• Konfirmastiya (
  • Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/132
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #139490
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   132
    Bog'liq
    Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

    Evxaristiya (yun. non va sharob totish marosimi) xristianlikdagi eng muhim 
    marosimlardan ikkinchisidir. Rus tilida bu marosim “Prichastie” deb nomlanadi. 
    Yunon tilida “Evxaristiya” deb ataladigan mazkur marosim, xochga mixlanishdan 
    oldin Isoning havoriylar bilan birga tanovul qilgan eng oxiri kechki ovqat xotirasi, 
    sifatida e’tiqod qilinadi. Bu kecha tanovul kechasi ham deb ataladi. Avliyo Pavel 
    keyinchalik bu hodisani sharhlab bergan. Cherkov esa uni marosim holiga keltirgan. 
    Dastlab yilda bir marta amalga oshirilgani holda, keyinchalik har xaftada qilinadigan 
    bo‘lgan. Qadim xristianlar, “evxaristiya”ni qurbonlik sifatida bilganlar. Bugun ham 
    cherkovlarda amalga oshiriluvchi evxaristiya marosimida beriluvchi non va 
    sharobni qurbonlik sifatida eb-ichadilar. 
    Xristianlar non bilan sharobni tanovul qilar ekanlar, bu bilan ular Isoning tanasi 
    va qonini tatib ko‘rdik, endi xudoga yaqinroq bo‘ldik, deb hisoblaydilar. Bu 
    marosim ertalab yoki tushki ibodatda asosiy o‘rinni egallaydi. 
    Bugungi kunda evxaristiya cherkovda yakshanba kuni amalga oshriladi. Bu 
    marosim borasida yo‘nalishlar orasida, mintaqa va madaniyatlardan kelib chiqib 
    farqli ba’zi bir jihatlar mavjud. Jumladan, katoliklarda mazkur marosimda yaqin-
    yaqinlargacha faqat ruhoniylargina ham non ham vino iste’mol qilishgan. Oddiy 
    insonlar (“miryane”) faqatgina non bilan poklanishgan. Pravoslav va protestant 
    yo‘nalishlarida esa bu borada ruhoniylar va oddiy insonlar farqlanmaydi. 
    Shuningdek, yo‘nalishlar orasida non va vinoning tarkibi borasida ham farqlar 
    kuzatiladi. Masalan, katolik va protestantlarda muqaddas non xamirturushsiz hamda 
    vino suv qo‘shilmagan holda bo‘ladi. Pravoslavlarda esa, aksincha, non 
    xamirturushli va vinoga suv qo‘shilgan bo‘ladi. 
    Konfirmastiya (yun. miro moyi surtish marosimiruschada – miropomazanie). 
    Zaytun yog‘idan tayyorlangan muqaddas moy surtish sirli marosimlardan biri bo‘lib 
    havoriylar davrida yo‘lga qo‘yilgan.
    Miro moyi – (yun. – xushbo‘y moy) cherkov episkopi tomonidan oliy navli 
    zaytun yog‘iga oq uzum vinosi, atirgul yaproqlari, binafsha, zanjabil ildizlari, 
    muskat, atirgul, chinnigul va limon moylari kabi mahsulotlarni qo‘shib qaynatish 
    orqali tayyorlanadi. 
    Cho‘qintirilgan bolaning, muqaddaslashtirilgan yog‘ (xushbo‘y miro moyi) 
    bilan, vujudining turli joylariga surtish marosimi. U Sharq cherkovlarida 


    63 
    cho‘qintirilgandan darhol keyin, G‘arb cherkovlarida esa keyinroq qilinadi. 
    Pravoslavlarda cho‘qintirish bilan konfirmastiya orasida yaqin bir bog‘liqlik 
    bo‘lganligi uchun ularning ketma-ket qilinishi afzal, deb bilinadi. Katoliklarda esa, 
    mazkur marosim bola sakkiz yoshga to‘lgachgina amalga oshiriladi. Bunda, miro 
    surtilayotgan kishining peshona, yonoq, og‘iz qismi, elkalari va qorniga xoch 
    shaklida suriladi. Protestant yo‘nalishlari esa mazkur marosimni yo umuman rad 
    etadilar, yo bo‘lmasa uni “sirli” deb tan olmaydilar. 
    Miro moyi tayyorlash cherkovning maxsus ichki marosimlaridan hisoblanib, 
    uni tayyorlash huquqiga faqat episkoplar ega. Pravoslavlikda, miro tayyorlash 
    imkoniyatiga ega bo‘lgan cherkovlargina avtokefallik maqomini olishi mumkin. 
    Miro surtilgan bola, cherkovning bu ish uchun ajratilgan joyiga olib boriladi. 
    U erda unga konfirmastiya noni ediriladi. Eya olmas darajada kichik bo‘lsa, lablariga 
    tekkiziladi. Shunday qilib u, cherkovning bir a’zosiga aylanadi. 

    Download 1,47 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   132




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish