‘nalishdan biri bo‘lib, xalifalik xususidagi ixtilof 
    natijasida vujudga kelgan. 
    Shia so‘zining to‘liq shakli «ash-Shia» (tarafdorlar, guruh, partiya) yoki 
    «Shiatu Ali» (Ali tarafdorlari) bo‘lib, bu nom hazrat Aliga ergashganlar va ularning 
    avlodlariga nisbatan berilgan. 
    Shialikda imomat asosiy diniy ruknlardan hisoblanib, u jamiyat 
    manfaatlaridan emas, balki din ruknlaridan kelib chiqadi deb e’tiqod qilinadi. 
    Ularning ta’limotiga ko‘ra, rahbar xalq tomonidan saylanmay, balki rahbarlik meros 
    sifatida o‘tadi. Rasululloh Alini xalifa etib tayinlagan, undan keyin esa xalifalik 
    uning avlodlarida qonuniy meros sifatida vasiyat yo‘li bilan uzatiladi. Ular Alining 
    xalifalikka haqli ekanligini ilohiy deb biladilar, imomlik ularda payg‘ambarlik kabi 
    ilohiy mansab hisoblanib, Alloh bandalari orasidan payg‘ambarlarini tanlab, ularni 
    gunohlardan saqlagani va ularga «ilmi ladun» (Alloh huzuridan berilgan ilm) 
    bergani kabi, xalifalarni ham shunday tanlaydi deydilar. Abu Bakr, Umar va 
    Usmonlar esa bu huquqni Alidan zo‘rlik bilan tortib olishgan, Ali o‘sha davrda 
    xalifalikni boshqarganmi yoki yo‘qmi bundan qat’i nazar, Alining xalifaligi 
    Rasululloh vafotlarining birinchi kunidan boshlangan, deb da’vo qiladilar. 
    Shialik imomiylar va ismoiliylar kabi ikki yirik oqimga bo‘linib ketgan.
    Imomiylar yoki «Isno ashariya». Ushbu firqa e’tiqodicha, imomlik Ali ibn 
    Abu Tolibdan boshlanadi, so‘ng uning Fotimadan bo‘lgan o‘g‘lilari Hasan va 
    Husaynga o‘tadi va nihoyat o‘n ikkinchi imom Muhammad Mahdiyga borib tugaydi. 
    Shuning uchun bu firqa Isno ashariylar – o‘n ikki imomga e’tiqod qiluvchilar deb 
    ham nomlangan. 
    Imomiylar e’tiqodiga ko‘ra, so‘nggi – o‘n ikkinchi imom Muhammad Mahdiy 
    hali o‘lmagan, balki u 260/873-4 sanada g‘oyib bo‘lgan va oxir zamonda paydo 
    bo‘lib, zulm va fasodga to‘lgan yer yuzini tinchlik va adolatga to‘ldiradi.
    Ular imomlarni xato va gunohdan ma’sum (pok) deb hisoblaydilar. Bunga 
    sabab, ularning e’tiqodlaricha, imomlarga ilohiy ilhom keladi yoki Rasululloh o‘z 
    zamonlarida bayon etishlariga hojat bo‘lmagan ahkomlar ilmini ularga qoldirganlar. 
    Shu bois ular imomga imon keltirishni musulmonlik shartlaridan biri deb 
    hisoblashadi. Ular imomga shunday tavsif beradilar: «Imom xatodan, adashishdan 
    yiroq bo‘lgan, to‘g‘ri yo‘ldagi, taqvoli va Alloh qo‘llagan ma’sum kishidir. Alloh va 
    bandalarning o‘rtasida hujjat bo‘lishi uchun Alloh ularga shu xususiyatlarni berdi». 


    98 
    Imomiylar shariat qonunlarini Qur’onga, o‘z olimlaridan naql qilingan 
    ko‘rsatmalarga asosan tuzadilar. Sunniylikda fatvo (diniy hukm) chiqarish uchun 
    qo‘llaniladigan ijmo masalasida faqatgina ahli bayt (Ali avlodlari) ijmosini qabul 
    qiladilar va boshqalarini rad etadilar.
    Isno ashariya firqasi sunniylik mazhablaridan nafaqat e’tiqod masalalarida, 
    balki ibodat masalalarida farqlanadi. Bunga bir necha misol keltirib o‘tish mumkin: 

    Quroni karimning zohiri (tashqi tomoni) va botini (ichki tomoni) bor 
    bo‘lib, insonlar faqat zohirinigina biladilar, botinini esa, imomlardan boshqa hech 
    kim bilmaydi; 

    mut’a nikohi (vaqtincha nikoh) qonuniy; 

    taloq ikki guvoh oldidagina qabul bo‘ladi; 

    ohod xabarlar (faqat bir kishidangina naql qilingan hadislar) qabul 
    qilinmaydi; 

    qaytish haq (Alloh o‘lganlarning ba’zilarini avvalgi suratda dunyoga 
    qaytaradi, buning uchun imon darajasi o‘ta kuchli yoki o‘ta buzg‘unchi inson 
    bo‘lishi kerak); 

    taqiya halol (taqiya – aziyat yetish mumkin bo‘lganda o‘z e’tiqodini 
    maxfiy tutish). 
    Bu firqaning ta’limotini asoslab beruvchi ko‘plab kitoblar mavjud. Misol 
    tariqasida Ja’far ibn Hasan Halabiyning «Sharoi al-islom», Muhammad ibn Hasan 
    Najdiyning «Javohir al-kalom», Muhammad ibn Yusufning «Tazkirat al-fuqaho» va 
    boshqalarni keltirish mumkin. 
    Isno ashariya imomlari quyidagilardir: 
    1. 
    Ali ibn Abi Tolib (al-Murtado); 
    2. 
    Al-Hasan ibn Ali (al-Mujtabo); 
    3. 
    Al-Husayn ibn Ali (ash-Shahid); 
    4. 
    Ali Zayn al-Abidin ibn al-Husayn (As-Sajjod); 
    5. 
    Muhammad al-Boqir ibn Ali Zayn al-Abidin (al-Boqir); 
    6. 
    Ja’far as-Sodiq ibn Muhammad al-Boqir (as-Sodiq); 
    7. 
    Muso al-Kozim ibn Ja’far as-Sodiq (Al-Kozim); 
    8. 
    Ali ar-Rido ibn Muso al-Kozim (Ar-Rido); 
    9. 
    Muhammad al-Javod ibn Ali ar-Rido (At-Taqiy); 
    10. 
    Ali al-Hodi Muhammad al-Javod (An-Naqiy); 
    11. 
    Al-Hasan al-Askariy ibn Ali al-Xodi (Az-Zakiy); 
    12. 
    Muhammad al-Mahdiy ibn al-Hasan al-Askariy (al-Hujjatul qoimul 
    Muntazir). 
    Imomiy shialar asosan Eronda istiqomat qiladilar. Undan tashqari Suriya
    Livan, Hindiston, Pokistonda ham Isno ashariya oqimi vakillarini uchratish mumkin. 
    Ayni damda imomiylar ham bir necha firqalarga bo‘linadi. 

    Download 1,47 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   132




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish