101
Ismoiliya mafkurasi shakllanishining ilk davrdayoq uning ikki qirrasi
«tashqi», ekzoterik (az-zohir) va «ichki», ezoterik (al-batin) namoyon bo‘ldi.
«Tashqi» ta’limot o‘z ichiga barcha urf-odat va jamoaning oddiy a’zolariga
majburiy bo‘lgan shariatning huquqiy qonunlarini olgan edi. «Ismoiliya»
ta’limotining bu jixati imomiylar ta’limotidan juda kam farq qiladi. «Ismoiliya»ning
«Ichki» ezoterik aqidasi ikki qismdan iborat:
1.
«At-Ta’vil» – Qur’on va shariatni allegorik tarzda
sharxlash;
2.
«Al-Haqoiq» – «maxfiy», «oliy» haqiqatlarni tafsir qilishga asoslangan
falsafiy va ilohiy bilimlar tizimi.
«Ismoiliya» ilohiyotchilari «tashqi» va «ichki» jihatlarning bir-biri bilan
mustahkam bog‘liq ekanligini ta’kidlaydilar. Ismoiliylarning
diniy-siyosiy
aqidasining asosi imomat – Ali ibn Abu Tolib avlodlaridan begunoh imomning bor
bo‘lishi edi. Ismoiliylarda din asoslari yettita bo‘lib, ulardan asosiysi imomga itoat
etishdir. Qolgan oltitasi tahorat, namoz, zakot, ro‘za, haj va jihoddir.
Bu firqa vakillari Hindiston,
Pokiston, Arabiston yarim orolining janubi va
boshqa joylarda mavjud.