78
O‘zbekistonda xristianlik tarixiga oid ma’lumotlar. Hozirgi kunda
mamlakatimizda bir necha xristianlik oqimlari faoliyat olib boradi. Xristianlikning
ham zardushtiylik, buddaviylik kabi Markaziy Osiyo xalqlari tarixida o‘ziga xos
o‘rni bor.
Bu din Markaziy Osiyoga, xususan, O‘zbekistonga ikki yo‘l bilan kirib kelgan.
Bu jarayon, birinchidan, xristianlikni targ‘ib etuvchi missionerlarning
targ‘ibotchilik harakati orqali, ikkinchidan, Markaziy Osiyoning Rossiya tomonidan
bosib olinishi va xristian diniga e’tiqod qiluvchi aholining ushbu mintaqaga ko‘plab
ko‘chib kelishi orqali amalga oshdi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar
Markaziy Osiyoning turli viloyatlariga milodning III asrlarida kirib kelganlar.
Masalan, 280 yilda Talos (Marke) cherkovlari qurilib bo‘lgan, Samarqandda (310
yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda va Markaziy
Osiyoning
boshqa shaharlarida episkoplik, missiyalar tuzilgan. Keyinchalik
Samarqandda, Marvda (430 yillar), Hirotda (658 yillar) episkoplikdan iborat diniy
hududiy jamoalar, birlashmalar bo‘lgan. Xurosonliklar va sug‘diyonaliklar
zardushtiylar, Moniylar, buddaviylar bilan bir qatorda xristianlar ham bo‘lganlar.
Ular qoraxitoylar va sosoniylarga qarashli erlarda yashaganlar.
Markaziy Osiyo hududida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan
xristianlik o‘rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq X
asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari
bo‘lgan. Hatto, Beruniy yashagan davrda ham (973-1056) manbalarda Marvda
pravoslav mitropoliyasi bo‘lgani haqida ma’lumotlar keladi.
Pravoslav yo‘nalishi O‘zbekiston hududiga Rossiya orqali kirib kelgan. 1871
yil 4 mayda Rossiya imperatori tomonidan Toshkentda
Turkiston eparxiyasini
ochishga qaror qilindi. 1880 yillarga kelib Rus pravoslav cherkovi (RPCh, rus:
Russkaya Pravoslavnaya Sterkov) o‘zining yangi ibodatxonalari sonini
ko‘paytirishga harakat qildi. Bulardan eng ko‘pi Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida
qurildi.
1916 yil 16 dekabrda imperator buyrug‘i bilan Turkiston kafedral sobori
Almatidan Toshkent shahriga ko‘chirildi. Ikkinchi jahon urushi va undan so‘ng
O‘zbekistonga Rossiya, Ukraina, Belorusiya, Moldova va Boltiqbo‘yi
mamlakatlaridan evakuastiya qilingan millatlar xilma-xilligi ortib, pravoslavlikka
e’tiqod qiluvchi aholining soni taxminan 1 millionga etdi.
2011 yil 27 iyul kunidan e’tiboran sobiq
Toshkent va Markaziy Osiyo
eparxiyasi o‘rniga to‘rt mustaqil eparxiya tashkil etildi. Mazkur to‘rt eparxiyaning
faxriy rahbari sifatida Toshkent va O‘zbekiston eparxiyasiga rahbar etib tayinlangan
mitropolit Vikentiy tasdiqlandi.
2011 yilning 1 iyuliga qadar O‘zbekiston hududida 1 ta markaz, 1 ta seminariya,
3 monastir va 33 ta cherkov - jami 38 ta pravoslavlikka mansub diniy tashkilot
ro‘yxatga olingan.
Xristianlikning O‘zbekistonda tarqalgan oqimlaridan biri katolistizmdir.
Toshkentda birinchi katolik cherkovi 1912 yilda qurila boshlanib, 1917 yilda
bitkazilgan. Hozirgi kunda bu bino tarixiy va ahamiyatga molik obida sifatida qayta
ta’mirlanmoqda.
79
1925 yilda Adventistlarning Janubi-Sharqiy ittifoqi tarkibida O‘zbekistonda
adventistlarning Markaziy Osiyo boshqaruvi tashkil etildi. Uning birinchi qurultoyi
1926 yilda o‘tkazilib, unda Butunittifoq adventistlar ittifoqi tarkibining beshinchi
ittifoqi sifatida qayd etildi. 30-yillar oxiriga kelib dindorlar va ular katorida
adventistlar jamoalari tarqatib yuborildi hamda ta’qib ostiga olindi. Barcha
yo‘nalishdagi jamoalar yashirin faoliyatga o‘tib ketdi.
1976 yil 26 avgust kuni Toshkentdagi adventistlar
jamoasi ilk bor davlat
ro‘yxatidan o‘tdi. Shundan keyin, adventistlarning Toshkent, Farg‘ona, Samarqand,
Surxondaryo va boshqa viloyatlarda norasmiy jamoalari tuzila boshladi.
Turkiston o‘lkalarida ilk baptistlar jamoasi 1891 yillarda paydo bo‘ldi.
Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 1909 yil 2 iyulda 60 kishilik baptist
jamoalari uchun ibodat uyi ochishga ruxsat berildi. 1911 yil oktyabr oyida
Samarqand jamoasi tuzildi.
1921 yildan e’tiboran Turkiston baptistlari orasida birlashish maqsadida
boshqaruv organini saylash uchun harakat boshlandi. Ushbu boshqaruv organi 1922
yilda Toshkent baptistlar quriltoyida Markaziy Osiyo baptistlar ittifoqi, so‘ng
Umumrossiya ittifoqi tarkibida Turkiston bo‘limi tuzildi. 30-yillarga kelib
baptistlarning 6 jamoasi rasman qayd etildi.
1946 yildan O‘zbekiston hududida Evangel xristian-baptistlar (EXB) jamoasi
faoliyati qayd etildi. 1948 yil oktyabr oyidan esa Butunittifoq
EXB kengashining
O‘zbekistondagi vakili etib T.Penkov tayinlandi. 1958 yilga kelib O‘zbekistonda
baptistlar soni ikki ming kishini tashkil etdi. Shu davr ichida norasmiy 32 ta jamoa
faoliyat ko‘rsatgan.
1964 yilda bu jamoalar norasmiy “Markaziy Osiyo Evangel xristian baptistlar
cherkovlari kengashi markazi”ni tuzdilar. U keyinchalik “Osiyo janubi bo‘yicha
baptist birodarlar kengashi” deb nomlandi. 1992 yil noyabr oyida Moskvada
baptistlarning bo‘lib o‘tgan 1-qurultoyida “Evangel xristian baptistlar ittifoqi
federastiyasi” – “Evro-Osiyo EXB ittifoqi” nomiga o‘zgartirildi.
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan Pyatidesyatniklar (To‘liq Injil
xristianlari) XX asrning 20-yillari oxirlarida Toshkent shahrida birinchi jamoalarni
tuzishdi.
Protestantlikdagi eng yirik yo‘nalishlardan biri hisoblangan lyuteranlik
tarafdorlari taxminan 75 million kishini tashkil etadi. 1989 yildan e’tiboran Rossiya,
Ukraina, Qozog‘icton va Markaziy Osiyodagi Evangel lyuteran cherkovi tarkibiga
birlashtirilib qayd etildi. Lyuteranlarning oliy huquqiy organi Bosh sinoddir.
Mazkur cherkov MDH mamlakatlarida 5 eparxiyaga bo‘lingan bo‘lib, uning
markazlari Moskva, Omsk, Odessa, Almati hamda Toshkentda joylashgan.
Lyuteranlar jamoasi O‘zbekistonda ilk marta Toshkent shahrida 1885
yildan
rasmiy faoliyat ko‘rsata boshlagan. 1896-99 yillarda lyuteranlar ibodatxonasi (kirxa)
qurilgan.
1992 yil 8 sentyabrda Nemis evangel-lyuteranlar cherkovi rasmiy ro‘yxatdan
o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 maydagi qarori
bilan kirxa lyuteranlarga qaytarib berildi.
80
Respublikamizda 2011 yilning 1 iyuliga qadar evangel-lyuteranlar
cherkovining 2 ta diniy tashkiloti ro‘yxatga olingan.
O‘zbekistonda yana bir cherkov Novoapostollik cherkovi bo‘lib, u xristian
dinining protestantlik yo‘nalishiga mansub oqimdir. Novoapostol cherkovi
O‘zbekistondagi
faoliyatini
1992 yildan boshlagan bo‘lib, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Navoiy shaharlarida
ro‘yxatdan o‘tgan. O‘zbekistondagi Novoapostol cherkovlari Berlin-Brandenburg
shahri okrugi tasarrufidadir.
O‘zbekistonda protestant yo‘nalishidagi diniy tashkilot deb hisoblangan
“Iegovo
shohidlari”
ham
faoliyat
yuritmoqda.
1870 yilda amerikalik ishbilarmon Rassel tomonidan
asos solingan mazkur diniy
sektaning markazi Bruklin shahrida joylashgan. Ular 15 a’zodan iborat bo‘lgan
“Rahbar korporastiyaga” bo‘ysunadilar.
Ayrim manbalar Markaziy Osiyoda Iegovo shohidlarining XX asrning 40-
yillapida paydo bo‘lganligini bildiradi. O‘sha davrda ular o‘zlarini “kanalistlar” deb
atab kelganlar.